|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 60/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Majburiy harakatlanuvchi to'qima rostlagichlarda to'qima
rostlagich maxsus uzatmadan majburiy harakat olib, dastgoh bosh valining har bir aylanishida rostlagich tortib olgan to'qima uzunligi o'zgarmas bo'ladi. Bunday rostlagichlar to'qimada bir tekis taqsimlangan arqoq joylashishini hosil qiladi.
Kuch ta’sirida harakatlanuvchi to'qima rostlagichlar ularga
ta ’sir etayotgan kuch ta ’sirida harakatlanadi. Dastgoh bosh valining har bir aylanishida tortib olinayotgan to'qima uzunligi uning tarangligi, ya’ni arqoq ipining diametriga bog'liq bo'ladi. Bunday rostlagich to'qimada bir tekis jipslashtirilgan arqoq joylashishini hosil qiladi.
Harakat davriga qarab to'qima rostlagichlar davriy harakat lanuvchi va uzluksiz harakatlanuvchi bo'lishi mumkin.
Davriy harakatlanuvchi to'qima rostlagichlar dastgoh bosh valining aylanisbining bir qismida harakatlanadi, qolgan qismida to'xtab turadi. Harakat uzlukli bo'lganligi sababli rostlagich to'qima tarangligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Zamonaviy to'quv dastgohlarida, asosan, uzluksiz harakat lanuvchi to'qima rostlagichlar o'rnatilgan, chunki ular uzluksiz harakatlanganligi natijasida to'qimaning tarangligiga salbiy ta’sir ko'rsatmaydi.
To'qimani o'rash usuli bo'yicha rostlagichlar bevosita val- yanga o'rovchi alohida mato valiga o'rovchi yoki to'qimani qutiga taxlovchi bo'lishi mumkin.
STB dastgohining to‘qima rostlagichi
To'qima rostlagich quyidagi vazifalami bajaradi:
hosil bo'lgan to'qimani tortib oladi va maxsus mato valiga o'raydi;
to'qimaning arqoq bo'yicha zichligini hosil qiladi;
to'qimani mato valiga o'rash zichligini belgilaydi. Dastgohda uzluksiz harakatlanuvchi pozitiv to'qima rost
lagich o'rnatilgan.
Valyan (1) ning yuzasi (8.3-rasm), to‘qima sirpanmasligi uchun, maxsus qoplama bilan qoplangan. Yengil to‘qimalarni to‘qishda bu qoplama moy ta’siriga chidamli rezinadan, o‘rtacha
|
| |