6 .10-rasm. «Saurer-500» ikki fazali to‘quv dastgohida arqoq tashlash:
/ - bobinalar; 2 - ta’minlovchi roliklar; 3 - arqoq jamlagich; 4 — tormozlar; 5 - arqoq ipi; 6 - arqoqqaytargich; 7 - olinadigan tutgich; 8 — tig‘;
9 - milk qisqich; 10 - qaychi.
I Cl я
2 5 2
о о
УЬз сCл3
Ю I/O
о
(N^(Nf-
^40
О UO
О U1
г о
- 8 a,
в03
>о* 3
UОOОГщЧ' ™
г о гч ^
irTио 04
u 2
л
со g
a
GO >
03
сл
0
P cd
0
—гч
гч г^
г о гч
ko‘rsatkichlari
-ССЛ
f
ЛI—
1/0 I/O wo
* OO ГЧ
Si X x
3 ГЧ ГЧ
J2 c5
^ СГ
^ > «—1
03
cn
*
1
а .& 0 uo
SоZЗ 03
texnik-iqtisodiy
£с aо- 7о Д03
с ON r^ о
1 3 0
а ад
о
оз
х :
а03д
2 ^c _Лc
.ab
ш g > 1 о
v *и0
t/i c*—d
О* ои 0
* >>
03
(D •—
о
ГО
o ' ™
ОГ" о
гч
tashlovchi dastgohlarning
с
с S
з Ес
О—О о
гч
i2
03
cQd.
о ь
* о
>
/Ч Л
с .
.2 с
£ 1
.2 5
п -д
о ^
12 о" о
гч
о о
- и 4 0
ГЧ ГЧ О
03
о
а03д
с
Л оЯ о о g о о
a* * о о £ гч
wn
1 0
/—4 ^_4
arqoq
с 1*— g>*, c
■003
"COd 4033 s0z3
■0o3
с о о
с 2 'E 03
0 Ё 0 E 0 E 0
СЛ
о
о
yordamida
с i~ ад
© §
ГЧ 00 СЛ ГМ СЛ ад
0
Q (D
r o 0 ГЧ 0 ГЧ 0 о
о
£-t—>
9 о
* О ^}-
O—N4
00 1/0 о
ГЧ ГЧ чО
rapiralar
ин i/o
40 О
"—' "—' 4—'
О 2
ггч-
in TJ-
о £
Qattiq
<и£ ла
0
-4—* 03
e ъ
— гч гм
^
(— 1 1/^1
Е
гч ^
o' §
00
гч
5 Og;s
fN Tt
0 s ^
^ о in
Ranglar soni
Homuza hosil qilish mexanizmi
Milklar
Gardishlar diametri, mm
To'qima vali diametri, mm
Arqoq bo'yicha zichligi, ip/sm
6 yoki 8
12 shodali ekssentrik,
20, 26
shodali karetka, 1792 ilgakli jak. mashinasi
о
o‘ramali, eritilgan
1 -200
00 2
1 o1
12 shodali ekssentrik,
28 shodali karetka, jakkard mashinasi
о
о
0 ,7 -152
bir rang, ko‘p rangli
ekssentrik, karetka, jak. mashinasi
o'ramali, qayirilgan
1250 (tuk
760
ГМ
гт-
о"
(zamin)) 540
2—8 shodali ekssentrik,
8 shodali tash. ekssentrikli,
20 shodali karetka, jak. mashinasi
ооо
o kramali, qayirilgan, eritilgan
4 - 6 4
0 ,5 - 6 3
о
ekssentrik, karetka, jak. mashinasi
10 0 (zamin
1250 (tuk))
800x2
7 - 5 2
1,
aralashtirgich
14 shodali ekssentrik
o‘ramali, qayirilgan, eritilgan
800, 900,
о
1000
6 ,2 5 -100
чО
8 shodali ekssentrik,
24 shodali karetka, jak. mashinasi
о
o '
о
o‘ramali, qayirilgan, eritilgan
590
3 - 1 2 0
bilan bir paytda arqoqtutgich (7) ham harakatda bo‘lib, milk qisqichi (9) ga ip uchini uzatadi, shundan keyin qaychi (10) arqoq ipini qirqadi. Natijada to‘qimada. qaytarma milk shakllanadi. 0 ‘ng polotnoga arqoq yuqoridagi tartibda faqat 180° ga siljigan holatda arqoq tashlanadi. Natijada bu to‘quv dastgohi bosh valini bir marta aylanishida ikkita arqoq ipi ikkita homuzaga tashlanib, dastgohning nazariy unumdorligini ikki marta oshiradi. Shuning dek, bu usulda arqoq tashlashning yana qator afzalliklari mavjud: ta’minlovchi bobinadan arqoq ipini chuvash tezligi bir fazali to‘quv dastgohlariga nisbatan ikki marotaba kam; bobinadan ip pnevmatik arqoq jamlagich hisobiga uzluksiz chuvaladi; arqoq tashlash tezligi ancha yuqori. Undan tashqari dastgohda hosil bo‘ladigan homuza balandligi katta bo‘lmaganligi tig‘ harakat yo‘lini kamaytirishga imkon yaratadi, bu esa tanda iplari ishqa- lanish kuchining ta’sirini kamayishiga olib keladi.
