|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 56/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)7.3’rasm. Kulachok va roliklarning joylashishi:
10 - batanosti vali;
11 - ikki yelkali richag;
14 — roliklar;
15 —juftlashtirilgan kulachoklar; 16 —bosh val.
Dastgohning bosh vali bir nechta bo'lakdan tashkil topgan. Valning boMaklari bir-biri bilan yarimmuftalar (17) yordamida birlashtirilgan.
7.4-rasm. Batan qutisi.
11 — ikki yelkali richag;
12 — batan qutisi;
13 —asos; 14 - roliklar;
15 —juftlashtirilgan
kulachoklar; 16 — bosh val; / 7 - yarimmuftalar.
Dastgohning bosh vali aylanganda juftlashtirilgan kula choklar (15) aylanma harakat oladi. Kulachoklarga tegib turgan roliklar va ikki yelkali richag orqali batanosti valida joylashgan batan kurakchalari batan to'sini bilan tebranma harakatlanadi va tig'ni harakatga keltiradi. Kulachoklarning maxsus shakli ta’sirida batan oldinga harakatlanib, arqoq ipini to'qima chetiga jipslashtiradi, so'ngra orqa holatga qaytib, arqoq ipi homuzaga tashlanib bo'lguncha to'xtab turadi. Batanning orqa holatda to'xtab turishi turg‘unlik holati deb ataladi. Dastgohning ishchi eniga qarab turg'unlik holatining davomiyligi o'zgaradi (7.1-jadval).
Ensiz dastgohlarda batan bosh valni aylanish burchagining nol gradusidan 70° gacha oldinga harakatlanadi, 70° dan 140° gacha orqaga harakatlanadi va 140° dan 360° gacha orqa holatda to'xtab turadi. Turg'unlik holatining davomiyligi 220° ni tashkil etadi. Enli dastgohlarda arqoq tashlash uchun ko'proq vaqt kerak boiganligi sababli batan oldinga noldan 50° gacha, orqaga 50° dan 150° gacha harakatlanib, 105° dan 360° gacha orqa holatda to‘xtab turib, turg'unlik holatining davomiyligi 255° ni tashkil etadi.
Arqoq ipi to'qima qirg'og'iga jipslashtirilayotgan paytda yo‘naltiruvchi taroq tishlari homuzadan pastga tushib turadi va jipslashtirish jarayoniga xalaqit bermaydi.Tishlar homuzadan chiqib ketayotgan paytda arqoq ipi ulardagi tirqish orqali tishdan chiqib ketadi va homuzada qoladi. Batan orqa holatga kelganda tishlar ko'tarilib homuzaga kiradi va arqoq tashla gichning yo‘liga joylashadi.
|
| |