Mualliflar
I b о b
«Oila psixologiyasi» fani predmeti,
maqsadi va vazifalari
M azkur kitobning kirish qismida qisqacha to ‘xtalib
o ‘tganimizdek, ushbu o ‘quv kursining maqsadi Siz yosh-
larni oilaviy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Bu o ‘rinda
haqli ravishda: «Bu fan bizga nima beradi? Nega endi ay-
nan hozirga kelib bizni oilaviy hayotga tayyorlash zarur
bo lib qoldi? Axir ota-bobolarimiz bunday kurslami o ‘qi-
may ham tinch-totuv, ahil-inoq, baxtli hayot kechirish-
gan-ku? Aksincha so‘nggi yillarda yoshlarni oilaviy hayot
ga tayyorlash borasida qanchalik ko‘p gapirib, yozilib,
maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli oilalar, ajra-
lishlar miqdori ortsa ortayaptiki, kamaymayaptiku?»—
kabi savollar ro'yxatini cheksiz davom ettiraverish mum
kin. Ulaming har birini yuzaga kelishiga to liq asos bor.
Xo‘sh, qanday zarurat hozirgi vaqtda yoshlarimizni
oilaviy hayotga
tayyorlash va ularga «Oila psixo
logiyasi» fanini o‘qitilishi zarurligini taqozo qiladi?
M a’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan
sari odamlaming o ‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan
boladigan o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa shaxs-
lararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin
bolgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o ‘ziga
xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi za-
mon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish muno
sabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat
ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha jab-
halarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal
joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi,
ishtirokchisi bolgan inson omiliga, inson shaxsiga ham
o ‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqa
rish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan,
odamlarning
o'zlarida ro ‘y berayotgan
ijtimoiy-
psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlar
ning o ‘zaro muloqot munosabatlari doirasining m alum
6
darajada chegaralanib qolishiga, ularda o'tmishdosh-
larimizda kuzatiladigan tabiiylikning m a’lum darajada
buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar
hissiy, emosional zo‘riqishlarning yuzaga kelishiga asos
bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi
psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi.
Yoshlarimizda bu masala bo‘yicha aniqroq tasawur
hosil qilish uchun, bundan 90—100 yillar oldingi ular-
ning tengdoshlari, ya’ni XX asr boshidagi va bugungi
kunlarimizdagi 15—16 yoshli yigit-qizlar o ‘rtasidagi
tafovutlarni solishtirib o'tamiz.
Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o‘tkazilgan tadqi-
qotlar natijalarida kuzatilishicha, so’nggi 100 yil ichida
odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko‘ra
ularning jinsiy, fiziologik balog’atga yetishi 2—3 yilga il-
garilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarning
jinsiy balog‘atga yetish davri 15—16 yoshga to ‘g‘ri kel-
gan, hozir esa bu holat o‘rtacha 12—13 yoshlarga to ‘g‘ri
keladi. Endi shu yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlik
jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Ilgarigi tengdoshlaringiz 15—16 yoshlarida oilaviy
hayotga yetuklik talablaridan biri bo‘lmish jinsiy yetuklik-
ka, balog'atga yetar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu
yoshga kelib o'sha davrlar uchun xos va lozim bolgan,
unchalik murakkab bo‘lmagan dehqonchilik, chorvachi-
lik, hunarm andchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar
bo‘lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13—14
yoshidan shogirdlikka berishgan), o'sha davrdagi ishlab
chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan
maxsus yoki oliy m a’lumot talab qilmagan, 3—4 yil ustoz
ko‘rgan shogird 16—17 yoshida o ‘zi mustaqil ish yurita
oladigan ustaga, o ‘z ishini amallab keta oladigan mutaxas-
sisga aylangan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigandek
bo'lsa, o‘z hunari orqali mehnat qilib o ‘zini va oila a’zo-
larini iqtisodiy jihatdan ta ’minlay olishi mumkin bo‘lgan.
Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18—20 yoshli yigit mahal-
la-ko‘yda, jamoatchilik orasida m a’lum darajada ijtimoiy
yetuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbir va
marosimlarda yetuk, uning haqli ishtirokchisi sifatida qat-
nashishi mumkin bo‘lgan, ya’ni uning ijtimoiy jihatdan
balog‘atga yetganligi jamoatchilik tomonidan qabul qilin
gan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat oldida
7
o‘ziga xos mas’uliyat yuklagan, mas’uliyatni his qilish esa
lining psixologik yetukligi alomatlaridan biri bo’lib xizmat
qilgan.