Pnevmatik to‘quv dastgohlari
Hozirgi kunda pnevmatik dastgohlarga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ularni hozirgi kunda Chexiyaning «Investa», Shveysariyaning «Ryuti», Yaponiyaning «Nissan Motor», «To yota», «Tsudakoma» firmalari, bundan tashqari «Zulser», «Pica- nol», «Gunne», «Saurer», «Leesona», «Draper» (AQSH),
«Bonas Bros» (Angliya), «Meteor» va «Vamatex» (Italiya) fir malari ishlab chiqaradi.
Pnevmatik dastgohlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: bir purkagichli — bosh purkagich bilan konfuzordan hamda ko‘p purkagich — bosh va qo‘shimcha purkagichlardan foydalaniladi. Birinchi guruhga «Investa» birlashmasining PN modelidagi dast gohlari, «Nissan Motor» firmasi dastgohlari kirsa, ikkinchi guruhga «Investa» birlashmasining «Jettis» rusumidagi dastgohi hamda «Toyota», «Tsudakoma», «Zulser», «Picanol», «Gunne»,
«Saurer», «Ryuti» firmalari dastgohlari kiradi.
Bir purkagichli pnevmatik dastgohlar. «Investa» birlashma sining PN modelidagi dastgohlari 3 xil variantda ishlab chiqariladi: PN-B — ip gazlama ishlab chiqaruvchi, PN-A — ipak gazlamalar ishlab chiqarish uchun, PN-S — shisha tolali to‘qimalar ishlab chiqarish uchun moMjallangan.
PN dastgohlarning o‘ziga xosligi —konfuzor batandan ajralgan bo‘lib, alohida yuritmaga ega, natijada konfuzor va batanning harakat trayektoriyasi yaxshilangan; konfuzor to‘qima qirg‘og‘i
6.11-rasm. Havo yordamida arqoq tashlash texnologik sxemasi.
va tig‘dan ancha uzoqlikda tanda iplari orasidan o‘tadi; konfuzor va tig1 tomondan tanda iplariga ishqalanish ta’siri kamaytirilgan; jipslash tig‘ning pastki qismi orqali amalga oshiriladi; konfuzor kanalining geometriyasi yaxshilangan (uning tirqishi aylana shakliga yaqinlashtirilgan); konfuzor plastinalarining qalinligi 3—4 mm. gacha kattalashtirilgan. Natijada arqoq tashlash ishonchliligi oshirilgan, uzilishlar kamaytirilgan hamda katta hajmdagi to‘qi- mani olish imkoniyati tug‘ilgan. Ip gazlamalar uchun konfuzor plastmassadan ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning kanali diametri
20 mm, ipak uchun — metalldan bo‘lib, kanalining diametri 18 mm.
