42
3.2-rasm. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi
tizimning tarkibiy tuzilishi
Marketing xususida to‘plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda
qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar,
qaror
qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi.
Boshqarish doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy
natijalarga asoslangan bo‘lishi tabiiy.
Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik
tahliliy uslublar banki
matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli
axborotni qayta ishlash
jarayonida mukammallashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi.
Modellar
banki tarkibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan.
Amaliy faoliyatda ularning ko‘lami juda keng bo‘lib,
tashkilotda
marketing faoliyatining tashkil etilish darajasi, zarurati va salohiyatiga qarab
ko‘p yoki kam qo‘llanilishi mumkin.
Hozirgi paytda, ko‘plab
marketing
xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi
modellarni kompyuter
dasturlari sifatida sotmoqdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy kengayib
borish xususiyatiga ega bo‘lib bormoqda.
Har qanday boshqaruv qarorlari (shu jumladan marketing) uchta asosiy
jihatlarga (dolzarb, haqqoniy va to‘liq) ega bo‘lgan, axborotlarga asoslangan
bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida marketing
axborotlarini roli
quyidagi rasmda keltirilmoqda.
Tashqi sohani kuzatish
Raqobatbardoshlikka
erishish
Strategiyani
muvofiqlashtirish