|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 39/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)1 — tishli shayba; 2 — aylanuvchi shponka; 3 —yetakchi shesterna;
4 - halqa-shesterna; 5 -fiksator; 6 —nazorat diski;
7 - rolik; 8 — richag; P —tishli val; A —chiviq; i?-qirqim .
shesterna (4), tekshiruvchi disk (6) va halqa-shesternaning o‘z- o‘zidan aylanib ketmasligini ta’minlash uchun fiksator (5) o‘rna- tilgan. Aylanuvchi shponka shayba uyasiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning tishlari halqa-shesterna tishlari bilan tishlashgan, u shponkani 180° aylantirishi mumkin.
Aylanuvchi shponka dumaloq shaklda bo‘lib, o‘rtasida qirqimi В bor (5.18-rasm, d). Yig‘ilgan karetkada shponkaning o‘rtasida yetakchi shesterna (3) o‘matilgan. Uning ichki yuzasida to‘rtta qirqimi bo‘lib, shponkaga moslashtirilgan. Rasmda shponka (2) shunday holda ko‘rsatilganki, uning qirqimi o‘rta qismi bilan shesterna tomonga qaratilgan, shponkani shesterna bilan birlashtirish, uni 180° aylantirish mumkin. Shponka tashqi yuza- sining 1/3 qismida tishlar bo‘lib, halqa-shesterna bilan tishla- shishi mumkin. Boshqa qismi A (5.18-rasm, d) dumaloq shaklda bo‘lib, shayba teshigiga kiradi.
Shaybada yetakchi shesterna (3) (5.18-rasm, a) erkin o‘rna- tilgan, lekin shponka (2) yordamida tishlashishi va aylanishi mumkin. Bu shesternaning ichki tomonida shponkaga mos lashtirilgan to‘rtta qirqimi bor. Shponka qirqimga to‘g‘ri kelganda, u 180° aylanishi mumkin.
Shponka qirqimga to‘g‘ri kelgan vaqtda halqa-shesterna tomon bir xil harakatlanadi. Bu esa shponka o‘rta qismining shesterna qirqimiga kirish yoki chiqishiga qulay vaziyat yaratadi. Shpon kaning ulanish vaqtida shesterna tezlikni rostlash mexanizmidan tebranma harakatlantiriladi.
Halqa-shesterna (4) ning tashqi yuzasida o‘n oltita yarimdoira qirqimlar bo‘lib, ular boshqaruvchi richag (8) roligi (7) ga kirish uchun kerak. Perfotasmadagi teshiklarning joylashishiga qarab, rolik (7) halqaning qirqimiga kirishi va uni qisqa vaqt to‘xtatishi mum kin, bu davr dastgoh bosh valining 90° aylanishiga teng bo‘ladi.
Halqa-shesternaning ichki yuzasi qismining ma’lum joyida fiksator (5) uchun o‘n oltita qirqim bor. Agar halqa-shesterna (4) boshqaruvchi richag roligi bilan to‘xtatilsa, fiksator roligi shayba bilan harakatlanib, qirqimdan chiqadi va keyingi qirqimga kiradi. Bu vaqtda boshqaruvchi richag roligi shaybaga ta’sir etmay qoladi. Halqa-shesternaga nisbatan shaybaning 1/16 aylanaga siljishi shponkani 180° ga aylantiradi.
Tekshiruvchi disk (6) doira shaklida yupqa plastinka bo‘lib, bo‘rtmali qilib yasalgan. Bo‘rtma oxiridagi qirqimga prujinalangan chiviq o‘rnatilgan bo‘lib, diskni ushlab turadi. Disk shayba (1) da
/ о
|
| |