|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariBog'liq Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZ1
YUNESKO va YUNFPA
Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazi
OILA
PSIXOLOGIYaSI
Akademik litsey
va kasb-hunar kollejlari
o'quvchilari uchun
Professor G’.B.SHOUMAROV tahriri ostida
TOSHK.ENT - 2003
«SHARQ»
NASHR1YOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
0 - 3 8
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi markazi
tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining
o‘quvchilari uchun o‘quv qo’Ilanma sifatida tavsiya etilgan.
A b d u tla yeva D .U ., Ism oilova N .Z ., Y o'ldoshev
A.,
N iy a zm e to v a G.,
Sog'in ov N . A ., S olih ova G., S h ou m arov G ‘.B.
M u h a m m a d D avletshin
—
p sixologiya fanlari d ok tori, professor,
O 'zb ek iston d a xizm at k o ’rsatgan fan arbobi.
Vasila K arim ova
— p six o lo g iy a fanlari dok tori, professor.
Oila psixologiyasi:
Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilari uchun /G ‘. B. Shoumarov tahriri os-
tida./ - Т.: «Sharq», 2003. - 272 b.
Sari, oldida: O liy va o ‘rta m axsus ta ’lim vazirligi O'rta m axsus, kasb-
hunar ta ’lim m arkazi. Y U N E S K O va Y U N F P A . R esp ub lik a «O ila»
ilm iy -a m a liy m arkazi.
M u a 11 i f 1 a r:
T a q r i z c h i l a r :
BBK 88.5ya723
© «Sharq» n a sh riy o t-m a tb a a aksiyadorlik kom paniyasi
Bosh tah ririy ati, 2001 yil
© «Sharq» n a sh riy o t-m a tb a a aksiyadorlik kom paniyasi
B osh tah ririy ati, 2003 yil
KIRISh
Qadrli o ‘quvchilar, aziz yoshlar, qo ‘lingizdagi «Oila
psixologiyasi» o ‘quv qo‘llanmasi 0 ‘zbekistonda Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining oila munosabatlari va
masalalariga bag ‘ishlangan ilk nishona «mevalari»dan
biri bo ‘lib, и Sizni ulkan oilaviy hayot «ummoni»da suza-
yotgan «Oila» kemangizni suv osti toshlaridan, yo ‘lingizda
uchrashi mumkin bo ‘Igan «aysberg»lardan, hayot okeani-
da vaqti-vaqti bilan sodir bo ‘lib turishi muqarrar bo ‘Igan
to fonlardan maxsus bilim va malaka tufayli saqlanishga,
kema a ’zolaringizni ro ‘y berishi mumkin bo‘Igan oilaviy
talofotlardan saqlashga xizmat qiluvchi m a ’lumotlarni
о ‘zida mujassamlashtirgan.
Inson bolasi dunyoga kelar ekan, и mustaqil
harakatlanish, yurish, o ‘qish, yozJshdan boshlab tabiat
va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuz-
ma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga o ‘rgatiladi
yoki bunga maxsus o ‘qitiladi. Shu bilan birga umri-
mizning yarmidan k o ‘pini qamrab oladigan, hayotda
chinakam, to'laqonli insoniy baxtni in ’от etadigan yoki
aksincha har tomonlama ta ’minlanganligimizga qara-
masdan bizning baxtimizni yarimta qiladigan oilaviy
hayotdir. Afsuski, yoshlami ana shu murakkab oilaviy
hayot jarayoniga tayyorlash bizning davrimizgacha
stixiyali ravishda olib boriladi. Ya ’ni bu masala shu
vaqtgacha jamiyatda o ‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi.
Sobiq Ittifoq davrining so‘nggi bosqichlarida yoshlami
oilaviy hayotga maxsus tayyorlashga dastlabki urinish
ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Chunki и vaqtlarda masala-
ga ilmiy yondashilmagan, jumladan har bir xalqning о ‘zi-
ga xos etnopsixologik xususiyatlari hisobga olinmagan, no-
mi psixologiya bo ‘Isada, mazmunan pedagogikaga yaqin
turgan qo ‘llanmalar bilan о ‘qitilgan edi.
О ‘z.bekistonning mustaqilligi va Prezidentimizning
dono siyosati tufayli Respublikada oila muammolari
davlat axamiyatiga molik bo‘lgan masalalar qatoridan
rasmiy ravishda о ‘rin oldi.
