• BOB ARQOQ IPINI TO‘QIMA
  • STB dastgohining batan mexanizmi
  • 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




    Download 22,48 Mb.
    bet54/109
    Sana14.02.2024
    Hajmi22,48 Mb.
    #156599
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109
    Bog'liq
    TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

    Nazorat savollari



    1. Zamonaviy arqoq tashlash usullari, ularni afzallik va kamchiliklari, qo‘llash hollari.

    2. Moki usulida arqoq tashlash. Mokini harakat diagrammasioing tahlili.

    3. Mitti moki yordamida arqoqtashlagich yordamida arqoq tashlash (Zulser, STB dastgohlarida). Arqoqtashlashda qatnashadigan moslamalarni texnologik chizmadan izohlang.

    4. Arqoqtashlagich yordamida arqoq tashlash tartibi bosqichlarini (10 bosqich) chizmadan izohlang.

    5. Mitti mokini harakatga keltiradigan zarb mexanizmining o ‘ziga xosligi.

    6. Torsion valning vazifasi va mitti mokini harakat tezligini rostlash usuli.

    7. Zarb mexanizmi torsion valining tebranma harakatini so'ndirish moslamasi.

    8. Rapiralar yordamida arqoq tashlash, ularni qo'llash hollari, afzallik va kamchiliklari.

    9. Egiluvchan rapira yordamida arqoq tashlash usulini texnologik chizmasini izohlang.

    10. Egiluvchan rapiralami harakatga keltiruvchi mexanizmni chizmadan izohlang.

    11. Qattiq rapira yordamida arqoq tashlashning o ‘ziga xosliklari.

    12. Qattiq rapirali ikki fazali dastgohda arqoq tashlashni bosqichlari.

    13. Qattiq rapirali ikki fazali dastgohda pnevmatik arqoq jamlagichni ishlashini izohlang.

    14. Qattiq rapirali ikki fazali dastgohning unumdorligini oshirish omillarini keltiring.

    15. Havo yordamida arqoq tashlash, unda qatnashadigan mexanizm va moslamalarni arqoq tashlashi texnologik chizmalardan izohlang.

    16. Havo yordamida arqoq tashlashda havo va ip yo'naltiruvchilar turi, ularning qo‘llanilishi.

    17. Havo yordamida arqoq tashlash bosqichlarini chizmadan izohlang.

    18. Pnevmatik ikki fazali to‘quv dastgohida arqoq tashlashni chizmadan izohlang.

    19. Pnevmatik to‘quv dastgohlarida ishlab chiqariladigan to'qima enini oshirish yo‘llari.

    20. Aralash usulda arqoq tashlashni texnologik chizmadan izohlang.

    21. Aralash usulda arqoq tashlashda havo bosimi nima hisobiga kamaytirilgan?

    22. Mokisiz dastgohlarda arqoqol'chagichlami o ‘matishdan maqsad va ularning qo‘Hanilishi.

    23. Mokisiz dastgohlarda arqoq jamlagichlami o ‘matishdan maqsad va ularni qo‘Ilash hollari.

    24. Ko‘p homuzali to‘quv dastgohlarini arqoq bilan ta’minlashning o'ziga xosliklari.

    25. Mokisiz to‘quv dastgohlarida xilma-xil arqoq iplarini homuzaga tashlash va ularni qo'llash hollari.

    26. Turli usulda homuzaga arqoq tashlashning qiyosiy tahlili.

    27. Mokisiz to‘quv dastgohlarni arqoq ipi bilan ta’minlashni qanday usullari mavjud?

    28. Arqoqto‘plagich mexanizmining ishlashiga qo‘yiladigan texnologik talablar?

    29. Zamonaviy mokisiz to‘quv dastgohlarida o'rnatiladigan arqoq- to‘plagichlarning turlari va ishlash prinsipini izohlang.

    30. To‘plagichga fotoelektrodatchik qanday maqsadda o'matilgan?

    31. Zulser dastgohlarida o'matilgan to‘plagichlami izohlang.

    32. T o‘quv dastgohlarida arqoqni almashtirish mexanizmlari qanday maqsadda o‘matiladi?

    33. Arqoqni almashtirish mexanizmlarining ishlash prinsipini chizma- dan izohlang.
    1. BOB ARQOQ IPINI TO‘QIMA

    il QIRG‘OG‘IGA JIPSLASHTIRISH
    Ma’lumki to‘quv dastgohida to'qima hosil bo'lishi o'zaro bog'liq bir nechta texnologik jarayonlardan iborat bo'lib, ular homuza hosil qilish, arqoq ipini homuzaga tashlash, arqoq ipini jipslashtirish, to'qimani tortish va o'rash, tanda ipini bo'shatish va taranglashdan iborat.
    Arqoq ipini to'qima qirg'og'iga jipslashtirish asosiy jara­ yonlardan biri hisoblanadi, chunki bu jarayon natijasida to'qi­ maning yangi bo'lagi hosil bo'ladi. Arqoq ipini to'qima qirg'og'iga jipslashtirish jarayoni muqobil kechishi to'qim a tuzilishini, sifatini yaxshilaydi, uzilishlarni kamaytiradi, mehnat unum- dorligining yuqori bo'lishini ta’minlaydi.
    Arqoq ipini to'qima qirg'og'iga jipslashtirish deganda, homu­ zaga tashlangan arqoq ipini to'qima cheti tomon siljishi natijasida to'qimaning yangi bo'lagi hosil bo'lishi hamda arqoq ipi tanda ipi bilan o'zaro kuch va ishqalanish ta’sirida ularga to'lqinsimon shakl berishi tushuniladi.
    To'qima hosil boiish zonasi deb, arqoq va tanda iplarini bir- biriga nisbatan siljish qobiliyatini saqlab qolishi va o'z holatlarini o'zgartira olishi mumkin bo'lgan shakllanayotgan to'qima qismiga aytiladi.
    Shakllanayotgan to'qima tuzilishini aniqlovchi asosiy omillar- dan biri jipslashtirish jarayonida tanda va arqoq iplarini o'zaro ta’siri hisoblanadi.
    Arqoq ipini to'qima qirg'og'iga jipslashtirishning uchta usuli mavjud:

