36
etish, marketing strategiyasi va dasturini ishlab chiqish, tovar siyosati, narx
siyosati va ayirboshlash
siyosatini ishlab chiqarish, talabni shakllantirish va
sotishni rag‘batlantirish, marketing xizmatlar tuzilmasini shakllanishi,
marketing faoliyatini nazorat qilish.
Holatlarning har biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari mavjud.
1. Konversion marketing - salbiy talabni bosib o‘tishga yordam beradi,
ya’ni yo‘q joyda
talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar
to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi.
2. Rag‘batlantiruvchi marketing - talabni uyg‘otadi,
tovarlar
xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda o‘z qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa,
tovarlar noto‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa va boshqa bir necha hollarda talab
mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag‘batlantiruvchi
marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o‘rtasida foydali o‘zaro aloqa
o‘rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va shunday qilib, talabni yaratishdan
iboratdir.
3. Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda
rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash
kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak.
Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga
aylantiruvchidir.
4. Talabning pasayishi turli davrlarda har
qanday tovar duch keladigan
hodisa. Bu holatda
remarketingdan foydalaniladi.
Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni
tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
5. Talab o‘zgarib turadi, talabni barqarorlashtirish kerak. Bu holatda
sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing
- tebranib turuvchi
talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi.
6. Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir
tekisda bo‘lishiga erishish kerak.
Bu sharoitda qo‘llab-quvvatlovchi
marketing turidan foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovar va
xizmatlar assortimentini to‘ldirish, yangilash va baholarni pasaytirish orqali
mavjud talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi.
7. Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu
holatda
demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingni maqsadi narxni
ko‘tarish, servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni
vaqtinchalik yoki doimiy
pasaytirishdan iborat.
8. Nosog‘lom talab sog‘liq uchun zararli tovarlarga nisbatan paydo
bo‘ladi. Bunda
qarama-qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional
37
ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirish yoki
butunlay yo‘q qilishga xizmat qiladi.