4.5. Farg'ona iq tiso d iy rayoni
Eng rivojlangan iqtisodiy rayonlardan biri. Maydoni
19,2 ming km 2, aholisi 5 mln. 579 ming kishi. M amlakat
aholisining 26,9%i shu rayonda yashaydi, ammo
maydoni m am lakat maydonining 4,3%ini tashkil qiladi.
M am lakatim izda ishlab chiqariladigan yalpi sanoat
m ahsulotining 25%, qishloq xo‘ja lik m ahsulotining
25% ga yaqinini, paxtaning 27% ini, ipakning 44,5%
ini beradi. Hamm a tomondan tog‘lar bilan o'ralgan.
Faqat g‘arbdan Xo'jand darvozasi orqali M irzacho‘1
bilan tutashgan. Relyefiga qarab vodiyni t4 ta m intaqaga
ajratish mumkin:
a) tekisliklar vodiyning m arkazida joylashgan,
cho'llarda qumli tuproqlar, yoyilm alarda bo‘z tuproqlar
tarqalgan;
b) adirlarda, asosan, bahorgi dehqonchilik yaxshi
rivojlangan;
d) tog'li m intaqada dehqonchilik daryo vodiylarda
olib boriladi;
e) baland tog* m intaqasi boshqa davlatlar hududida
joylashgan.