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko‘rib
chiqaylik. Ular 12—13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuk-
likka erishadilar (bu haqda keyinroq to ’xtalib o ’tamiz),
biroq ular biror bir kasb-hunar egasi bodib, mustaqil ish
lab, o ‘zini va oilasini iqtisodiy jihaldan ta ’minlay oladigan
bolishi uchun, awalo maktabni bitirishi, so‘ng u yoki bu
kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qib, biror-bir
kasbni egallashi kerak. Buning uchun 9 yil maktabda, 3 yil
kollej yoki litseyda o‘qishi zarur bo‘ladi.
12 yillik barcha uchun majburiy ta ’limdan so‘ng yosh-
larimizning m a’lum bir qismi o ‘qishni oliy o ’quv yurtlari-
da davom ettiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yoshlari-
mizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning
m a’lum qismi uchun 20—21, boshqalari uchun 23—25
yoshga to ‘g‘ri keladi. Bundan tashqari odamlarning tur-
mush tarzi rivojlanishi bilan birga oilalarining kundalik
hayoti o ‘zgarib, kiyinishga, maishiy buyumlarga, moddiy
farovonlik darajasiga bo’lgan ehtiyoji ham ortib boradi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsni
madaniy takomillashuvga, u esa shaxslarning bir-birlari-
ga qo‘yadigan talablari oshishiga va shaxslararo muno-
sabatning noziklashuviga olib keladi. Fikrimizning dalili
sifatida bir faktni keltirishimiz mumkin. Ajralish foyizi
oliy m a’lumotlilar ichida umumiy o ‘rta ma’lumotlilarga
nisbatan yuqoriroqdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo'lma-
gan jamiyatdagi oila a’zolari o‘zlarining oilaviy yumush-
larining aksariyatini q o id a bajaradilar. Unga oilaning bar
cha a ’zolari va birinchi navbatda farzandlar mumkin
qadar ko‘p jalb qilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umu
miy faoliyat yoshlarda m a’lum malakalarni, shu jumladan
oiladagi tegishli rollarni bajarishni, oilada bir-birlari bilan
qanday muloqotda bo‘lish malakalarini, oilada har bir
shaxsning ierarxik mavqeiga ko‘ra o‘z huquq va vazifala-
rini aniqlab olishiga imkon beradi.
Moddiy ta’minot, yuqori madaniy saviya esa oilada
shaxsning shaxsga qo’ygan talabini yanada kuchaytiradi.
Oila a ’zolarining o ‘zaro muloqotda bo’lish vaqti miqdori-
ni qisqartiradi. Bu esa ko‘pgina yoshlar uchun ota-ona
s
oilasi shaxsiy oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligi-
ga olib keladi.
Shulardan ko‘rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldin-
gi yoshlar 16—18 yoshida oila qurishsalar, ular shu vaqtga
kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush
kechirib ketishlari uchun zarur boMgan yetuklik darajala-
rining barchasiga erishganlar, bu esa ularning oilaviy
hayotlarida yuzaga kelishi mumkin boMgan muammo-
laming bartaraf etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek,
12—13 yoshlarida jinsiy balog‘atga yetadilar va aksariyat
hollarda oradan 7—8 yil o‘tgandan so‘ng, ya’ni qizlar 19—
20 yoshda, yigitlar esa 21—22 yoshda oila quradilar. Bu
vaqtda esa ular na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan
va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo'lmay-
dilar. Bunday holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayot
larida oldingi tengdoshlari hayotida kuzatilmagan muam-
molarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, jamiyat
taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga
o ‘ziga xos yangi ijtimoiy funksiyalarni ham yuklaydiki,
bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni oilaviy hayotga
maxsus tayyorlash masalasini eng dolzarb masalalardan
bin
b o ‘lishini taqozo qilmoqda. Shuning uchun ham
so'nggi 15—20 yil davomida dunyoning barcha rivojlan-
gan mamlakatlarida, bizning respublikamizda esa mus-
taqillikka erishganimizning dastlabki yillaridanoq, oila
masalalariga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masala-
lariga, oilalarda komil shaxsni shakllantirish masalalariga
alohida e ’tibor berib kelinmoqda. Um uman insoniyat
jamiyati tobora taraqqiy etib boraverar ekan, oila masala-
larining dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib bora-
veradi va oilaga bo'lgan e ’tibor ham kecha va bugunga
qaraganda ertaga yanada yuqoriroq boMadi. Chunki oila
jamiyatning kichik bir ko‘rinishi bo'lib, u qancha inoq,
ahil va mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik
qudratli bo'I ad i. Mana, «Oila psixologiyasi» kursini yosh-
larga o'qitishning dolzarbligini ifodalovchi asosiy omil.
«Oila psixologiyasi» kursining yaratilishi va uning
o‘quv predmetlari qatorida maktab, kollej, litseyiarda
o ‘tiladigan darslar jadvaiiga kiritilishi ham Respublikamiz
Hukumati tom onidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy
siyosatning mantiqiy va mazmuniy davomidir.
9
|