|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 61/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)8.3-rasm. To‘qima rostlagichning kinematik sxemasi:
7 - valyan; 2 - barmoqlar; 3 - konussimon shtift; 4 - bolt; 5 - dastgoh asosi;
6 - ko‘ndalang val; 7 - chervyak; 8 - tishli g‘ildirak; 9 —val;
10, 77, 72, 13} 14 - tishli gildiraklar; 75, 16 —yo‘naltimvchi vallar; 77—mato vali;
18, 20 - yulduzchalar; 19 - zanjir; 27 —o4q; 22 —halqa; 23 —siquvchi boltlar;
24 - shaybalar; 25 —friksion halqalar; 26 —ariqchalar; 27 -kronshteyn;
28 - roliklar; 29 - richag; 30 - rolik; 31 - qulf; 32 - dasta; 33 —maxovik;
3 4 —vtulka; 3 5 - siig‘a; 36, 40 —prujinalar; 3 7 —o‘q; 3 8 - tish; 59 — barmoq;
41 - xrapovik; 42 —mahkamlovchi bolt; 43 - kontr gayka.
og'irlikdagi to'qim alam i to'qishda qumqog'ozdan va og'ir to'qimalami to'qishda temir tishli tasmadan tayyorlangan bo'lishi mumkin. Valyanning qirrasiga ikkala tomondan bronzadan tayyorlangan vtulkalar qotirilgan bo'lib, ularga konussimon shtift
(3) va bolt (4) yordamida dastgohning asosi (5) ga o'rnatilgan barmoqlar (2) kirib turadi.
Valyan harakatni ko'ndalang val (6) dan tishli uzatmalar orqali oladi. Ko'ndalang valda chervyak (7) o'rnatilgan bo'lib, u hara katni tishli g'ildirak (8) ga (60 tishli) uzatadi.
Tishli g'ildirak (8) harakatni val orqali (9) almashtiriluvchi tishli g'ildirak A ga uzatadi. Bu tishli g'ildirak, o'z navbatida, harakatni almashtiriluvchi tishli g'ildirak В ga uzatadi. Maxsus sektorda qotirilgan barmoqqa erkin joylashgan shlitsali vtulkada tishli g'ildirak В bilan birga almashtiriluvchi tishli g'ildirak С o'rnatilgan. Almashtiriluvchi tishli g'ildiraklarning tishlari soni o'zgarganda shlitsali vtulka sektorning ariqchasi bo'ylab hamda sektorning o'zi bilan dastgohning balandligi bo'yicha harakat- lantirilib o'qlar orasida masofa o'zgartirilishi mumkin. Almash tiriluvchi tishli g'ildirak С almashtiriluvchi tishli g'ildirak D bilan birikmaga kiradi. Almashtiriluvchi tishli g'ildirak D tishli g'ildirak (10) ning (10 tishli) o'qiga o'rnatilgan bo'lib, unga aylanma harakat uzatadi. Tishli g'ildirak (10) dan harakat tishli g'ildirak (11) ga (49 tishli) uzatiladi. Bu tishli g'ildirak val (9) da erkin joylashgan vtulkada o'rnatilgan. Vtulkaning ikkinchi uchi- da tishli g'ildirak (12) (10 tishli) o'rnatilgan. Tishli g'ildirak
(12) dan harakat tishli g'ildirak (13) (18 tishli) orqali valyan ning tishli g'ildiragi (14) ga (37 tishli) va valyanga uzatiladi.
Valyan aylanganda to'qima valyanni, yo'naltiruvchi vallar
(15) va (16) ni aylanib o'tib, mato vali (17) ga o'raladi. Mato vali diametri 120 mm bo'lgan yog'ochdan tayyorlangan.
