33
3. Yashirin talab. Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo‘lgan
tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan
talabga ega
bo‘ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini
aniqlash va talabni qondirishga qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan
iborat.
4. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har
qanday korxonaning bir yoki
bir necha tovariga bo‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda
konyunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli
bozorlar topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yanada
samarali aloqalar (kommunikatsiya) o‘rnatish bilan
tovar yetkazib berishni
rag‘batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda
marketingning vazifasi -
pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy
yondashish lozimligini unutmaslikdir.
5. Doimiy talab. K‘pchilik korxonalarda tovar yetkazib berish mavsumiy,
kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy
fondlarini kam yoki ko‘p yuklash muammoasini tug‘diradi. Masalan, jamoa
transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar haddan ziyod ko‘p
bo‘ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifsi - o‘zgaruvchan (egiluvchan)
baholar yordamida, rag‘batlantirish va boshqa ta’sir
qilish usullari orqali
talabning vaqt bo‘yicha tebranishini tekislash yo‘llarini izlashi lozim.
6. To‘laqonli talab. Bu talab to‘g‘risida tadbirkorlar o‘z savdo
tushumlaridan, foydalaridan to‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar.
Marketing vazifasi iste’molchilarning tovarni afzal o‘zgarishiga va
raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab
qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitda tovar sifatini yanada oshirish,
unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini
doimiy nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi.
7. Haddan tashqari yuqori bo‘lgan talab. Bozordagi talab darajasi talabni
qondirish darajadan yuqori bo‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi -
talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo‘lini izlab topishdir.
Bu vaziyatda narxlarni ko‘tarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan
rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan
tashqari yuqori bo‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda
marketingning maqsadi - talabni butunlay yo‘q qilish emas, balki faqatgina
uning darajasini pasaytirishdan iborat.
8. Noratsional talab. Tovarga bo‘lgan
talabga qarshi harakat qilish,
sog‘liqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni
talab qiladi, sigaretlar, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar
o‘tkaziladi. Marketing vazifasi mahsulot zarari to‘g‘risida ma’lumotlar
34
tarqatish, narxlarni ko‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali,
iste’molchilarni o‘z odatlaridan voz kechishga ishontirish.
Shunday qilib, talabning 8 holatiga to‘xtalib o‘tdik. Mana shu
holatlarning har biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda
keltirilmoqda.