Pnevmatik dastgohda arqoq tashlashning texnologik sxemasi 6.11-rasmda keltirilgan. Arqoq ipi bobina (1) dan chuvib chiqib taranglagich (2) arqoqni o‘lchovchi roliklar yordamida purka gich (6) ga taxtlanadi. Purkagichdan chiqayotgan havo oqimi arqoq ipini maxsus yo‘naltiruvchi konfuzorlar (8) orqali homuzaga tash- laydi. Homuzaga arqoq tashlangandan so‘ng, chap milk tomonda arqoq ipini qaychi (7) qirqadi. Shu paytda arqoq ipi maxsus qisqichlar (5) da qisib qolinadi. Bu arqoq ipi uchini purkagichda saqlanib qolishini ta’minlaydi. So‘rib oluvchi quvur (9) arqoq ipini o‘ng milk tomon tortadi.
6.12-rasmda havo yordamida arqoq tashlash bosqichlari keltirilgan:
Tig‘ (5) orqa tomonga harakat qilmoqda, o‘lchagich (4) kerakli uzunlikdagi ipni o‘lchab homuzaga tashlashga tayyorlashni tugatgan.
Qisqichlar (8) ochi- lib purkagich (6) ga havo oqimi kelib, arqoq ipini ho muzaga tashlaydi.
Arqoq ipini homuzaga tashlash tugallanishi bilan qisqich (8) ipni qisadi, tig‘
tashlangan ipni to'qima qirg‘og‘iga jipslaydi.
6.13-rasmda havo bilan arqoq ipini yo'naltiruvchi — konluzor (1) ning turli holat- lari keltirilgan:
/ —homuzaga arqoq tash- lashdagi holat (6.13-rasm, a);
6.12-rasm. Havo yordamida arqoq ipini tashlash bosqichlari.
— arqoq ipini yo'naltiruv- chidan chiqish holati;
— arqoq ipini jipslash paytida konfuzorning mato tagidagi holati (6.13-rasm, b).
Ayrim pnevmatik dastgohlarda havo oqimini yo'naltiruvchi konfu- zorlar o'rniga maxsus shaklli tig' tishlari va qo'shimcha purkagichlar o'rnatilgan (6 .14-rasm). Arqoq ipi (1) hom uzaga asosiy purkagich
yordamida harakatga keltiriladi va u maxsus shaklli tig' tishlari (4) da harakatlanadi. Qo'shimcha pur kagichlar (3) arqoq ipiga qo'shim cha ta’sir etib, dastgoh enini katta- lashtirishga imkon yaratadi.
Chexiyada ishlab chiqaril- gan pnevmatik dastgohlarning yangi turida bitta dastgohda ikkita purkagich yordamida bir paytda ikkita mato ishlab chiqarish usuli qo‘llanilgan. Natijada dastgohda bir vaqt- ning o‘zida ikkita polotno to‘qi-
ladi (2x130, 2x170, 2x190 sm). 6.14-rasm. Purkagich va konfu- Dastgohning o‘rta qismida zorda arqoq ipining harakati.
(6.15-rasm) ikkita purkagich
(I) o‘matilgan. Arqoq iplari bobinalar (4) da, o‘lchovchi mosla- malar (5) yordamida purkagichlarga yetkaziladi. Homuzalarga tashlangan arqoq iplari bitta batan mexanizmiga o‘rnatilgan tig‘lar
yordamida to‘qima qirg‘og‘iga jipslanadi.
6.15-rasm. Ikki fazali dastgohda arqoq tashlash.
Ikkala purkagichlar ham aylanish sapfalarda o‘matiladi. Ikkitalik purkagichlarning aylanish, arqoqlarni qo‘shish yoki programma yordamida arqoq bo‘yicha naqshni hosil qilish uchun amalga oshiriladi. Bu prinsip dastgoh unumdorligini oshirishga imkon yaratadi. Ishlab chiqariladigan har bir to‘qima uchun o‘zining to‘qima g'altagi, shodalari, tig‘ va to‘qima valigi mavjud. Qo‘sh purkagichni programmali boshqarilishi mustaqil hisoblovchi qurilma yoki shoda ko‘taruvchi karetkalar yordamida bajariladi. Konfuzor batandan ajralgan bo‘lib, o‘zining yuritmasiga ega. Ip gazlamalar uchun kon fuzor plastmassali boiib, kanalining diametri 18 mm.
