bo'sh o‘rnatilgan; uning ichki yuzasida to'rtta qirqimi bor. Bu qirqimga ulanish vaqtida shponka kirishi mumkin, chunki ulanish vaqtida shponka shu qirqim qarshisida bo‘ladi. Agar shponka o‘z vaqtida aylanishga ulgurmasa yoki uning aylanishi 180° ga teng bo'lmasa, shponka siqilib, uni o‘zi bilan harakat - lantiradi. Disk esa qirqimi bilan prujinali chiviqqa ta’sir etib, uni siljitadi va to‘quv dastgohi to'xtaydi.
Aylanuvchi shponka orqali shodalar harakati boshqariladi va shodalarga harakat uzatiladi, ko'tarilgan yoki tushgan shodani harakatdan chiqaradi.
SKR-14 karetkasida boshqarish mexanizmi bo'lib, bu aylanuvchi shponkani uzib-ulash va dastur eltuvchidan iborat. Dastur eltuvchi egiluvchan plastmassa perfotasmasidan iborat. Perfotasma teshiklari o‘rilish naqshiga mos bo‘ladi (5.19-rasm).
Har ikki qator teshiklar bitta homuzaga to ‘g‘ri keladi. Har bir qatorda 14 tagacha teshik bo‘lishi mumkin. Shunga
perfokarta deyiladi. Bu perfokartadagi teshiklar aylanuvchi shponkaning ishini boshqaradi. Agar perfokartada teshik bo‘lsa, shponka 180° aylanadi va tishli g'ildirak bilan tishlashadi yoki ajrashadi.
Jakkard homuza hosil qilish mexanizmlari
Shoda ko‘tarish karetkalari o'rnatilgan to‘quv dastgohlarida
24 tagacha shodalar bilan ishlash mumkin. Yirik naqshli to'qimalar to‘qish uchun (agar ularning o‘rilish rapportlari katta bo'lsa) jakkard mashinalaridan foydalaniladi.