|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 59/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Nazorat savollari
Batan mexanizmining vazifasi nimadan iborat?
STB dastgohida qanday batan mexanizmi o'matilgan?
Batan mexanizmlarining qanday turlari bor?
To'qimada tanda bo'yicha zichlik qanday o‘zgartiriIadi?
Batan harakati qaysi omillarga bog‘liq?
Yo'naltiruvchi taroq qachon va qanday sozlanadi?
Kalibrlar nima uchun kerak?
Arqoqtashlagichlar homuzada nima bo'ylab harakatlanadi?
Enli va ensiz dastgoh batan mexanizmlari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
Batan qutisi nima uchun moy bilan to'ldiriladi?
BOB TO‘QIMANI TORTISH VA Q‘RASH
Batan mexanizmi arqoq ipini to'qima qirg'og'iga jipslashtirish natijasida to'qima bo'lagi hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan to'qimani tortish va o'rash uchun dastgohlarga to'qim a rostlagichlari o'rnatilgan.
To'qima rostlagichlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
hosil bo'lgan to'qimani tortish va uni to'qima valigiga o'rash yoki qutiga taxtlash;
tanda rostlagichi bilan birga, to'qimada arqoq iplarining har xil joylanishini ta’minlash;
to'qimaning arqoq bo'yicha zichligini belgilash.
To'qima rostlagichining harakat qonuniyati to'qimada turli xil arqoq iplarining joylashishini hosil qilishi mumkin.
To'qimada arqoq ipi joylashishining ikki turi mavjud:
bir tekis taqsimlangan;
bir tekis jipslashtirilgan.
Agar arqoq ipiga o'tkazilgan urinmalar orasidagi masofa (a) o'zgarmas, ya’ni a,= a2= a3 = a4 an= const bo'lsa (8.1-rasm), arqoq ipi bir tekis taqsimlangan deyiladi. Bunda Ь{ф Ь7ф Ь3 ф b4 Фbn Фconst, ya’ni arqoqlar orasidagi masofa bir xil bo'l- maydi.
Bu turdagi arqoq joylashishini hosil qilish uchun dastgoh
bosh valining har bir aylanishidagi tortib olingan to'qima uzunligi o'zgarmas, ya’ni AL = const bo'lishi kerak. Bunday taqsimla- nishda to'qimaning uzunlik birligiga to'g'ri keladigan arqoq
a \ a 2 а ъ ° 4
6| ф b2 ф Ь^ ф b4
8.1-rasm. Arqoq iplarining to'qimada bir tekis taqsimlangan holda joylashishi.
iplarining soni, ya'ni to'qimaning arqoq bo'yicha zichligi uning chiziqli zichligi o'zgarishidan qa'ti nazar o'zgarmas boiadi. Arqoq iplarining to'qimada bunday joylashishi odatda arqoq iplarining chiziqli zichligi bo'yicha notekisligi kam boigan hollarda, ya’ni ip sifatli boiganda qo'Uaniladi. Bunda to'qi- maning yuzasida iplar diametrlarining notekisligi aytarli sezil- maydi.
Agar arqoq iplarining chiziqli zichligi bo'yicha notekisligi juda yuqori boisa, ya’ni iplaming diametrlari sezilarli darajada o'zgarib tursa (masalan, apparat tizimida yigirilgan iplar, tabiiy ipak va hokazo), tekis taqsimlangan arqoq iplarining joylashishi to'qima yuzasi toidirilishi notekis bo‘lishiga olib keladi.
Bunday hollarda bir tekis jipslashtirilgan arqoq joylashishini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bir tekis jipslashtirilgan arqoq joylashishida to'qimadagi arqoq iplarining orasidagi masofa ularning chiziqli zichligidan qa’ti nazar bl=b2= b}=b4
bn= const (8.2-rasm) o'zgarmas boiadi. Bunda arqoq iplariga o ‘tkazilgan urinmalar orasidagi masofa ipning diametriga bogiiq holda o'zgarib turadi, ya’ni а{* а 2Фаг Фа4Ф const.
Arqoq ipining bunday joylashishini hosil qilish uchun
dastgoh bosh valining har bir aylanishida tortib olinayotgan to'qima uzunligi arqoq ipining diametriga bogiiq holda o'z- garib turishi lozim. Natijada to'qimaning arqoq bo'yicha zich ligi ham ipning diametriga bog'liq holda o'zgarib boradi. Agar iplaming chiziqli zichligi kamayib ketsa, to'qimadagi arqoq iplarining joylashish zichligi ortadi. Aksincha, iplaming chi ziqli zichligi ortib ketsa, ularning to'qimada joylashish zichli gi kamayadi. Arqoq ipining bunday joylashishi ularning diametri notekisligining to'qima yuzasida sezilmasligiga olib keladi.
8.2-rasm. Arqoq iplarining to'qimada bir tekis jipslashtirilgan holda joylashishi.
To‘qima rostlagichlaming turlari
To'quv dastgohlarida o'rnatilgan to'qima rostlagichlar turli belgilari bo'yicha turlanadi. Rostlagichning ishlash prinsipiga qarab ular majburiy harakatlanuvchi va kuch ta’sirida harakatlanuvchi bo'lishi mumkin.
|
| |