• Bilimlarni tekshirish uchun savollar
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari




    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/97
    Sana12.06.2024
    Hajmi5,3 Mb.
    #262923
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
    Bog'liq
    Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

    juft oila 
    yuza­
    ga keldi, unga, asosan er-xotin va uning bolalari kirdi.
    Endi nikoh o ‘ziga xotinning bolalarini tarbiyalash 
    va boqishni ta ’minlashni maqsad qilib qo‘ygan erkak va 
    ayolning ittifoqiga aylandi. Buning uchun er-xotinning 
    har biri o ‘z urug‘idan olgan ulushidan, mahsulotidan 
    foydalanishgan. Bunday ittifoq yuzaga kelishining 
    ob’ektivligi mehnatiga yarasha taqsimot rolining ortishi 
    va teng taqsimlashni rolining pasayishi bilan ortib bordi. 
    Juft nikohning yuzaga kelishi bilan juftlar o'rtasidagi 
    jinsiy munosabatlar nafaqat shunchaki axloqiy me’yor- 
    lar biian boshqariladigan doiralarga, balki, ijtimoiy-iqti- 
    sodiy doiraga (ramkaga) kiritildi.
    Bilimlarni tekshirish uchun savollar
    1. Nikoh-oila munosabatlari qanday yuzaga kelgan?
    2. «Tabu» nima va и nikoh-oila munosabatlarining
    yuzaga kelishida qanday rol о ‘ynagan ?


    3. Estrus hodisasi nima ?
    4. Nikoh-oila munosabatining ilk turlaridan qaysilami
    bilasiz?
    5. Xususiy mulkchilikka o ‘tish bilan oilaviy muno-
    sabatlarda qanday o ‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
    6. «Sovg‘a ayriboshlash» nima va и nikoh-oila muno-
    sabatlarining yuzaga kelishida qanday rol о ‘ynagan ?
    Hadislar
    Olloh Taolo Niso surasida aytadiki:
    «Ey odamlar, sizlami bir jondan yaratgan va undan o'zi- 
    ga juft yaratgan parvardigorga taqvo qilingki, u shu juftdan 
    ko‘pgina erkagu ayollami tarqatdi».
    * * *
    Uylanish Islomda muqaddas ahdnoma va vasiqadir. Nur 
    surasida: «Va ayollar sizlardan ishonchli vasiqa olganlardir» — 
    deyilgan.
    * * *
    Islom shaxsiy mol-mulkni sarflashda erkak va 
    ayolni 
    tenglashtirgan bo‘lsa-da, merosda unday qilmadi. Bir er kishi- 
    ga ikki ayolning nasibasini tayin qildi. Bu ham adolatli hukm- 
    dir, chunki Islom doirasida erkak kishining moliyaviy 
    mas’uliyati ayol kishinikiga nisbatan bir necha marta ko‘pdir. 
    Islom erkak kishiga oiladagi barcha moliyaviy og'irliklarni 
    ko‘tarishni buyurgan. Ayol kishi esa bunday mas’uliyatdan 
    mutlaqo ozoddir. Hatto ayol o‘ziga zarur bo‘lgan sarflami 
    ham boshqalardan olishga haqlidir. Ayol kishining nafaqasini 
    turmushga chiqmasdan awal otasi yoki boshqa yaqin 
    qarindoshlari beradilar. Turmushga chiqqandan so‘ng esa bu 
    narsa erining vazifasiga aylanadi. Bunda ayol kishi xoh boy 
    boisin, xoh kam bag‘al bo‘lsin — farqi yo‘q.
    Agar ayol kishi boquvchisiz bo'lsa, uni davlat o'z kafo- 
    latiga oladi. Shuningdek, uning bolalarini boqish ham otaning 
    yoki ota tarafidan bo'lgan qarindoshlaming vazifasidir.
    Mana shu sabablarga ko'ra, o'zaro muvozanatni saqlash 
    maqsadida erkak kishining merosdagi haqqi ayol kishinikidan 
    ikki barobar ko'pdir.
    20



    Download 5,3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish