0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




Download 22,48 Mb.
bet48/109
Sana14.02.2024
Hajmi22,48 Mb.
#156599
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109
Bog'liq
TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

Egiluvchan rapiralar yordamida arqoq tashlash. Bunday to'quv dastgohlarida arqoq ipini ikki tomondan ikkita rapira bir- biriga homuza o'rtasida uchrashganda uzatib tashlanadi. Rapiralar po'Iatdan ishlanishi, sirti qoplangan bo'lishi, masalan «Ryuti» (Shveysariya), «Draper» (AQSH) firmalarining dastgohlarida
no
yoki yuqori sifatli tolalar ishlatilib, masalan, uglerodli, plastmas- sadan armirlangan boiishi mumkin.
Odatda, egiluvchan rapirali dastgohlarda tasma eni 24 —30 mm, qalinligi 3,2 mm boiadi. Shveysariyaning «Saurer» firmasiga mansub S-350 rusumli dastgohda ishlab chiqarilgan tasma juda egi­ luvchan qatlamli plastmassadan boiib, eni 10 mm, qalinligi 4 mm.
Ko'pgina dastgohlar homuzada yo‘naltiruvchi tasma bilan ta ’minlangan. Ularning ba’zi birida, masalan, Italiyaning
«Somet», «Picanol» va Shveysariyaning «Ryuti» firma dastgohlari homuzada yo'naltiruvchiga ega emas. Tasma qisqichlari avtomatik ravishda tozalanadi.
«Ryuti» firmasining F-2001 rusumli dastgohida rang, qayta ishlanadigan xomashyo turi va o‘rilishlari jihatidan xohlagan naqshni ishlab chiqarsa boiadi. Bu dastgohning unumdorligi oldingi F-2000 modeliga nisbatan 30 % ga yuqori. Bunga dastgohga qator konstruktiv o'zgarishlar:

  • yangi krivoship-shatunli yuritmaning kiritilishi;

  • shkivdagi tasma uzatuvchi qurilmaning kiritilishi;

  • rapira kallagidagi poiat tasma bikirligining ortishi;

  • tutgich konstruksiyasining yaxshilanganligi sabab boidi. Dastgohlar elektron arqoq nazoratchilar, moylovchi avto­

matik tizim bilan jihozlangan. Ularda og‘irligi 45 —500 g/m 2. gacha boigan, chiziqli zichligi 7,5 —500 teksli tabiiy va kimyoviy tolali, elementar shtapel iplardan zamonaviy to'qimalar, masalan, djins, ko'ylakbop, manzarali to‘qimalarni ishlab chiqarish mumkin.
F-2001 modeli asosida F-2001F modelidagi dastgoh ishlab chiqilgan boiib, u halqa tukli to‘qimalar ishlab chiqarishga m oi- jallangan. Arqoq tashlash jarayoni o‘zi rostlanuvchi tutgich bosh- chasiga ega boigan egiluvchan rapiralar yordamida amalga oshi- rilib, ular arqoq ipi holatiga avtomatik moslashib, yemirilishning oldini oladi. Arqoq ipi nomerini okzgartirganda tutgich kallagini almashtirish yoki tutgich kuchini rostlashning hojati yo'q. 8 ta ranggacha arqoq ipi xohlagan ketma-ketlikda tashlanishi mumkin. Ranglar karetka yoki jakkard mashinasi yordamida almashtiriladi. 0 ‘ramalar romi dastgohning o‘ng tomonida joylashtirilib, dia­ metri 300 mm.gacha boigan 12 ta o‘ramaga moijallangan. Homuza hosil qilish jarayoni ekssentrikli mexanizm, karetkalar yoki jakkard mashinasi yordamida amalga oshiriladi. Tanda va arqoq ipi elektron qurilma bilan nazorat qilinadi.
Italiyaning «Nuovo Pignone» firmasi tomonidan taklif etilgan TP400 rusumli dastgohi awalgilarga nisbatan ancha takomil- lashgan. Uning konstruktiv o‘zgarishlari, birinchi navbatda, rapi­ ralar yuritmasi bilan bog'liq, ya’ni rapiralarning arqoq ipini homuza o'rtasida bir-biriga uzatgandagi tezlanishi kamaytirildi. Bu esa, o‘z navbatida, arqoq tashlanish samaradorligini oshirib, uzi- lishini kamaytirdi, ingichka iplarni qayta ishlash imkonini yaratdi.
«Somet» firmasi AC/2S modelidagi dastgohini yaratdi. Turli mamlakatlarda bu modeldagi minglab dastgohlari ishlatilmoqda. UV 770 rusumli dastgoh egiluvchan rapirali yangi dastgohlarning vakili hisoblanadi. Bu dastgohning o'ziga xosligi — egiluvchan rapiralar yuritmasi kulachok yordamida harakatlanadi (AS 2/S dastgohida tishli kamarlar yordamida). UV 770/04 rusumidagi dastgohining unumdorligi awalgiga nisbatan 15 % ga oshirilgan. Bu dastgohda chiziqiy zichligi 6—800 teks.gacha bo'lgan arqoq ipi ishlatiladi. Energiya sarfi 25—30 % ga kamaytirilgan. Arqoq bo'yicha zichligi 2—60 ip/sm chegarasida rostlanadi.
Avtomatik harakatlanuvchi arqoq ipi uzilgan homuzani topish tizimining qo'llanilishi, arqoq ipi uzuqlarini bartaraf etishga ketgan vaqtni 30—40 % ga kamaytirib, xizmat qilish normasini oshirishga imkon yaratdi. Tig' bo'yicha 260—360 sm enidagi dastgohlarda harakatlari differensial tizimi yordamida moslashtiriladigan ikkita yarimg'altak ishlatilishi mumkin. Dastgohda to'qima ishlanishi pozitiv mexanizmi qo'llanilgan. Homuza hosil qilish 12 shodali ekssentrikli mexanizmi, 20 shodali 12 mm qadamli karetka va jakkard mashina yordamida amalga oshiriladi. 8 ta ranggacha arqoq ipi ishlatilishi, shuningdek, «pik-a-pik» arqoq tashlanishi mumkin. Milklar 4 ta ipli o'ramali mexanizm yordamida shakllantiriladi. Bundan tashqari, qaytariladigan milk hosil qiluvchi mexanizm yoki termik qurilma o'matilishi mumkin. Dastgoh 190—360 sm tig' bo'yicha enli qilib ishlab chiqarilishi mumkin. Paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalardan bo'lgan yengil va og'ir to'qimalami ishlab chiqarishga mo'ljallangan.
Egiluvchan rapirali dastgoh konstruksiyasining keyingi taraqqiyoti firmaga ST 880 modeldagi dastgohni yaratish imkonini berdi. Dastgohning tig' bo'yicha eni 190—360 sm bo'lib, yuqori unumdorlikka ega. Yuqori ish tezliklari (kichik enli dastgohlar uchun minutiga 330 ta arqoq tashlashi, enli dastgohlar uchun minutiga 235 ta ip tashlashi mumkin, ishlab chiqariladigan to'qima
turiga bogiiq) tasma, rapiralar kabi detallarning o‘lchamlari va og‘irliklarini kamaytirish hisobiga, ba’zi mexanizmlarning ishini ishonchliligini oshirish hisobiga erishildi. Bundan tashqari, dastgohda rang almashtirish mexanizmi o‘zgartirilgan. Unumdorlik oshishiga qaramasdan, energiyaning sarfi 2,5 kVt ni tashkil etadi. Rapiralar harakati ekssentriklar yordamida boshqariladi, arqoq ipining tezlanishi to‘qima enidan qat’i nazar, o‘zgarmas qoladi. Dastgoh pozitiv tanda rostlagichi, arqoq ipi uzilgan homuzani aniqlovchi elektron qurilma, markazlashtirilgan moylash tizimi, yordamchi milklarni shakllantiruvchi mustaqil qurilmalar o‘rnatilgan. Homuza hosil qilish 12 shodali ekssentrikli mexanizmi, 20 shodali karetka va jakkard mashina yordamida amalga oshiriladi. Homuza balandligi 30—32 mm. Dastgohda chiziqiy zichligi 2,2—1700 teks paxta, ipak, jun, kimyoviy tolali iplardan, og‘irligi 40—900 g/m 2 bo‘lgan yengil va texnik to‘qimalarni ishlab chiqarish uchun moMjallangan.
«Picanol» firmasi egiluvchan rapirali PW modeldagi dast- gohlami mokili dastgohlar asosida ishlab chiqargan. Ulaming quyi- dagi variantlari mavjud: PGW-C — 8 shodali ichki ekssentrikli mexanizmiga ega; PGW-R —22 shodali karetkaga ega; PGW-J — xohlagan turdagi zanjirli yuritma yoki vertikal valdan yuritmali jakkard mashinasiga ega; PGE — halqa tukli gazlamalar ishlab chiqarishga moljallangan. Arqoq ipining 8 tagacha rangi ishlatilishi mumkin.
Dastgoh ishlab chiqarishni boshqaradigan «Sycotex» integ- rirlangan tizim bilan jihozlangan. Tig1 bo‘yicha dastgohning eni 160—282 sm bo‘lib, chiziqiy zichligi 11—2000 teks bo‘lgan tabiiy va kimyoviy tolali iplardan, og‘irligi 1000 g/m 2 gacha bo‘lgan to‘qimalarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Shu firmaning egiluvchan rapirali «Grip Tronic» modeldagi dastgohi unumdorligi 870 m ar/min ( PGW dastgoh unumdorligi 630 m ar/min), bunda konstruksiyaning soddaligi, qo‘llanilish universalligi o‘zgarmagan. Egiluvchan rapiralarning yuritmasi universal yuritma tizimi orqali harakat qila oladi. Rapiralarning homuzada yo‘naltiruvchilari yo‘q; chang va momiq yutuvchi tizimlar mavjud.
Shveysariyaning «Zulser-Ryuti» firmasining litsenziyasi asosida Rossiyada ishlab chiqarilgan egiluvchan rapira yordamida arqoq tashlash texnologik chizmasi 6.7-rasmda keltirilgan.
Dastgoh arqoq bilan maxsus romga o‘rnatilgan sakkizta bobinalar bilan ta’minlanadi. Homuzaga arqoq ipi ikkita egiluvchan
8151617]g 19



Download 22,48 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109




Download 22,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

Download 22,48 Mb.