«Nissan Motor» firmasi «Investa» birlashmasining litsenziyasi bo‘yicha pnevmatik dastgohlarni ishlab chiqaradi. Firmaning
LA 22 dastgohlari 5 ta modeldan iborat bo‘lib, shtapel va elementar iplami qayta ishlashga moslashgan. Dastgohlaming tig‘ bo‘yicha eni 150—190 sm bo‘lib, bu enlar 60 sm qamrovida rostlanishi mumkin. Qayta ishlanadigan arqoq turiga qarab, dastgohlar minutiga 420—550 arqoq tashlash tezligi bilan ishlashi mumkin, bu esa unumdorlikni 630—1000 m ar/min.ga olib keladi. Purkagich va neylonli yo‘naltiruvchi konfuzor tig‘dan alohida ajratilgan. Purka gich chiqish tirqishining ko‘ndalang kesimi qayta ishlanadigan arqoq turiga qarab rostlanadi. Arqoq tashlanishi dastgohning chap tomonidan ta’minlovchi o‘ramadagi ipni tortuvchi roliklar yorda mida amalga oshiriladi. Purkagichdan oldin joylashgan o‘lchovchi qurilma arqoq ipi homuzadan tashlanishi uchun tig‘ bo‘yicha eniga qarab uzunligini aniq o‘lchaydi. Dastgohning o‘ng tomonida so‘ruv- chi purkagich o‘matilgan bo‘lib, u arqoq ipini homuza almash- gunga qadar ushlab turadi.
Bosh va qo ‘shimcha purkagichli pnevmatik dastgohlar
Bu guruhdagi dastgohlami ikki kichik guruhga bo‘lish mumkin: bosh va qo‘shimcha purkagich hamda konfuzor qo‘llaniladigan; bosh va qo‘shimcha purkagich hamda tig‘ va konfuzor ishini bir vaqtda bajaruvchi profillirlangan tig‘ qo‘llaniladigan dastgohlar. Birinchi guruhga: «Investa» birlashmasining «Jettis» tizimidagi dastgohlar, «Toyota», «Picanol», «Saurer», «Zulser» firma dastgoh lari, ikkinchi guruhga esa «Ryuti», «Gunne» va «Tsudakoma» firma sining dastgohlari kiradi.
Bosh va qo‘shimcha purkagichli hamda konfuzorli to ‘quv dastgohlari
«Jettis 190 S6V» modeldagi dastgohida qo‘shimcha purkagichlar o'rnatigan. Dastgoh paxta, sellulozali, sintetik va aralash tolali ma’lum uzunlikdagi iplardan yengil va o‘rta og‘irlikdagi (og‘irligi
420 g/m 2 gacha) to‘qimalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Uning o‘ziga xos xususiyati, homuzaga arqoq tashlanishi bosh purkagich va konfuzor hamda qo‘shimcha purkagichlar shakllan- tiradigan havo oqimi orqali amalga oshiriladi. Kanal diametri 10 mm.gacha kamaytirilgan. Kanalning profil plastinalari qalinligi va ular orasidagi masofa 3 mm.ni tashkil etadi.
Arqoq ipi uzluksiz aylanadigan bobinadan arqoqni chuvatuvchi friksion juftlik yordamida o'lchanadi. Bobinatutgich diametri
350 mm.gacha bo'lgan o'ramalarni ham o'rnatishga imkon beradi. Bosh va qo‘shimcha purkagichlar uchun havo mexanik boshqarila- digan maxsus konstruksiyali klapanlar yordamida me’yorlashtiriladi. Qo'shimcha purkagichlar guruhlarga bo‘linib, arqoq ipining tashlanishini, uning birin-ketin harakatlarini o‘z ichiga olgan. Yo'naltiruvchi klapan batanga o'rnatilgan. Bosh purkagich batandan alohida zvenoda joylashib, u bilan arqoq tashlash jarayonida konfuzor kanali bilan uyg'unlikda tebranma harakat qiladi. Konfuzor uchida fotoelektron nazoratchi o'rnatilgan bo'lib, u arqoq tashlash jarayonida nuqson uchraganda dastgohni to'xtatadi. Dastgoh bosh valining keyingi aylanishida to'xtaydi. Milklar rotatsion milk shakllantirgich yordamida ajur o'rilishda shakllanadi. Homuza hosil qilish mexanizmi 8 shodali kulachokli tipida bo'lib, dastgohning o'ng tomonida joylashadi va arqoq uzilgan homuzani topishda shodalami qaytishini ta’minlaydigan qo'shimcha
qurilma bilan jihozlangan.