Mato vali (17) yulduzcha (18) dan majburiy harakat oladi (8.3-rasmga qarang). Yulduzcha (18) tishli g'ildirak (12) ning o'qiga o'rnatilgan bo'lib, yulduzcha (20) ga zanjir (19) orqali harakat uzatadi. Yulduzcha (20) dan harakat friksion orqali dastgohning asosidagi podshipniklarda o'rnatilgan o'q (21) ga uzatiladi. O'q- ning bir uchida pog'onasimon halqa (22) o'rnatilgan bo'lib, uning
kichik diametriga yulduzcha (20) joylashtirilgan. To‘rt dona siquvchi bolt (23), prujina va shaybalar (24) ta’sirida yulduzcha (20), halqa (22) ning katta qirrasiga yopishib turadi. Friksion halqalari (25) orqali yulduzcha (20) aylanma harakatni halqa orqali o‘qqa uzatadi.
0 ‘q (21) ning ikkinchi uchida ariqchalar (26) o‘yilgan bo‘lib, ular mato vali (17) dagi ariqchalar bilan birikmaga kirib, unga harakat uzatadi. Mato vali (17) maxsus tutgichlarda joylashgan. Dastgohning asosiga kronshteyn (27) qotirilgan bo‘lib, unga ikkita roliklar (28) o‘rnatilgan. Mato valini qisib qo‘yish uchun richag
(29) dagi rolik (30) va qulf (31) xizmat qiladi.
TVqimani bo‘shatish va qo‘lda tortish mexanizmining tuzilishi
To‘quv dastgohida ba’zi hollarda to‘qimani orqaga qaytarish yoki sozlash paytida to‘qimani qoida tortish zaruriyati tug‘iladi. Buni amalga oshirish uchun to‘qima rostlagichida maxsus moslama o‘rnatilgan (8.3-rasmga qarang). 0 ‘q (9) ga uchida o‘simtasi boigan vtulka (34) li maxovik (33) erkin o‘matilgan. 0 ‘q (9) da xuddi shunday o ‘simtasi boigan sirg‘a (35) qotirilgan. Kuchli prujina
36 yordamida vtulka (34) ning o ‘simtasi sirg‘a (35) ning o‘simtasiga tiralib turadi. Prujina (36) ning uchlari sirg‘a va vtulkaga qotirilgan. Sirg‘ada joylashgan o‘q (37) da tish (38) va barmoq
(39) o‘rnatilgan. Kuchsiz prujina (40) ning bir uchi barmoq (39), ikkinchi uchi sirg‘a (35) dagi o‘simta bilan bogiangan, barmoq vtulka (34) ning o‘simtasiga tiralib turadi. Tish (38) ning chap uchi xrapovik (41) ning tishlariga tegib turadi, o‘ng uchi esa xrapovik tishlariga tegmay, ularning ustida joylashadi.
To‘qima rostlagichning ishlashi
Ko‘ndalang val aylanganda chervyak (7) dan tishli gildirak (8)
aylanma harakat oladi va xrapovik, tish va sirg‘a orqali harakatni
° ‘Q (9) ga uzatadi (8.3-rasmga qarang). 0 ‘qning uchidagi A al- mashtiriluvchi tishli gildirak harakatlanib, В, C, D almash- tiriluvchi tishli gildiraklar va tishli gildiraklar (10, 11, 12, 13) orqali valyan (14) ning tishli gildiragiga harakat uzatadi va valyan aylanma harakatga kelib, ishqalanish hisobiga to'qimani tortib oladi va yo'naltiruvchi vallar (15, 16) orqali mato vali (17) ga yo‘nal- tiradi.
Yulduzcha (18) dan zanjir (19) yulduzcha (20), friksion va o‘q (21) orqali mato vali (17) aylanma harakat oladi va to'qimani o‘rab oladi. Agar dastgohda ikki va undan ko'p to'qi ma to'qilayotgan bo'lsa, ular bitta mato valiga yoki alohida val- larga o'ralishi mumkin. Agar to'qimalar alohida mato vallariga o'ralsa, alohida vallar o'q (21) bilan mato vali (17) bog'lan- gandek o'yiq ariqchalari orqali birlashtiriladi va o'rtaga alohida siquvchi moslamalar o'rnatiladi.
