-rasm. Arqoqtashlagichlaming tormoz mexanizmi: 1




Download 22,48 Mb.
bet47/109
Sana14.02.2024
Hajmi22,48 Mb.
#156599
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109
Bog'liq
TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

6.6-rasm. Arqoqtashlagichlaming tormoz mexanizmi:
1 - old tormoz; 2 orqa tormoz; 3 - korpus; 4 paz; 5 - plastinka;

  1. qistirma; 7 plastinka; 8 po'lat plastinka; 9 nazoratchi; 10 bo‘shliq.

Ikkala tormoz ham yig‘ilgan holda qabul qutisining maxsus ariqchalariga joylashtiriladi. Tormozlar hamisha arqoqtashlagich- laming qutiga kirishiga qarshilik ko‘rsatib turishi uchun ulaming ustki qismiga metall plastinka qo‘yilib, u prujina bilan pastga tortib qo‘yilgan. Arqoqtashlagich qabul qutisi ichidagi bo‘shliq (10) ga kirayot-
gan paytda qo‘zg‘aluvchi tormoz (1) maxsus kulachok orqali hara- katlanib, biroz pastga tushadi. Natijada arqoqtashlagich harakati sekinlashib, qo‘zgalmas tormoz ostiga boiganda to‘la to‘xtaydi. Undan so‘ng esa tashlagichning qutiga nisbatan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri joylashganligini nazorat richagi (9) tekshiradi. U qabul qutisi ichidagi maxsus kulachokdan harakatlanadi, agar u yo‘lida arqoqtashlagichga duch kelsa, u holda arqoqtashlagich to‘g‘ri joylashgan boiib, dastgoh o‘z harakatini davom ettiradi. Agar nazorat richagi yoiida tashlagich boimasa, u nazorat valiga xabar berib, dastgohni to‘x- tatadi. Bu esa tashlagichning homuza ichida qolib, bir necha tanda ipini uzilishdan yoki dastgoh detallarini sinishdan saqlaydi.
Arqoqtashlagich qabul qutisi ichida to ia to‘xtatilgandan so‘ng uni biroz orqaga qaytariladi. Bundan maqsad to‘qimaning o‘ng milkiga qaytariladigan arqoq ipi uzunligini kamaytirish bilan birga tashlagichlarning qutiga qat’iy joylashuvini ta’minlashdir. Chunki arqoqtashlagichlar qisqich-prujinaning og‘zini ochuvchi va uni qutidan chiqarib, transportyorga tushiruvchi mexanizmlar aniq ishlashi uchun yuqori aniqlik talab etiladi.
Shunday qilib, arqoqtashlagich qabul qutisida o‘zining qat’iy joyini egallagandan so‘ng maxsus tishsimon richag orqali qisqich- prujina ochilib, undagi arqoq ipining uchi to‘qima milkini hosil qiluvchi mexanizmning qisqichiga uzatiladi. So‘ngra qisqich-prujina yopilib, maxsus mexanizm tashlagichni qutidan itarib chiqara boshlaydi. Bu paytda qo‘zg‘aluvchi tormoz yuqoriga ko‘tarilgan boiib, tashlagichning harakatiga ta’sir etmaydi. Natijada tashla- gich qutidan chiqib, maxsus mexanizm yordamida zanjirli trans- portyoiga tushiriladi. Transportyor uzluksiz ravishda aylanma harakat qilib turishi sababli arqoqtashlagichlarni dastgohning chap to- moniga o‘tkazib, zarb mexanizmining harakat yoiiga ko‘targich orqali yetkazib beradi.
    1. Homuzaga rapira yordamida arqoq tashlash

Mokisiz dastgohlar ichida bu guruh dastgohlami ishlab chi- qaruvchi firmalar soni hamda xilma-xilligi bo'yicha ancha ustun hisoblanadi. Bunday dastgohlar quyidagi afzalliklarga ega:

    • o‘zining sodda konstruksiyasiga qaramay, bu dastgohlarda turli chiziqli zichlik va tola turidagi to'qimalar ishlab chiqarish mumkin;

    • ish unumdorligi yuqori — 1000 m arqoq/min;

    • ko'p rangli arqoq ishlatish mumkin, bunda rang ko'pligi dastgoh tezligiga ta’sir qilmaydi;

    • shoda ko‘taruvchi karetkalar va jakkard mashinalarni oson o'rnatish mumkin;

    • universal va energiyani kam talab qiladi.

Barcha rapirali dastgohlami ikki turga bo'lish mumkin: universal, turli arqoqli har xil o'rilishli to'qimalami ishlab chiqa­ ruvchi dastgohlar va unumdorligi yuqori, bir rangli, faqat eks­ sentrikli homuza hosil qilish mexanizmi bilan jihozlangan dastgohlar.
Masalan, «Picanol» (Belgiya) flrmasining PGW rusumli dastgohi o'zining universalligi bilan ajralib tursa, shu firmaning PMM dastgohi yuqori unumdorligi bilan ajralib turadi, biroq uning assortiment imkoniyati chegaralangan.
Zamonaviy rapirali dastgohlar shakldor va elementar iplarni qayta ishlashda, mebelbop va dekorativ gazlama ishlab chi­ qarishda, plush, velvet, halqa tukli va texnik to'qimalami ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ular barcha turdagi homuza hosil qilish mexanizmlari va 8 tadan ko'p rangli asboblar hamda zamonaviy nazorat va boshqarish tizimlari bilan jihozlanishi mumkin.
Arqoq tashlash egiluvchan, qattiq yoki teleskopik rapiralar yordamida amalga oshiriladi. Bunda arqoq ipi:

    • butun taxtlash enidan o'tuvchi bitta rapira yordamida tashlanishi;

    • dastgohning ikki tomonidan bir-biriga qarab harakat qiluvchi rapiralar yordamida tashlanishi;

    • ikki qo'shaloq, bir-biriga qarab harakat qiluvchi rapiralar yordamida tashlanishi;

    • ikki fazali dastgohda ikki iluvchi boshchaga ega bitta rapira yordamida tashlanishi mumkin. Biroq bular ichida ikki tomonda joylashgan rapirali dastgohlar eng ko'p tarqalgan.


Download 22,48 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Download 22,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Arqoqtashlagichlaming tormoz mexanizmi: 1

Download 22,48 Mb.