    1. Frontal jipslashtirish — arqoq ipi to'qima qirg'og'iga uning butun eni bo'yicha bir vaqtda jipslashtiriladi. Frontal

    jipslashtirish uchun tig' qo'llaniladi. Shu bilan birga, frontal jips­ lashtirish tebranma va rotatsion bo'lishi mumkin.

    1. Seksiyali jipslashtirish — arqoq ipi to'qima qirg'og'iga alohida qismlar bo'yicha jipslashtiriladi. Bu usul asosan seksiyali

    to'quv dastgohlarida qo'llaniladi.

    1. Nuqta bo‘yicha jipslashtirish — arqoq ipi to'qima qir­ g'og'iga maxsus moslama yordamida nuqta bo'yicha jipslashti­ riladi. Bu usul ko'p homuzali to'quv dastgohlarida qo'llaniladi. To'quv dastgohlarida arqoq ipini to'qima qirg'og'iga jips­ lashtirish ko'p hollarda batan mexanizmlari yordamida amalga

    oshiriladi. Ayrim dastgohlarda batan mexanizmi arqoq ipini to‘qima qirg‘og‘iga jipslashtirishdan tashqari arqoq tashlovchiga yo‘naltiruvchi, mokili dastgohlarda esa mokini moki qutichasida saqlab turuvchi kabi vazifalarni ham bajaradi.
    Batan mexanizmi quyidagi vazifalarni bajaradi:

      • arqoq ipini to‘qima qirg‘og‘iga jipslashtiradi;

      • arqoq tashlash mexanizmi uchun yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi;

      • mokili dastgohlarda arqoq ipi to‘qima qirg‘og‘iga jipslash- tirilayotgan paytda mokini tinch holatda homuzadan tashqarida ushlab turadi;

      • to‘qimaning enini bir me’yorda saqlab turadi;

      • to‘qimaning tanda bo‘yicha zichligini belgilaydi. Batan mexanizmlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

      • iplar bilan tig‘ orasidagi ishqalanish kamroq bo‘lishi uchun batan mexanizmining tebranish amplitudasi imkoniyati boricha kamroq bo‘lishi kerak;

      • arqoq ipini jipslashtirish keskin emas, balki bir me’yorda kechishi kerak;

      • batan mexanizmining og‘irligi yetarli darajada muqobil bo‘- lishi bilan birga, barcha texnologik va texnik jarayonlami bajarishga yetarli boiishi kerak;

      • mexanizm pishiq, tuzilishi jihatidan sodda, xizmat ko‘r- satishga qulay va ishchilar uchun xavfsiz bo‘lishi kerak.

    Batan mexanizmlari krivoship-shatunli, kulachokli va max­ sus batan mexanizmlariga boiinadi.
    Krivoship-shatunli batan mexanizmlari mokili to‘quv dast- gohlariga o‘rnatiladi. Kulachokli batan mexanizmlari mokisiz to‘quv dastgohlariga o‘rnatiladi. Maxsus batan mexanizmlari maxsus to‘qimalarni, masalan, halqa tukli to‘qimalami to‘qishda qoilaniladi.


      1. STB dastgohining batan mexanizmi

    STB dastgohida kulachokli batan mexanizmi o‘matilgan. Dastgohning batan mexanizmi quyidagi vazifalarni ba­
    jaradi:

      • arqoq ipini to‘qima qirg‘og‘iga jipslashtirish;

      • tig‘ tishlaridan tanda iplarini bir tekis o‘tkazish bilan to‘qi- maning tanda bo‘yicha zichligini ta’minlash;

    • to'qimaning enini ushlab turish;

    • arqoqtashlagichning homuzadagi harakati uchun yo'nal­ tiruvchi vazifasini bajarish.

    Yengil aluminiydan tayyorlangan batanning to'sini (1) da (7.1-rasm) bo'ylama yo'nalishdagi ariqcha (2) o'yilgan bo'lib, unga tig' (4) joylashtiriladi va qotiruvchi boltlar (3) yordamida qotiriladi. Qotiruvchi boltlar batan to'sinning butun uzunligi bo'yicha bir-biridan 50 mm masofada o'rnatilganligi sababli tig' butun uzunligi bo'yicha bir tekis mahkamlanadi.
    STB dastgohlarida pastki qismi kuchaytirilgan payvandlangan tig'lar o'rnatiladi. Tig' pastki qismining eni keng boiganligi uchun u batan to'sinidagi bo'ylama ariqcha (2) ga bemalol joy­ lashadi. Dastgohdagi tig'lar soni to'qilayotgan matolar soniga teng bo'ladi (7.1, 7.2-rasmlarga qarang).


    Download 22,48 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




    Download 22,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

    Download 22,48 Mb.