• KIRISH
  • Xoshimova maftunabonu xoshimjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlari




    Download 486.14 Kb.
    bet1/21
    Sana04.10.2023
    Hajmi486.14 Kb.
    #86381
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    maftuna stajirovka
    ALT ergonomika 6 mavzu, RD, 4- ma’ruza. Chiziqli tenglamalar sistemasi Reja, MUSTAQIL ISH, IF, Barcha tadbirlar-64-betlik, Mavzu; Har xil bosqichlarda mehnat gigienasi, 978-5-8050-0542-9, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, B.B.Tugalov , 2017 35 UYKURR, Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko`rsatgichlarini, Cyber Security Task 2 - Model Answer

    O
    ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    5A130202-AMALIY MATEMATIKA (SOHALAR BO‘YICHA)
    MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI 2-BOSQICH MAGISTRANTI
    XOSHIMOVA MAFTUNABONU XOSHIMJON QIZINING


    ILMIY AMALIYOT HUJJATLARI

    Namangan- 2023



    MUNDARIJA





    KIRISH 3
    Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida 6
    “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida 14
    Stajirovka hisoboti 20
    Stajirovka rahbarining xulosasi 23
    “Magistratura talabalarini stajirovkaga yuborish to‘g‘risida”gi buyrug‘idan ko‘chirma 24
    “Magistratura mutaxassisliklarida stajirovka bo‘yicha hisobot himoyalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘idan ko‘chirma 25
    Stajirovkaga yuborish yo‘llanmasi 26
    Stajirovka o‘tash dasturi 27
    Stajirovka kundaligi 28
    Informatika kafedrasining 2-bosqich magistrantlarini ilmiy stajirovkaga chiqarish va stajirovka yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bayonnomalaridan ko‘chirma 29

    KIRISH


    O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 26-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1 buyrug‘iga asosan magistratura mutaxasissligi talabalari ilmiy amaliyot(stajirovka)ga jalb etiladi.


    Stajirovka (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish) - magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim o‘quv reja va dasturlarini o‘zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetentsiyalarini shakllantirish maqsadida ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yo‘li orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda iqtisod, fan, texnika, madaniyat va sog‘liqni saqlash tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi uchun tashkil etiladi.
    Stajirovka o‘tash dasturiga muvofiq, stajirovka davomida iqtisod, fan, texnika, madaniyat, sog‘liqni saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni o‘rganish hamda magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasini (yoki uning bir qismini) tayyorlash uchun materiallar yig‘ish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi (yoki uning bir qismi) uchun zarur bo‘lgan tajriba-sinovlarni o‘tkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish bo‘yicha tadbirlarni qamrab oladi.
    Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi va magistratura talabalari universitet kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka o‘tashga yuboriladi.
    Stajirovka:

    • ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;

    • iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;

    • amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetentsiyalarni shakllantirishi;

    • mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi;

    • kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.

    Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim.
    Stajirovka o‘tashning tayyorlov bosqichida - qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o‘tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funktsiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka o‘tash dasturiga muvofiq tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi.
    Stajirovka o‘tashning asosiy bosqichida - magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalda (kalendarg‘ rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi.
    Stajirovka o‘tashning yakuniy bosqichida - magistratura talabasi tomonidan stajirovka o‘tash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari ko‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi.
    Ilmiy amaliyotni o‘taydigan magistrant va uning rahbariga asosiy qo‘yiladigan talablar ushbu amaliyot dasturidan kelib chiqadi. Bunda ular dasturda keltirilgan me’yorlarga amal qilishlari va rejada ko‘rsatilgan barcha ishlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarishlari lozim.
    Mutaxassislik kafedrasi tomonidan magistrantlarning ilmiy amaliyot davomida tartib-intizomga rioya qilishlari nazorat qilinadi hamda magistrantga xulq-atvor, kiyinish madaniyati va atrofdagilar bilan bo‘ladigan munosabat to‘g‘risida ko‘nikma beriladi.
    Magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha hujjatlari - stajirovkaga yuborish yo‘llanmasi, stajirovka o‘tash dasturi, stajirovkaga kundaligi, stajirovka hisoboti, stajirovka rahbarining taqrizlari va xulosalaridan iborat.
    [OKOZ:

    Download 486.14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 486.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xoshimova maftunabonu xoshimjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlari

    Download 486.14 Kb.