ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, ara-
lash tipdagi oila.
5. Er-xotinning m a’lumot savivasiga ko‘ra: oliy
ma’lumotlilar, o ‘rta-maxsus, o ‘rta, tugatilmagan o'rta,
maxsus yordamchi maktab m a’lumotiga, va turli
saviyadagi m a’lumotga ega bo‘lgan
qayliqlardan tashkil
topgan oila.
6. Oilaning «voshiga» ko'ra: yosh oila (1 yilgacha,
3—5 yillik, 6—10 yillik turmush tajribasiga ega bo'lgan
oilalar), o ‘rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila
(qariyalar oilasi).
7. Oavliqlaming ota-ona oilasi (ota-onasi)ning m od
diy ta’minlanganlik darajasi jihatidan qudalarning bir-
biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut
mavjudligi bo‘yicha bir-biriga mos va mos bo'lmagan
oilalar.
8. Regional iihatlariga ko'ra: shahar, qishloq, aralash
tipdagi oila.
9. Nikohdan aoniaaanlik savivasiga ko'ra.
ajralish
saviyasida — nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviya-
da bo'lgan oila, o‘rta saviyada va nikohdan qoniqqanlik
darajasi yuqori saviyadagi oila.
10. Oilada avol voki erkak vetakchiligjga ko‘ra: er
yetakchi bo'lgan oila, xotin yetakchi bo'lgan oila, er va
xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila.
11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlarga ko'ra:
avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar.
12. Er-xotinlarning millatiga ko'ra: bir millatli yoki
baynalmilal oilalar. Baynalmilal oilalarni o'z navbatida
ikkiga bo'lish mumkin:
— dini, urf-odatlari yoki tili
bir guruhga kirgan mil-
lat vakillari orasida nikohlar, masalan: o'zbek-tojik,
o'zbek-qozoq, o'zbek-turkman, rus-ukrain, o'zbek-tatar
va boshqalar,
— dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan
millat vakillari orasidagi nikohlar, masalan: o'zbek-rus,
o'zbek-ukrain,
o'zbek-eston,
o'zbek-nem is
va
boshqalar.
13. Yuridik rasmivlashtirilganligjga ko'ra: sinovdagi
oila (birga yashashadi,
ammo hali nikohni rasmiy-
lashtirmagan, chunki bir-birlarini norasmiy
nikohda
sinashayapti),
rasmiylashtirish arafasidagi oila (birga
22
yashashadi, oila qurish maqsadi aniq,
ammo
ayrim
ob’ektiv sabablarga ko‘ra rasmiylashtirish kechiktiri-
layapti), nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila (ayrim
erkak kishilarning ikkinchi, uchinchi,
yuridik jihatdan
norasmiy oilasi). Nikohdan tashqari oilalarning ayrim-
lari pinhona bo"Isa, ko‘pchiligi haqida erkak kishining
birinchi oilasi va qarindoshlari bilishadi.
Oilaning yuqoridagi shartli ijtimoiy-psixologik klassi-
fikatsiyasi, ularga xos psixologik xususiyatlar mutaxassis
(sotsiolog, psixolog)lar tomonidan ilmiy o‘rganilishi va
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xizmat qilishi
kerak.