|
Olamning fizik manzarasi to‘g‘risidagi ta’limotlarning tarixan o ‘zgaribBog'liq ‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslikOlamning fizik manzarasi to‘g‘risidagi ta’limotlarning tarixan o ‘zgarib
borganligini ko‘rib chiqaylik. XVI—XVII asrlarda olamning natur falsafiy
manzarasi o'rniga mexanik manzarasi tasdiqlanadi, bunda olamdagi ro‘y
beradigan hodisalar tabiatning hamma qonunlari asosida yotuvchi Galiley-
Nyutonning mexanika qonunlari bilan tushuntiriladi. XIV asrda olamning
mexanik manzarasi ichida molekular-kinetik konsepsiya va ehtimollik statistik
qonunlariga asoslangan olamning termodinamik manzarasi paydo bo‘ldi.
M.Faradey va J.K.Maksvellar tomonidan XIX asming ikkinchi yarmida
ishlab chiqilgan elektromagnit maydon nazariyasi olamning mexanik
manzarasini butunlay yemirilishga olib keldi. Bu nazariyaga asosan fizik
real borliq turli xil uzluksiz maydonlardan iborat.
XX
asrga kelib ilmiy bilishda fizika bilan birgalikda peshqadamlikka
evolutsion ta’limotga, genetikaga hamda biosfera to‘g‘risida fanga aylangan
ekologiya yo‘nalishlariga ega bo‘lgan biologiya ham da’vo qila boshladi.
Olamning biologik manzarasi tizimli tadqiqotlarga, kibemetikaga,
axborot nazariyasiga asoslangan nazariyalar bilan yonma-yon turadi.
So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda murakkab tashkil etilgan
evolutsion tizimlarni o'rganish bilan paydo bo'lgan fanning yangi
yo‘nalishi — sinergetika fani birinchi o ‘ringa ko'tarildi. Bu ta’limotni 70-
yillarning boshlarida fiziklar: belgiyalik I.Prigojin va nemis G.Xakinlar
asoslashgan. Sinergetika dastawal fizika, kimyoviy, biologik hodisalardagi
keyinchalik esa iqtisodiy, texnikaviy, ijtimoiy jarayonlardagi o ‘z -o ‘zini
tashkil qilish, o ‘z-o‘zini boshqarish, xaos (tartibsizlik) kabi holatlarning
yo'nalishini, qonuniyatlarini bilishga qaratilgan edi. Sinergetika bugungi
|
| |