0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




Download 22,48 Mb.
bet46/109
Sana14.02.2024
Hajmi22,48 Mb.
#156599
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
Bog'liq
TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

6.5-rasm. STB dastgohining zarb mexanizmi:
1 bosh val; 2 ko'ndalang val; 3 kulachok; 4 uch yelkali richag;

  1. — rolik; 6 o‘q; 7 — tortqi; 8 richag; 9 zarb trubasi; 10 — torsion val;

11 mufta; 12 haydagich; 13 quvgich; 14 — iptashlagich; 15 rolik;
16 qiyalik; 17 — yo'naltiruvchi; 18 porshen; 19 silindr.
buradi. Zarb trubasining ichida torsion val (10) bo‘lib, uning bir uchi mufta (11) yordamida mahkamlangan. Ikkinchi uchi esa zarb trubasi bilan shlitsali ilashganligi uchun u bilan birga buraladi, natijada torsion valga o‘matilgan haydagich (12) o'zining orqa holatini egallab, quvgich (13) orqali arqoqtashlagich (14) ga zarb berishga tayyor bo‘lib turadi.
Torsion valning buralish kuchi uch yelkali richag zvenolari bo‘ylab yo‘nalib, uning o‘qi markazidan o‘tgani uchun u o‘z o‘qi atrofida orqaga aylana olmaydi. Uni bu holatdan chiqarish uchun zarb kulachogiga o‘matilgan rolik (15) richagining qiya yelkasini pastga bosadi. Shunda uch yelkali richag chekka holatdan chiqib, torsion valning buraluvchanlik xususiyati tufayli butun sistema juda qisqa vaqt ichida oldingi holatiga qaytadi.
Torsion valning oxiriga o‘matilgan haydagich ham o‘z holatiga qayta turib, o‘z yo‘lida turgan arqoqtashlagichni quvgich orqali zarb bilan urib, batan to‘siniga o‘rnatilgan metall yo‘naltiruv- chilar (17) orqali dastgohning narigi tomoniga o‘tkazadi.
Arqoqtashlagichga harakat uzatish prinsipi umumiy potensial energiyadan foydalanishga asoslangan bo‘lib, prujina zarbiga o‘xshaydi.
Shunday qilib, arqoqtashlagichlar birin-ketin bir qutidan ikkinchisiga o‘rtacha 20—24 m/sek tezlikda uchib o‘tib, homuzaga arqoq ipi tashlash davom etaveradi.
Zarb mexanizmining kinetik energiyasini so‘ndirish uchun porshen (18) va silindr (19) dan iborat moyli amortizatsiya demferi o‘rnatilgan.
STB dastgohlarida zarb kuchi torsion valning buralish bur- chagiga bog‘liq bo‘lib, u dastgoh eniga qarab 26—32° ni tashkil qiladi. Zarb kuchini o‘zgartirish uchun muftada maxsus shkala va sozlovchi bolt bor. Zarb kuchini ko‘paytirish uchun ensiz dast- gohlaming bosh valini 85° da, enlisini esa 50°da to‘xtatib, mufta- dagi sozlovchi bolt bo‘shatiladi. Undagi nol chiziqlari bir-biri- ning to‘g‘risiga keltiriladi. So‘ng bosh valni ensiz dastgohlar uchun 150°, enlilari uchun 110° ga, tores valni esa 30° gacha burish mumkin. Tores valning burilish burchagi, ya’ni zarb kuchi dastgoh eniga va apqoq ipi yo‘g‘onligiga bog‘liq.
Zarb boshlanish paytini o ‘zgartirish uchun bosh valni ensiz dastgohlarda 250°, enlisida 220° ga o‘matib, zarb kulachogi bo'snatiladi. So‘ng uni soat strelkasi yo‘nalishida yoki unga teskari tomonga aylantirib (6.5-rasm), zarb boshlanish payti,
ya’ni tashlagich harakatining boshlanishi erta yoki kechroq o'rnatiladi.
Arqoqtashlagichlaming qabul qutisi. Arqoqtashlagichlarning qabul qutisi dastgohning o‘ng tomonida joylashgan bo‘lib, uning vazifasi homuza orasidan o‘tgan arqoqtashlagichlarni to'xtatib, so‘ngra ularni zanjirli transportyorga joylashtirishdan iboratdir. Buning uchun qabul qutisida arqoqtashlagichlarni torm oz- lovchi, orqaga qaytaruvchi, qisqich prujinasining og‘zini ochuv- chi, tashlagichlarning qutida to‘g‘ri joylashganligini nazorat qiluvchi va tashlagichlarni qutidan chiqarib, zanjirli trans­ portyorga tushiruvchi mexanizmlar bor.
Arqoqtashlagichlarni tormozlovchi mexanizm homuza orqali o‘tganda uni qabul qutisi ichida belgilangan joyda to‘xtatish uchun xizmat qiladi. U ikki qism: old tormoz (1) (birlamchi) va orqa tormoz (2) (ikkilamchi) dan iborat. Old va orqa tormozlar ketma- ket joylashgan bo‘lib, birinchisi qo‘zg‘aluvchan, ikkinchisi esa qo‘zg‘almasdir.
Tormozlammg asosiy qismlari quyidagilardan iborat (6.6-rasm). Tormoz mexanizmining korpusi (3) da maxsus ariqcha (4) bo‘lib, unga tekstolit plastinka (5) o‘rnatilgan. Plastinka ustida esa amortizator vazifasini o‘tash uchun rezinka qistirma (6) mah­ kamlangan. Pastki ishqalanuvchi yuza tormoz plastinkasi (7) bilan uning ostidagi po'lat plastina (8) dan iborat.



Download 22,48 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Download 22,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

Download 22,48 Mb.