|
texnika faoliyatining kompleks bo'limlari vujudga keldi. Agronomika, tizimBog'liq ‘. T. ‘Sar0v tabiatshunosliktexnika faoliyatining kompleks bo'limlari vujudga keldi. Agronomika, tizim
texnikasi, dizayn, biotexnologiya shular jumlasidandir.
Umumiy holda, fanlar tabiiy, texnik, jamiyatshunoslik va gumanitar
fanlarga bolinadi. Bunga qishloq xo'jaligi, tibbiyot, psixologiya, pedagogika
fanlari ham kiritiladi. Tabiiy fanlarga shuningdek, koinot, uning tuzilishi
va evolutsiyasi (astronomiya, kosmologiya, astrofizika va hokazo), Yer
to‘g‘risidagi (geologiya, geofizika, geokimyo va hokazo) fanlarni kiritish
mumkin.
Jamiyatshunoslik fanlariga jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik hamda
siyosiy va mafkuraviy fanlar guruhi, iqtisodiy, huquqshunoslik,
boshqaruv kabi fanlar kiradi.
Gumanitar fanlar — bu insonni ijtimoiy tip, ya’ni shaxs sifatida
o ‘rganuvchi, uning ma’naviyati, ichki dunyosi to‘g‘risidagi fanlardir.
Bu turkumga ruhshunoslik (psixologiya), mantiq, adabiyotshunoslik,
san’atshunoslik, tarix, til to‘g‘risidagi fanlar kiradi.
SINOV SAVOLLARI
1. Fan deb nimaga aytiladi? Tabiiy fanlarga izoh bering.
2. «Tabiatshunoslik asoslari» fani nimani o'rganadi?
3. Fan utopiyadan, dindan, mafkuradan qanday farq qiladi?
4. Tabiatshunoslikning rivojlanish bosqichlari.
5. Falsafiy ma’nodagi materiya fizik ma’nodagi materiyadan nim bilan farq
qiladi?
6. Tabiatshunoslikning gumanitar, texnik bilimlardan va matematikadan farqi
nimada?
7. Fanning rivojlanishida tashqi va ichki omillaming ta’siri qanday?
8. Ilmiy haqiqat absolyutmi yoki nisbiy?
9. Ilmiy texnika inqilobning (ITI) asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
10. Tabiiy fanlarning hozirgi zamon konsepsiyasi nima? Nima uchun uni o‘r-
ganish lozim?
11. Astronomiya, kibemetika va boshqa fanlar qanday texnik yo‘nalishga ega?
|
| |