Shaharlari
Jizzax - viloyat m arkazi, Sangzor daryosi bo'yida
joylashgan, aholisi 132,5 m ing kishi (2000). X asrlarda
arab sayyohlari asarlarida tilga olingan. Jizzaxda akku-
253
mulator
zavodi,
asbobsozlik-m exanizatsiya
zavodi,
trikotaj fabrikasi, silikat zavodi bor.
4.4. Sirdaryo viloyati
1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Aholisi 672,2
m ing kishi. 8 ta tum an (Boyovut, Guliston, M irzaobod,
Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Sardoba, Xovos), 5 ta
shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6
ta shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Do‘stlik, Sayxun,
Xos, Paxtaobod) va 75 ta qishloqdan tashkil topgan.
Aholisi
Aholisining asosiy qismi (62%) ni o‘zbeklar tashkil
qiladi, boshqa m illatlardan ruslar (10,0%), tojiklar (7,8%),
qozoqlar (3,8%) dan ko'proq. A holining zichligi 1 km 2 ga
156,3 kishi, shahar aholisi 31,0%.
Xo‘jaligi
Sanoatning yetakchi tarm oqlari: energetika, paxta
tozalash zavodlari, tikuvchilik, donni qayta ishlash va
qurilish materiallari korxonalari. Eng yirik korxonalar:
Sirdaryo GRESi, Guliston yog‘-ekstraksiya zavodi,
Yangiyer qurilish m ateriallari va konstruksiyalari kom-
binati va paxta tozalash zavodlari.
Qishloq xo‘jaligi
Ekin maydonining kattaligi bo‘yicha m am lakatim izda
birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi ekini ekiladigan
yerlar maydoni 361,1 ming ga, shundan 286,5 ga shudgor
qilinadigan yerlar, 2,2 m ing ga pichanzorlar, 57,3 ming ga
254
yaylovlar. Barcha ekin maydoni 291,9 m ing ga. Shundlan
don ekinlari 79,9 ming ga, texnika ekinlari 145,1 m ing
ga (paxta 141,6 m ing ga), sabzavot ekinlari 12,0 m ing ga,
ozuqa ekinlari 59,9 m ing ga.
|