«Toyota» firmasining dastgohi ham qo'shimcha purkagichlar bilan jihozlangan. Firma quyidagi seriyali dastgohlami ishlab chiqaradi:
JA — yengil va o'rta og'irlikdagi shtapel to'qimalami ishlab chiqarish uchun, taxtlash eni - 150, 190 va 280 sm.
JAN — o'rta og'irlikdagi shtapel to'qimalami ishlab chiqarish uchun, taxtlash eni — 190 va 290 sm.
JAF — filament iplardan to'qimalami ishlab chiqarish uchun, taxtlash eni — 150 va 190 sm.
Gardish diametri 800 va 1000 mm bo'lgan to'quv g'altagi ishlatiladi. To'qima validagi to'qima o'ramining maksimal diametri 520 sm. Havo oqimi va arqoq ipi uchun konfuzor «Jettis» dastgohi konfuzoridan ko'ndalang kesimi va zich joylashgan plastinalar bilan farq qiladi (plastinalarning qalinligi 2,5 mm, ular orasidagi masofa 0,8 mm). Bosh va qo'shimcha purkagichlar hamda konfuzor batanga o'rnatilgan.
Dastgoh 6 shodali krivoshipli homuza hosil qilish mexanizmi, 10 shodali kulachokli homuza hosil qilish mexanizmi yoki 16 shodali homuza hosil qiluvchi karutkalar bilan jihozlanishi mumkin. JA IS 190T rusumli dastgohi «Grosse» (Germaniya) firma sining «Unirapid» jakkard mashinalari bilan jihozlangan. Tig' bo'yicha eni 150 sm bo'lgan bu dastgoh minutiga 450 arqoq tashlash tezligida ishlaydi. «Picanol» firmasining RAT modelidagi dastgohlari taxtlash eni va unumdorligini oshirish maqsadida
qo'shimcha soplo bilan jihozlangan.
Bu dastgohlar shtapel tola va elementar iplardan og‘irligi 500 g/m 2.gacha bo‘lgan yengil va o‘rta og‘irlikdagi bir rangli, ko‘p rangli, arqoq bo‘yicha aralash to‘qimalarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Havo oqimi va arqoq ipini tashlash uchun konfuzor yarim ochiq tipli bo‘lib, profil plastinkali taroq va tig‘dan shakllangan.
«Saurer — Diederichs» (Shveysariya — Fransiya) firmasi
«Saurer 600» dastgohini yaratgan. Bu dastgoh shtapel va elementar iplami qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, arqoq ipi dastgohning chap tomonidagi o‘ramadan chuvalib, rostlanmaydigan plastinkali taranglagichdan mexanik to‘ldirgichga yo‘naladi, u esa, o ‘z nav- batida, arqoq ipini tashlashga tayyorlaydi. Arqoq ipi rostlanuvchi to ‘suvchi mexanizm orqali bosh purkagichga yetkaziladi va boshlang‘ich tezlanishni hosil qiladi.
Dastgohda oddiy tig‘ ishlatilib, uning yonida arqoq ipi tashla- nishini ta’minlovchi konfuzor qoilaniladi. Dastgohning butun taxtlash eni bo‘ylab, bir-biridan 50 mm oraliqda joylashgan qo‘- shimcha purkagichlami birin-ketin ishga tushirilishi elektron quril- malar orqali amalga oshiriladi. Dastgohning tezligi 600 m in 1, tig‘ bo‘yicha eni 185 sm, unumdorligi 1100 m ar/min.ni tashkil etadi. Qayta ishlanadigan ipning chiziqiy zichligiga qarab havo bosimi
2—3 atm. oralig‘ida bo‘lishi kerak.
