|
” ” 2023 yil Fan: Qurilish mashinalari O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
|
bet | 4/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 157,75 Kb. | | #160007 |
Bog'liq 4-mavzuIII-bosqich.
Yakuniy bosqich.
(10 daqiqa)
|
Mashg’ulot yakuni;
Faol ishtirok etgan o’quvchilrni javoblarini izohlab baholanadi va rag’batlantiriladi.
|
Baholar bilan tanishtiriladi.
|
Uyga vazifa berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun to’shiriqlar va foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati beriladi.
|
Eshitadilar va
to’shiriqni yozib oladilar.
|
Mavzu: Yuk ko'tarish mashinalari va oddiy yuk ko'taruvchi qurilmalar
Reja:
Yuk ko`tarish mashinalari haqida umumiy ma`lumotlar
Yuk ko`taruvchi mashinalar
Oddiy yuk ko`taruvchi qurilmalar
1.Yuk ko`tarish mashinalari haqida umumiy ma`lumotlar-Transport har qanday mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining tarkibiy qismidir. Transport mamlakatda iqtisodiy, siyosiy va psixologik ahamiyat kasb etadi. Chunki transportsiz ishlab chiqaruvchi korxonalarda xomashyoning kelibtushishi,tayyor mahsulotni sotish, ishchilarning ishga kelishi, ishdan uylariga borishi, talabalarning o`qishga kelishi va ketishining imkoni bo`lmaydi. Bir so`z bilan aytganda transport kunlik xayotdagi siljishlarni amalga oshiruvchi arteriya bir vositadir. U siz ishlab chiqarish sotishjarayonlarini amalga oshirish imkoni yoq. Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhum omillardan biri yuk va yo`lovchi tashish muntazamligidir. Zarur mahsulot, xomashyo, ehtiyot qismlar, yonilg`i, mineral o`g`itlar, qurilish materiallarini o`z vaqtida va muntazam tashish, ishlab chiqarishni uzluksiz ishlashini ta`minlaydi. Transport tarmoqlarning keng rivojlanishiga katta turtki beradi. Yuqori darajadagi tashish tezligi, ularning zamonaviy shakllanishi yo`lovchilar tashish darajasini o`sishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashishni tashkil etishga qo`yiladigan talablarni belgilash, tashish jarayoni qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solish nazarda tutildi. O`zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari, O`zbekiston Respublikasida avtomobil transportida tashishga ruxsat berilgan xavfli yuklar ro`yxati 2011 yil 1 apreldan amalga kiritildi. Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari O`zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari (185 ta qoida) talablariga idoraviy qarashli tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishiga doir zarur chora-tadbirlar ko`rishi belgilandi. 2014 yilda iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarida yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan 4,2 milliard dollarga teng 154 ta yirik obyekt foydalanishga topshirildi. Jumladan Xorazmda 60 mingta avtomobil ishlab chiqaradigan - Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi MCHJ bo`lib - Damas va Orlando rusumli avtomobil ishlab chiqarila boshlandi.
|
| |