• 1- amaliy mashg’ulot XOMASHYO KONVEYERINING REJA JADVALINI TUZISH Ishning maqsadi
  • Topshiriq
  • Ziravorlar, shakar va tuzning sifatini aniqlash




    Download 154,5 Kb.
    bet1/7
    Sana01.06.2024
    Hajmi154,5 Kb.
    #258866
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4.1.УК КООМтехнологияси (амалий)


    O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
    MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

    TOSHKЕNT KIMYO-TЕXNOLOGIYA INSTITUTI


    «OZIQ-OVQAT MAQSULOTLARI TЕXNOLOGIYASI» FAKULTЕTI


    «OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI» KAFЕDRASI


    «KONSЕRVALANGAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI


    TЕXNOLOGIYASI» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish buyicha
    USLUBIY QOLLANMA

    Toshkеnt - 2013


    Mazkur uslubiy qo’llanma Toshkеnt kimyo-tеxnologiya instituti «Oziq-ovqat mahsulotlari tеxnologiyasi» fakultеti «KOOMT» yo’nalishidagi IV kurs bakalavr talabalari uchun «Konsеrvalangan oziq-ovqat mahsulotlari tеxnologiyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarishga mo’ljallangan.
    Tuzuvchi: dots. Choriеv A.J.
    Taqrizchi: t.f.n. Inoyatova X.B
    Uslubiy qo’llanma TKTI “OOX” kafеdrasining majlisida ko’rib chiqildi va “OOMT” fakultеti ilmiy-uslubiy kеngashiga tavsiya etildi.
    Bayonnoma №____ ______ _____________ 2013 y.

    TKTI “OOMT” fakultеti ilmiy-uslubiy kеngashining majlisida tasdiqlangan.


    Bayonnoma №____ ______ _____________ 2013 y.


    1-amaliy mashg’ulot
    XOMASHYO KONVEYERINING REJA JADVALINI TUZISH
    Ishning maqsadi: xomashyo bazasini tashkil qilish bо’yicha «Xо’jalik tashkilotchilik tadbirlari bilan tanishib, qayta ishlash korxonalarining shu sohadagi ishlarini о’rganish».
    Jihozlar: Konserva ishlab chiqarish bо’yicha kо’rsatmalar, xomashyoning pishib yetilish va yig’ib olish muddatlari, korxonaga ishlab chiqarish uchun beriladigan reja topshiriq. Reja topshiriq о’qituvchi tomonidan beriladi.
    Topshiriq: Xomashyo konveyerining reja jadvalini tuzish.
    Ishni bajarish tartibi. Qayta ishlash korxonasining yoki oqim tizimining ish jadvalini tuzishda bir qancha masalalar hisobga olinishi lozim. Bularga korxonaning umumiy ishlab chiqarish unumdorligi, tizimning, ishlab chiqariladigan mahsulotlar soni va korxonaning mavsumlar orasidagi bajargan ishlari va boshqalar kiradi. Korxona bir vaqtning о’zida ham meva, ham sabzavot konservalari ishlab chiqarishi mumkin. Bularning barchasi mahsulot hisobini yuritishda unga kiradigan xomashyoni, uning kelib tushish jadvali, korxonaning yoki sexning ish jadvali, xomashyoning va qо’shimcha mahsulotning 1 soatdagi (smenadagi, sutkadagi, yildagi) sarflash me'yorini hisoblashni bajarishda muhim hisoblanadi. Bunda smenalar soni ham hisobga olinadi. Mavsum paytida xom-ashyoni qabul qilish va qayta ishlash 2 yoki 3 smenada, boshqa paytda 1 yoki 2 smenada tashkil qilish mumkin. Sexlarning bir me'yorda va uzoqroq muddat ishini tashkil qilish maqsadida turli xil pishib yetilish muddatiga ega bо’lgan meva va sabzavotlar tanlanadi. Bir texnologik oqim tizimida qayta ishlash uchun bir xil jihozlar talab qilinadigan xomashyodan pishib yetilish muddatiga qarab har xil konserva mahsulotlari ishlab chiqariladi. Masalan: gilos, о’rik, olcha, olxо’ri, shaftoli, olmadan jem yoki murabbo tayyorlanadi. Mavsum oralig’ida esa, yarim tayyor mahsulotlardan yoki muzlatilgan meva, rezavor meva va sabzavotlardan konserva mahsulotlari ishlab chiqariladi.
    Xomashyoning kelib tushish jadvali awal mavsum davrida uni qayta ishlash uchun va shundan sо’ng, mavsum oralig’idagi davrlar uchun tuziladi. Pishib yetilish muddati turlicha bо’lgan pomologik navdagi mevalarni tanlash bо’yicha agrotexnik tadbirlar tuziladi, chunki ba'zi turdagi konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun turli xil xomashyo talab qilinadi. Bunday paytda talab qilingan xomashyolarning pishib yetilish darajasi bir xil bо’lmasa, bunda erta pishadigan xomashyolardan yarim tayyor masalliqlar tayyorlanadi yoki ularni yangi uzilgan, sovutilgan, muzlatilgan holda saqlanadi.
    Qayta ishlash uchun talab qilinadigan xomashyo miqdori har oyda ishlab chiqariladigan mahsulot rejasiga (yillik rejasiga) asosan tonnalarda yoki m.sh.b. larda xomashyo va tayyor mahsulotlarning sarflash me'yori bitta oqim tizim (yoki korxona) uchun hisoblanadi. Xomashyo va yordamchi mahsulotlarning sarflash me'yori texnologik kо’rsatmalarda berilgan. Masalan: qulupnaydan 50 tonna kompot va 30 tonna tinitilmagan sharbat ishlab chiqarish uchun qancha qulupnay talab qilinishini hisoblash lozim.
    Texnologik kо’rsatmalarga muvofiq, 1 t kompot ishlab chiqarish uchun 779 kg rezavor meva talab qilinadi. 501 uchun esa
    779 x 50 = 3875 kg talab qilinadi.
    1 tonna tinitilmagan sharbat ishlab chiqarish uchun 1449 kg rezavor meva talab qilinadi.
    30 t uchun esa,
    1449 x 30 = 43470 kg qulupnay talab qilinadi. Demak, jami bо’lib korxonaga 38950 + 43470 = 82420 kg qulupnay talab qilinadi. Sex 2 smenada ishlaydi. Qulupnayni qayta ishlash muddati 25 kun yoki 50 smenada. Sexning har kungi ishi uchun 82420 / 25 = 3297 kg
    1 smena ishi uchun esa
    3297/2=1648 kg
    yoki har bir soatda esa
    1648/7=236 kg
    qulupnay talab qilinadi.
    Xomashyoni sarflash bо’yicha berilgan texnologik kо’rsatmalarda sanoatning barcha turdagi chiqitlari hisobga olingan.

    Download 154,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 154,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ziravorlar, shakar va tuzning sifatini aniqlash

    Download 154,5 Kb.