«Zulser» firmasining LS dastgohi butun taxtlash eni bo‘yicha joylashgan bosh va qo‘shimcha soplolar bilan jihozlangan. Arqoq ipi qo‘zg‘almas o‘ramadan tortilib, toidiruvchiga beriladi, u esa arqoq ipini kerakli uzunligini o‘lchaydi. Buning natijasida arqoq bo‘yicha chiqindilar 1,5% ni tashkil etadi. Boshqaruv va nazorat- ning elektron vositalari keng qo‘llaniladi. Ishdagi barcha nosozliklar avtomatik topilib, signal boshqaruv pultining nazorat paneliga beriladi. Homuza 6 shodali ekssentrikli mexanizm orqali shakllanadi. Dastgoh gardish diametri 1000 mm.gacha bo‘lgan to ‘quv g‘altaklari bilan jihozlanishi mumkin. Elektron boshqariladigan tanda rostlagichlari doimiy taranglikni ta’minlaydi. Arqoq bo‘yicha zichligi keng qamrovda rostlanadi. Tanda va arqoq nazorati elektron amalga oshiriladi. To‘qima diametri 500 mm boiib, dastgohga o‘matilgan yoki diametri 2000 mm boiib, ko‘tarmaga o ‘rnatilgan to‘qima valiga o ‘raladi yoki boimasa, tirqishlar orqali pastda joylashgan xona yeriga taxlanadi.
Bosh purkagich, qo‘shimcha purkagich hamda tig‘ va konfuzor vazifasini bajaruvchi profillirlangan tig ‘li dastgohlarni «Ryuti»,
«Gunne» va «Tsudakoma» firmalari ishlab chiqaradi.
«Ryuti» firmasining dastgohlari jahon bozorida yaxshi tanish. L5000 modelli dastgoh universal hisoblanadi: unda valdan tortib, denim kabi og‘ir to‘qimalar ishlab chiqariladi. Dastlab arqoq ipi bosh purkagichdan keladigan havo oqimi yordamida arqoq tashuv- chi kanaldan o‘tadi. Keyin u tezlashib, yordamchi purkagichlardan chiqadigan havo oqimi yordamida harakatlanadi. Bosh va qo‘shimcha soplolarga tegishli havo impulslarini klapanlar yuboradi. Dastgohda oddiy tigiar qo'llaniladi, chunki arqoq tashlovchi konfuzor tig‘ bilan birlashmagan. Arqoq ipi tashlanganidan so‘ng ikki tomonidan qirqiladi. Dastgohning bir rangli variantining tig' bo‘yicha eni 360 sm bo‘lib, unumdorligi 1400 m ar/min. Dastgohda shtapel tola va filament iplardan yengil va o‘rta og'irlikdagi to'qimalar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, dastgohda milk shakllantirishning uch tizimi mavjud: qayiriladigan milk shakllantirish uchun qayiruvchi va oraliq qayiruvchi mexanizmlar, to‘liq kesishuvchi o‘ramali milklami shakllantiruvchi qurilma, sintetik iplardan bo‘lgan to‘qima milkini erituvchi mexanizm. Dastgohning ishchi eni 100 sm qamrovda bo'lishi mumkin, ya’ni 260—360 sm.gacha. Dastgohda turli endagi, har bir polotno milklari mustahkam bo'lgan bir necha polotnolami ishlab chiqarish mumkin. Dastgoh juda ixcham. Uning asosiy mexanizmlar ishini optimallashtirish natijasida tebranish hamda asosiy detallarga yukni kamaytirish imkonini beradi.