To'qimani yechib olish dastgoh ishlab turgan paytda amalga oshirilishi mumkin. Og'ir to'qimalami to'qish bundan mus- tasno, chunki og'ir to'qimalami to'qish paytida taranglik yuqori bo'lganligi sababli to'qimani kesib olish paytida u valyanning yuzasi bo'ylab orqaga siljib ketish ehtimoli paydo bo'ladi. Natijada agar dastgoh ishlab turgan bo'lsa, to'qimada nuqsonlar paydo bo'lishi mumkin. To'qimani yechib olish uchun awal dasta (32) yordamida qulf (31) bo'shatiladi va richag (29) burilib, mato vali bo'shatiladi. So'ngra to'qima mato vali bilan birgalikda dastgohdan yechib olinadi. Mato validan 0,6—1 metr uzunlikdagi to'qima bo'shatilib, qolgani kesib olinadi. Zaxiradagi mato vali o'rnatilib, unga qolgan to'qimaning uchi o'rab qo'yi- ladi va mato vali siquvchi moslamaga qisiladi. To'qima mato valiga bir tekis o'ralishi uchun to'qimaning uchi valga 2 — 3 qatlam qilib bir tekis o'rab chiqilishi lozim.
Tishli g'ildirak (8) aylanganda u bilan birga xrapovik (41) ham aylanadi. Xrapovikning tishlariga tiralib turgan tish (38) sirg'a
(35) orqali o'q (9) ni va tishli uzatmalar orqali valyanni hara katga keltiradi. Maxovik (33) ham prujina orqali sirg'a bilan bog'langanligi uchun aylanma harakat oladi.
Agar dastgoh ishlab turgan paytda to'qimani qo'lda tortib olish zaruriyati tug'ilsa, maxovik (33) ni soat mili bo'yicha burish kerak. Bu holda vtulka (34) ning o'simtasi sirg'a (35) ning o'simtasiga ta’sir etib, uni buradi. So'ngra harakat o'q (9 ) va tishli g'ildiraklar orqali mato vali va valyanga uzatiladi hamda ularning harakatini tezlashtirib ko'proq to'qim ani tortib oladi. Tish
(38) xrapovikning tishlari bo'yicha sirpanib, qo'lda qo'shimcha aylantirish hisobiga ulardan tezroq harakatlanadi. Dastgoh to'xtab turganda xrapovik va tishli g'ildirak qo'zg'almas bo'ladi. To'qimani orqaga qaytarish uchun maxovik (33) ni soat miliga qarama-qarshi yo'nalishda harakatlantirish lozim. Bunda vtulka
(34) prujina (36) ning qarshiligini yengib, o'zining o'simtasi bilan
barmoq (39) ga tiraladi va prujina (40) ni cho‘zib, barmoqni aylantiradi. 0 ‘q (37) buralib, tish (38) ning chap yelkasini ko‘taradi. Natijada tish (38) xrapovik bilan birikmadan chiqadi. Tishning o‘ng yelkasi pastga tushadi, sirg‘a (35) esa tish bilan xrapovik (41) ning keyingi tishi uchrashguncha orqaga to 'q i maning tarangligi ta’sirida aylanadi. Natijada valyan birmuncha orqaga aylanib, ma’lum miqdorda to'qima uzunligini bo'shatadi. Agar to'qimani yana bo'shatish kerak bo'lsa, yuqoridagi amal- lar qaytariladi. Maxovik to'xtaganda vtulkaning o'simtasi prujina
(36) ning ta’siri ostida sirg'aning o'simtasiga tiraladi va boshlan- g'ich holatga keladi. Barmoq (39) prujina (40) ta’sirida teskari yo'nalishda burilib, tish (38) ning chap yelkasi yana xrapovikka tiralib qoladi. Tishning o'ng yelkasi ko'tarilib, xrapovik bilan birik madan chiqadi. Shunday qilib uzlukli ravishda to'qimani orqaga qaytarish mumkin.
