47
unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo‘ladi. Chunki,
bozorda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning
jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va
ta’sirchanligi yuqoridir.
Shu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki
obyekt xususida auditorlik
axborotini olish, uning imkoni boricha to‘liqligi, ishonchliligini ta’minlashni
talab etadi, bu tarzda axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi hisoblanadi.
3.5-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari
Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p
qo‘llaniladigan axborot yig‘ish uslubi sanaladi. Kuzatish o‘z
navbatida bir
qator turkumlash belgilariga ko‘ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy
statistikaga oid darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida yetarli ma’lumotlar
berilgan.
Kuzatish asosida o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayonga xos bo‘lgan
axborotni yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish
muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq
qilish asosida amalga
oshiriladi. Bunday kuzatish, odatda, ko‘p vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning
natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan,
aholini ro‘yxatga olish, tegishli hududdagi sanoat va savdo korxonalarini
ro‘yxatga olish va h.k.
Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko‘proq qo‘llaniladigan
uslub hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko‘ra
farqlanadi va yetarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat.
Birinchidan, tanlama kuzatishda olinadigan ma’lumotlar tez fursatlarda
amalga oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig‘ish
va qaror
qabul qilish jarayoni uchun o‘ta muhimdir.
Ikkinchidan, tanlama kuzatish yo‘li bilan olinadigan axborot majmuaning
ko‘p qirraligi va xususiyatlarini atroflicha o‘rganish imkonini beradi.
Natijada majmua xususidagi axborotni to‘liq qayta ishlash,
undan unumli
foydalanish mumkin bo‘ladi.
Uchinchidan, tanlama kuzatishda ro‘yxatga olinuvchilar miqdori nisbatan
kam bo‘lganligi sababli, tadqiqot obyektni (yoki muloqotdagi auditoriyani)