Arqoq ipi qo‘zg‘almas bobinalardan beriladi, bu esa arqoq ipini uzluksiz tashlanishini ta’minlaydi. 0 ‘ramadan ip pnevmatik ip taranglagichli naychadan o'lchash qurilmasiga yo‘naladi. Arqoq arqoq tashlashda chap tomonda joylashgan bosh purkagich havo oqimi bilan arqoq ipini profillirlangan tig‘dagi ariqchadan yo'nal- tiriladi; havo bosimini butun tig' eni bo‘ylab kuchaytirish uchun bir-biridan 8 sm oraliqda joylashgan qo'shimcha purkagichlar o'rnatilgan. Ishchi bosim arqoq ipining chizig‘iy zichligiga qarab rostlanadi. Dastgoh uzluksiz yoki davriy harakatlanuvchi tanda rostlagichlari bilan jihozlanadi. Homuzani hosil qilish 8, 12 shodali ekssentrikli mexanizm yoki 16 shodali karetka yordamida amalga oshiriladi.
«Tsudakoma» firmasining ZA-200 modeldagi dastgohi chizig‘iy zichliklari 12—200 teksgacha bo'lgan paxta, shtapel, aralash tolali iplar hamda chizig'iy zichligi 6—40 teks bo'lgan filament iplardan to'qima ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan.
Dastgohning o‘ziga xosligi —maxsus profilga ega tig* tomonidan hosil qilingan ochiq konfuzor. Bunday tig4 quyidagi afzalliklarga ega:
batan konstruksiyasi soddalashadi;
maxsus ariqchaning keragi bo'lmaydi;
batan mexanizmining kinematikasi va dinamikasi yaxshilanadi. Arqoq ipi ta’minlovchi o‘ramadan uzluksiz ravishda tarang- lovchi asbob va ip yo‘naltiruvchilardan ta’minlovchi rolikka yo‘naladi. 0 ‘lchovchi qurilma bitta tashlashda kerakli ip uzunligini oichab, uni ochiq turdagi pnevmatik to‘plagichga yo‘naltiradi, u yerda ip siqish qurilmasi orqali bosh purkagichga uzatiladi. Siqish qurilmasi ochilishi bilan arqoq ipi tig‘ ariqchasiga beriladi hamda 4—5 tadan
guruhlashgan qo'shimcha purkagichlar yordamida tashlanadi.
Dastgohda fotoelektron nazoratchi mavjud. Bosh va qo‘shimcha purkagichlar tig'ga mahkamlangan. Homuza hosil qilish 10 sho- dadan iborat kulachokli mexanizm yoki 16 shodali karetka yordamida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha purkagichlar tig‘dan oldin mahkamlanadi. Tig‘ uzunligi ishlab chiqariladigan to'qima eniga bog‘liq emas, to‘qima eni o‘zgarganda tig‘ni almashtirishga hojat yo‘q. Dastgohda beshta kichik kurakli turkumlashtirilgan batan mexanizmi qo‘llanilgan, batan vali tig‘ tomon siljitilgan. Bu val naychali shaklga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida havo saqlanadigan rezervuar vazifasini bajaradi. Dastgohdagi tebranish minimumga olib kelingan. Harakatlanuvchi detallarning og‘irligi taxminan 182 kg.ga kamaytirilgan.
Dastgohda 7—50 nomergacha arqoq ipining keng qamrovini, bundan tashqari teksturirlangan va poliefir iplami ishlatish imkoniyati mavjud. Qayta ishlanadigan arqoq ipini almashtirish dastgoh tezligiga ta’sir qilmaydi. Arqoq ipini «pik-a-pik» tashlanishi ko‘zda tutilgan. Dastgoh 325—400 ar/min tezligida sinalgan.
X-3 «Draper» dastgohlarini o‘zgartirish uchun «Leesona» firmasi «Aerofil» tizimini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda sistemani tig* bo'yicha eni 127 va 163 sm.li dastgohlarda qo‘llash mumkin. Arqoq sifatida chiziqiy zichligi 10—100 teksgacha bo'lgan paxta tolali, poliefir, viskoza iplari hamda ularning aralashmalarini va teksturirlangan iplarni ishlatish mumkin.
Arqoq ipi romdan ta’minlanadi. Rom dastgohning chap tomo- nida joylashgan bo‘lib, biri zaxirada bo‘lgan ikki krestli o‘ramaga mo‘ljallangan. Arqoq ipi ta’minlovchi o‘ramadan tortilib, ip taranglagichidan o ‘tadi. So‘ng u o‘lchovchi barabanchaga o‘raladi.
|