• Mexanizm nosozliklari
  • 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




    Download 22,48 Mb.
    bet58/109
    Sana14.02.2024
    Hajmi22,48 Mb.
    #156599
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
    Bog'liq
    TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

    77777777777777777

    1

    вЙ Г г * г г г /77777777777777777777
    7.5-rasm. Batanni kalibrlar
    vordamida sozlash.

    beravotgan tishlar holati 6-plastinani bo'shatib turib sozlanishi lozim.Yo'naltiruvchi taroqning tishlari quyidagi tartibda o'rna­ tiladi (7.5-rasm):
    A kalibrini zarb qutisigacha surib borgandan so'ng uni zarb qutisidagi arqoqtashlagichning yo'naltiruvchisiga erkin kiritish kerak. Kalibr yo'naltiruvchiga kirmasa, demak, batan yo'nal- tiruvchiga nisbatan vertikal yoki gorizontal yo'nalishda siljigan bo'ladi. Agar batan gorizontal yo'nalishda siljigan bo'lsa, dastgoh chetidagi batan kurakchalari bo'shatilib, kalibr yo'naltiruvchiga erkin kirgunga qadar suriladi. Agar batan vertikal yo'nalishda siljigan bo'lsa, batan to'sini va kurakchalar orasiga ponalar qo'yi- lib, kalibr erkin kirishiga erishiladi. So'ngra С kalibri yo'nalti­ ruvchi taroqdan qabul qutisi tomonidan chiqarib olinadi.
    Bosh valning aylanish burchagi 300° bo'lganda oldingi tor­ moz ostiga В kalibri qo'yiladi va unga С kalibrning gorizontal qirralarini bir tekislikka keltirib tekkiziladi. Buni sozlash batan kurakchalarini burish yo'li bilan amalga oshiriladi. Sozlangan- dan so'ng kurakchalar qotiriladi.
    Vertikal yo'nalishda sozlanganda С kalibrining ustki yuzasi В kalibrining ustki yuzasidan 0,1 mm pastroq joylashishiga erishish kerak. Tekshirish tugagandan so'ng kalibrlar yo'naltiruvchi ta­ roqdan chiqarib olinadi.

    Batan mexanizmini sozlashdagi asosiy talablardan yana bin uning qism va bo‘laklarining mustahkam qotirilishidir. Barcha boltlar, ayniqsa, kurakchalami batanosti o‘qida qotiruvchi, batan to‘sinini kuraklarga qotiruvchi va tig‘ni qotiruvchi boltlar tortib qotirilgan boiishi lozim.
    Batanosti vali erkin aylanishi uchun roliklar va juftlash- tirilgan kulachoklar orasida 0,03 mm oraliq qoldirilishi lozim. Bu oraliq maxsus paypaslagich yordamida batan qutisining yon tomonidagi teshik orqali valni qoida aylantirib o‘matiladi.
    Dastgoh ishlab turgan paytda batan qutisidagi moy miq- dorini qutidagi maxsus oynacha orqali muntazam ravishda nazorat qilib turish lozim. Moy sathi oynachaning 2/3 qismidan kamay- masligi lozim.
      1. Mexanizm nosozliklari

    Batan mexanizmining nosozliklari tanda iplarining uzilishiga, to‘qimada nuqsonlar paydo boiishiga, hatto ehtiyot qismlaming sinishiga olib kelishi mumkin.
    Yo‘naltiruvchi taroq tishlarining yemirilishi tanda iplari uzilishining oshishiga olib keladi. Tishlar tez yemirilishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: tishlarning batan to ‘sinida noto‘g‘ri o‘rnatilishi; yo‘naltiruvchi taroqning tishlarida to‘p- langan changlarni o‘z vaqtida tozalanmasligi (chang arqoqtash- lagichlardagi moyni o‘ziga to'plab oladi); moy purkagichning nosozligi; zarb qutisidagi arqoqtashlagichlarga moy yetkazib berish yoiining changga toiib qolishi.
    Har safar batan qutisi surilganda yoki ta’mirlanganda, batan mexanizmining kurakchalarini siljitish bilan bogiiq boigan soz­ lash ishlari bajarilganda yuqorida keltirilgan usulda yo‘naltiruvchi taroq tishlarining holatini tekshirish lozim.
    Moy purkagichning noto‘g‘ri ishlashi arqoqtashlagichlar- ning moylanmasligiga, ularning harakati paytida yo'naltiruvchi taroqning tishlariga quruq ishqalanishi natijasida tishlarning va arqoqtashlagichning yemirilishiga olib keladi. Moy purkagichning ishini dastgoh ishlab turgan paytda nasosning qopqog‘idagi teshik orqali yoki zarb qutisining qopqogi ochiq turganda purkalayotgan moy oqimi orqali nazorat qilish mumkin.
    Bosh val boiaklarini birlashtiruvchi yarimmuftalar yaxshi qotirilmaganda ular yediriladi. Agar bunga o‘z vaqtida e ’tibor berilmasdan yarimmuftalar faqat tortib qo‘yilsa, barcha mexa-
    nizmlaming ishi davriy diagrammada ko‘rsatilgandan kechikishi sodir bo‘ladi. Yemirilgan yarimmufta yangisiga almashtirish yoki payvandlash yoii bilan ta’mirlanishi lozim.
    Yarimmuftalar bo‘shab qolganligi natijasida bosh val dastgoh ishlab turgan paytda yaxshi aylanmay qolishi mumkin. Bu nosozlikni tormozlovchi maxovikning surilib, graduslarga bo‘lingan shkalaning markazida to'xtamasligini kuzatib aniqlash mumkin.
    Batanosti o‘qining bronza vtulkalari og‘ir to‘qimalarni to‘- qish paytida tez yemiriladi. Shuning uchun og‘ir to‘qima to‘qish paytida ularning holatini tez-tez nazorat qilib turish lozim.
    Juftlashtirilgan kulachok va roliklar orasidagi oraliq ko‘payib ketishi yoki batan kurakchalarini qotiruvchi boltlar bo‘shab ketishi batan to‘sinining ortiqcha tebranishiga sabab bo‘ladi. Roliklar va kulachoklar yedirilganda ular orasidagi oraliq ko‘payadi. Batan to'sinini ortiqcha tebranishining oldini olish uchun batan mexa- nizmini ochib, kulachok yoki roliklami almashtirish kerak.
    Batan qutisidan moy oqishi rolik va kulachoklarning tez yedirilishiga olib keladi. Buni bartaraf etish uchun moytut- gichning korpusini batan qutisidan chiqarib olish kerak. Buning uchun korpusning yon tomonidan teshik ochiladi va unga rezba ochiladi.So‘ngra bu teshiklarga vintlar burab kirgiziladi. Vint- larning cheti sharikli podshipniklarning o‘zagiga tegib turishi kerak. Vintlar burab kiritilganda moytutgichning korpusi batan qutisidan chiqadi. Moytutgich almashtirilgandan so‘ng uning korpusidagi teshik (moy oqib ketmasligi uchun) berkitib qo‘yiladi.
    Ortiqcha tebranishlar va moy oqishi bartaraf etilgandan so‘ng batan to‘sini А, В, С kalibrlari yordamida tekshiriladi.



    Download 22,48 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




    Download 22,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

    Download 22,48 Mb.