1998-yilni «Oila yili» deb e ’lon qilinishi, «Oila»
ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi, Respublikada
oila manfaatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining
qabul qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999-
yilni «Ayollar yili», 2000-yilni «Sog‘lom avlod yili» deb
e ’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli
maslahatxonalaming tashkil etilishi, oila muammolarini
ilmiy tadqiq etish maqsadida 0 ‘zbekiston tarixida bi-
rinchi bor oila psixologiyasi muammolari bo ‘yicha
tadqiqotlar olib boradigan ilmiy kadrlarni tayyorlash
maqsadida aspirantura tashkil etilib, ularga aspirant-
laming qabul qilinishi yuqoridagi flkrimizning dalilidir.
Mazkur о ‘quv qo ‘llanma akademik litsey va kasb-hu
nar kollejlarining о ‘quvchilariga m o ‘ljallab, ilk bor
yaratilgan sinov darsligi bo ‘lib, и shu mavzudagi boshqa
a n ’anaviy darsliklardan birmuncha farq qiladi. Uning
farqli jihati shundan iboratki, unda oila psixologiyasi
y o ‘nalishida 0 ‘zbekistonda o ‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot
natijalari (F.B.Shoumarov, N .A.Sog‘inov, E.Usmonov,
X.Karimov,
B.Umarov,
F.Akramova,
R.Samarov,
М. О ‘tepbergenov, Yo. Nu ’monova, Sh. Jo ‘raeva, G. Niyoz-
metova, F.Ro ‘ziqulov, DAbdullaeva, N.Ismoilova, G.So-
lihova, R.Dushanov, M.Nazarova va boshqalar)dan
foydalanilgan holda oilaning etnopsixologik va ijtimoiy-
psixologik xususiyatlarini batafsil va atroflicha ifodalashga
urinildi.
Oila psixologiyasini ilmiy jihatdan
har tomonlama
toiiq ifodalashga harakat qilindi. Shu jumladan, ilgari
an ’anaviy tarzda chetlab о ‘tiladigan, ammo yoshlar
uchun nihoyatda zarur bo‘lgan, jinsiy hayot masalalari
bo ‘yicha ham ilmiy tushunchalar va zarur m a ’lumotlar
berildi.
Siz o ‘quvchilar diqqatini toliqtirmaslik va m a ’lumot-
lam i idrok qilishni osonlashtirish maqsadida mazkur
o ‘quv qo‘llanmada hajviy rasmlar, hikmatlar va fikrlar
berilgan.
0 ‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi, ijodiy
tafakkurini o ‘stiruvchi hajviy aforizmlardan keng foy-
dalanildi. Bu o ‘zbek xalqining milliy psixologiyasiga mos
bo‘lib, serqirra va murakkab oilaviy hayotga falsafiy
hamda hajviy k o ‘z bilan qarashga, tanqidiy va tahliliy
fikrlashga, hayotiy qiyinchiliklami yumor bilan yengishga
о ‘rgatadi.
Ayrim boblami bayon etishda dialogik /savol-javob/
uslubi qo‘llanildi. Fikrimizcha bu qo ‘llanmadagi material-
lami samarali о ‘zlashtirishga imkon beradi.
Mazkur qo ‘llanma YUNESKO, YUNPFA, Respublika
«Oila» ilmiy-amaliy Markazi, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Xalq T a ’limi vazirligi xodimlari va respublikamizning
yetakchi psixologlari, ilg‘or amaliyotchi o ‘qituvchilar,
oilashunos mutaxassislar tomonidan yaratildi. Qo‘llan-
maning IX bobida berilgan kontratseptiv vositalar haqida-
gi materiallar A. B. Yorqulov tahriri ostida chop ettirilgan
maxsus adabiyotdan olindi.
Bu tarzdagi о ‘quv qo ‘llanma birinchi bor yaratilganli-
gini, и loyiha sifatida bir о ‘quv yili davomida sinovdan
о ‘tishini hisobga olib, har bir yangi ishda muqarrar ra~
vishda bo ‘ladigan kamchiliklar uchun mualliflar kitob-
xondan uzr so ‘rab, uning takomillashgan variantini
tayyorlash maqsadida Siz, azizlaming qimmatli maslahat-
laringizhi, fik r va mulohazalaringizni minnatdorchilik bi
lan kutadi.
|
| |