shuvoqlar keng tarqalgan. Q um li cho'llarda saksovullar
(oq va qora), juzg'un, cherkez, quyonsuyak, selin,
iloq, sho'rxok joylarda sarsazan, yetm ak, to'qaylarda
tol, qamish, yulg'un, yantoq, yovvoyi jiy d a o'sadi.
A dir m intaqasida (400-1200m ) efemer va efemeroid
o ‘simliklar(rang, qo'ng'irbosh, chuchmoma, boychechak,
lolaqizg'aldoq, lolalar), shuningdek, oqquray, shuvoq,
juzg'un, burgan, gulxayri, chalov, bug'doyiq, yovvoyi
javdar, to'qaylarda esa tol, lok, turang'il, qamish, jiyda,
jir anoq o'sadi. Tog' m intaqasida archa, yong'oq, terak,
zarang, tol, qayin, yovvoyi olma, olcha, irg'ay, zirk kabi
daraxtlar bor.
H ayv o n lari. Cho'llarda yumronqoziq, kaltakesak,
falanga, qoraqurt, o'rgimchak, qo'shoyoq, qumsichqon,
tipratikan, ilon, qirg'ovul, loyxo'rak, o'rdak, xo'ja-
savdogar, jayron, tulki, bo'rsiq, bo'ri, chiyabo'ri, to'qay
mushugi. A dir va tog'larda bo'ri, tulki, bo'rsiq, jayra,
ayiq, to ’ng’iz, kiyik, arxar, kaklik, bedana, lochin, qirg'iy,
207
burgut, kalxat uchraydi. To‘qay landshaftlarini qo'riqlash
m aqsadida 1975- yili Zarafshon qo‘riqxonasi tashkil
qilingan. Buxoro yaqinida jayronxona tashkil qilingan.
U lar UNECKO «Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Qashqadaryo
Relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari.
Relyefi tog'lardan, adirlardan va tekisliklardan iborat.
0 ‘lkada Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin,
Hisor, Chaqchar va Boysun tog‘lari bor. U larning
ham m asi Gersin burm alanish bosqichida ko'tarilgan.
Paleozoy davriga mansub ohaktosh, gilli slaneslar,
granitlar tarqalgan. O haktoshlar ayniqsa Chaqilkalon
tog'ining g'arbiy qism idagi Q irqtog'da keng tarqalgan,
bu yerda O'zbekistondagi eng chuqur g'or (1082 m) Kili
g'ori joylashgan. Qashqadaryoni o'rab turgan tog'larning
etagida Qoratepa, M iroqi, Yakkabo, G 'uzor adirlari
joylashgan. Zarafshon va Hisor tog'larining orasida
K itob-Shahrisabz botig'i joylashgan. O 'lkaning tekislik
qismi Qarshi, Jom, M alik, Qarnob va Nishon cho'llaridan
iborat. U lar allyuvial, akkum ulyativ jinslardan iborat.
O 'lkada gaz, neft, marmar, marganes, gips, dala shpati
konlari bor. O'zbekistondagi eng katta Sho'rtangaz koni
ham shu yerda joylashgan.
|