• OKOZ: 1.
  • IV. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish




    Download 486.14 Kb.
    bet5/21
    Sana04.10.2023
    Hajmi486.14 Kb.
    #86381
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    maftuna stajirovka
    ALT ergonomika 6 mavzu, RD, 4- ma’ruza. Chiziqli tenglamalar sistemasi Reja, MUSTAQIL ISH, IF, Barcha tadbirlar-64-betlik, Mavzu; Har xil bosqichlarda mehnat gigienasi, 978-5-8050-0542-9, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, B.B.Tugalov , 2017 35 UYKURR, Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko`rsatgichlarini, Cyber Security Task 2 - Model Answer
    IV. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish
    Oldingi tahrirga qarang.
    11. Magistraturada ta’lim jarayoni oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
    (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
    12. O‘quv jarayonining xususiyatlari va o‘qitish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ayrim magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va dasturlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
    13. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    oliy ta’lim muassasasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan kadrlar tayyorlash ixtisosligi va yo‘nalishiga mos keluvchi professorlar, dotsentlar bilan ta’minlanganligi;
    nazariy, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yiladigan talablarga mos holda ularni tayyorlash uchun zarur o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazaning mavjudligi;
    o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda magistratura talabalarining amaliyotlari, stajirovkasi va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet, kafedralar) o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning mavjudligi;
    magistratura talabalarini tayyorlash jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining yetakchi olimlari, shuningdek xorijiy olimlar, yuqori malakali, tajribali mutaxassislarning soatbay asosida jalb etilganligi.
    14. Magistratura talabasining o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani o‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq magistratura talabasining kalendar ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.
    15. Magistratura talabasining kalendar ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Magistratura talabasi o‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida hisobot beradi.
    Har o‘quv semestri yakunida tegishli fakultet o‘quv-metodik kengashi yig‘ilishida (magistratura bo‘limida) kafedra mudiri magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot beradi.
    [OKOZ:
    1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]

    Download 486.14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 486.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish

    Download 486.14 Kb.