• Основные стратегические варианты




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/105
Sana24.11.2023
Hajmi1,15 Mb.
#104756
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

Marketing
turlari 


35 
Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda 
rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga 
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash 
kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. 
Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga 
aylantiruvchidir. 
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan 
hodisa. Bu holatda remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi 
talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni 
jonlantirishdir. 
Talab o‘zgarib turadi, talabni barqarorlashtirish kerak. Bu holatda 
sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi 
talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. 
Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning 
natijasida tovar taklifi talabga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun 
sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me’yorini tekislashdan iborat. 
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir 
maromda bo‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo‘llab-quvvatlovchi 
marketing turidan foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovar va 
xizmatlar assortimentini to‘ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali 
mavjud bo‘lgan talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi. 
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda 
demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni ko‘tarish, 
servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga 
pasaytirishdan iborat. 
Nosog‘lom talab sog‘liq uchun zararli tovarlarga nisbatan paydo 
bo‘ladi. Bunda qarama -qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional 
ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirish yoki 
butunlay yo‘q qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi. 

Download 1,15 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



• Основные стратегические варианты

Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish