|
Darvinning «Kuchli kuchsizni o ‘z ta’siriga olib, g'alaba qiladi», deganBog'liq ‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslikDarvinning «Kuchli kuchsizni o ‘z ta’siriga olib, g'alaba qiladi», degan
qonuni ishlayotganga o ‘xshaydi. So'nggi yillarda katta-katta konsemlar,
fabrika va korporatsiyalarning birlashishi kapitalning globaUashuvidan darak
bermoqda.
Masalan, AQSHda bank sohasida va sanoatda keyingi 10—12 yilda
mamlakatning «katta biznes» yetakchilari birlashdilar, kattasi kichigini
«yutib yubordi» — aviasozlik sanoatida: «Boing» va «MakDonnel-Duglas»,
«Lokxid» va «Martin-Marietta»; avtomobil sanoatida: Amerika konserni
«Ford» va Shvetsiyadagi «Volvo»; bank sohasida: «Cheyz Manxettin» va
«Kemikl Bank». G'arbiy Yevropada ham sanoatning raqobatbardoshligini
oshirish maqsadida ularning qo‘shilishi va bir-birini «yutishi» jarayoni
faol davom etmoqda. Hozirga qadar bularning eng faollari Germaniya
banklari va firmalaridir. Bular ichida xilma-xil aviakosmik, katta hajmda
avtomobillar, ishlab chiqaruvchi «Daymler-Kraysler» korporatsiyalari
ajralib turadi.
XXI asrda nimalar ro‘y berishi kutilmoqda? Yetakchi kompa-
niyalarining yashash davri kelganga o ‘xshaydi, «Globallashtirish bosib
kelmoqda», iborasi reallikka aylandi va «Transmilliy korporatsiya»
tushunchalari kundalik hayotimizga kirib keldi. Shuni aytish kerakki,
dunyo iqtisodiyotining globallashuvidan faqat taraqqiy etgan mamlakatlar
hamda ayrim mamlakatlarning rivojlangan hududlarigina yutadi.
Dunyo iqtisodiyotida ro‘y berayotgan bunday integratsiyalashuv
jarayonlaridan chetda qolmaslik uchun mamlakatimiz ham o ‘z imkoniyat-
larini to‘liq ishga solishi lozim. 0 ‘zbekiston 0 ‘rta Osiyoning yetakchi
mamlakati sifatida o ‘z iqtisodini qo‘shni respublikalar, taraqqiy etgan
davlatlar bilan sanoat integratsiyasi orqali yanada rivojlantirishi mumkin.
|
| |