40
prospektlar,
kataloglar; tanlov natijalari; aksiya kurslari jadvallari; korxona
rahbariyati
majlislari bayonnomalari; axborot-tahliliy byulletenlar; radio
hamda televideniye yangiliklari;
voqealar sharxlari; iqtisodiyot yangiliklari;
maxsus kitob va jurnallar; lug‘atlar, ensiklopediyalar;
kundalik gazeta va
hokazolar.
Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot
tizimini to‘rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga: 1) tashkilot
ichki hisobot tizimi, 2) marketing tashqi xabarnomasi - axborot tizimi,
3)qaror qabul
qilishni quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi
kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo‘lgan ehtiyoj,
zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati
muhim ahamiyat kasb etadi.
Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka
erishish
imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi;
iste’molchilar munosabatini belgilaydi; tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani
tartibga soladi;
faoliyatni baholaydi; reklamaga bo‘lgan ishonchni oshiradi;
qaror qabul qilishga yordam beradi; fikrni yaxshilaydi;
samaradorlikni
yaxshilaydi.
1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy
xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig‘i,
mavjud va kelishi
kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ko‘lami va boshqa marketing
faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan axborotning o‘z vaqtida jamlanishini,
qayta
ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma miqyosida
ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi.
Joriy yakunlanayotgan kun so‘nggida firma do‘konidagi savdo zalida har
bir tovar guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va
qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish
kerak va shunga o‘xshash operativ axborot olish zarurati paydo bo‘ladi. Bu
yerda muhim o‘rinni ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida
yig‘ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror
qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi.
Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z o‘rnida va aniq belgilash hamda
firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.