To‘qimaning arqoq bo‘yicha zichligini hisoblash
STB dastgohining to'qima rostlagichi arqoq bo'yicha turli zichlikdagi to'qim alam i to'qish imkoniyatini beradi. To'qi maning arqoq bo'yicha zichligini o'zgartirish uchun А, В, C, D almashtiriluvchi tishli g'ildiraklarning tishlar soni o'zgartiriladi. Arqoq bo'yicha to'qimaning zichligini hisoblab ko'ramiz.
Buning uchun dastgoh bosh valining bir aylanishida tortib olinadigan to'qima uzunligini aniqlaymiz:
Pa= L / A L v (1)
ya’ni, tortib olinayotgan to'qima miqdori arqoq bo'yicha zichlikka teskari mutanosib bo'ladi.
O'z navbatida, tortib olinayotgan to'qima uzunligi valyanning harakat miqdoriga bog'liq, ya’ni
ALx=ndv nv, (2)
bu yerda, dv — valyanning diametri, mm;
nv — bosh valning bir aylanishiga to'g'ri keladigan valyan aylanishlari soni.
Dastgoh bosh valining bir aylanishiga to'g'ri keladigan val
yan aylanishlari sonini aniqlash uchun bosh valdan valyangacha bo'lgan uzatish sonini aniqlaymiz:
n\ р (3)
tenglamaga 3 ni qo‘ysak,
AL = ndu Z\Z^Z^Zj Z^Z\q/Z2Z^Z()Z^Z\qZ\ \ • (4)
Olingan qiymatni 1-tenglamaga qo‘yib, to ‘qimaning arqoq bo'yicha zichligini aniqlaymiz:
Pa= ZiZ^Z^Zg Zu/ ZiZjZ5Z7Zg itdv, (5) bu yerda, z3, z4, z5 va ^ — almashinuvchi tishli gildiraklaming
tishlari soni.
Agar C = z 2z ^zu / ndv Z\Z-jZ^ ni doimiy desak, u holda
P = С z ^ z j z ^ boiadi.
To‘qimaning arqoq bo‘yicha zichligini aniqlashni oson- lashtirish uchun dastgohni ishlab chiqaruvchi korxona tomo- nidan maxsus jadval tuzilgan (2-jadval.) Bu jadvalda kerak boigan arqoq ipi bo‘yicha zichlikni hosil qilish uchun А, В, C, D almashtiriluvchi tishli gildiraklaming tishlar soni qancha boiishi keltirilgan.
Rostlagichning barcha almashtiriluvchi tishli gildiraklari ichki tomonidan shlitsa shaklida bajarilgan boiib, o‘qlarda siquvchi gaykalar yordamida qotiriladi.
To‘qima rostlagichni sozlash
To‘qima rostlagichning yaxshi ishlashining asosiy sharti tishli gildiraklam ing bir-biri bilan to‘g‘ri birikmaga kirishi hisoblanadi. Mexanizmning uzatuvchi tishli gildiraklari erkin harakatlanishi kerak. To‘qimaning arqoq bo‘yicha zichligini o‘zgartirish uchun almashtiriluvchi tishli gildiraklar o‘zgar- tirilganda, o‘qlar orasidagi masofa to ‘g‘ri o‘rnatilishi, almash tiriluvchi tishli gildiraklar erkin aylanishi kerak. Almashtiri luvchi tishli gildiraklar o‘matilgandan so‘ng maxovik (33) aylan- tirib ko‘riladi va uni yengil aylanishi bo‘yicha mexanizmning to‘g‘ri sozlanganligiga baho beriladi (8.3-rasmga qarang).
To‘qimani yechib olganda ortiqcha uzunlikda to‘qima qoldirish tavsiya etilmaydi, chunki bu to‘qimani mato valiga taxtlashni murakkablashtiradi.
|
| |