Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

m e ’y o r la r
bilan boshqarilmasada bir-birlarini shahvoniy m a’qul 
ko‘radigan juftlardan iborat unchalik katta bo'lmagan 
guruhlar tashkil topa boshlaydi. Shunday qilib, est- 
rusning uzayishi hamma uchun ham qulay, m a’qul 
bo‘lmagan. Bu esa urug‘ tarkibiga 
kiruvchi erkaklar 
o ‘rtasida yana janjallar, qon to ‘kilishlarga sabab bo‘ladi- 
gan holatlarni keltirib chiqargan. Odamlar jamoasi 
xo‘jalik faoliyatining jiddiy buzilishi, urug‘ning yashab 
qolishi uchun xavfning ro ‘yobga chiqishiga olib keldi. 
Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda, urug‘ ichidagi 
jinsiy muloqotni boshqarish, biologik instinkt, zoologik
14


individualizmni jilovlash uchun maxsus ijtimoiy me’yor- 
lar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me’yorlar- 
dan biri mazkur urug‘ ichida erkak va ayollarning jinsiy 
muloqotlarini m a’lum bir muddatga (ovga tayyorlanish, 
ov vaqtlarida) taqiqlovchi jinsiy tabular (ta’qiqlash)ning 
yuzaga kela boshlaganligidir.
Tabu — axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy 
va qattiq ta’qiqdir. Axloqiy me’yorlarni buzuvchilarni 
jamoa jazolashi, uni yo‘q qilib yuborishi ham 
yoki 
kechirib tirik qoldirishi ham mumkin bo'lgan. Ko‘pin- 
cha esa tabularni buzganlar, ular buni bilib qilganmi, 
yoki bilmaymi bundan qat’iy nazar, so‘zsiz jazolangan, 
yo‘q qilib yuborilgan.
Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabulaming yuzaga ke­
lishi urug£ o ‘rtasida erkak va ayolni maishiy ajratib 
qo'yish bilan kuzatiladi. Tabu vaqtida erkaklarning 
nafaqat ayollarga teginishi, balki ularga qarashi, ular bi­
lan gaplashishi, ular tayyorlagan ovqatni iste’mol qilishi, 
hatto ular bilan bir tom ostida ya’ni «bir uyda» bo‘lishi 
ta ’qiqlangan.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi, mavsumiy dala 
ishlarining ortib borishi bilan jinsiy tabulardan xoli 
vaqtlar borgan sari kam muddatli bo‘lib boravergan. 
Erkaklarda ham, ayollarda ham jinsiy zo‘riqishning 
jadalligi ortib borgan. Shuning uchun tabulardan xoli 
qolgan vaqt oralig‘i o‘ziga xos shahvoniy ayshu ishrat- 
larga aylana borgan.
Atoqli psixolog Z.Freyd bu davmi o ‘z navbatida 
bayramlarga qiyoslagan. Chunki aksariyat bayramlarda, 
boshqa kunlari taqiqlangan deyarli barcha narsaga 
ruxsat beriladi. Bu bayramlar hech nima bilan cheklan- 
magan, jo'shqin jinsiy muloqotlar amalga oshirilgan.
Shunday qilib qisqa muddatli estrus yuzaga kelgan
biroq endi bu estrus biologik sabablar bilan emas, ijti­
moiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu vaqtlarda hali 
na nikoh va na oila mavjud bo‘lgan.
0 ‘z navbatida tabular keyinchalik nikohning ilk 
turlaridan bo‘lmish ekzoaam nikohlarni yuzaga kelti- 
radi (ekzogam nikoh — urug‘lararo, qabilalararo nikoh). 
Chunki tabular 
faqat o‘z urug‘i uchungina taalluqli 
bo‘lib, unda qon-qarindoshlar o‘rtasida jinsiy muloqot 
ta’qiqlangan, boshqa qabila yoki urug‘ a’zolariga esa
15


taalluqli bo‘lmagan. Shuning uchun erkakiarga qaer- 
dadir, ovloq joyda boshqa urug‘ga mansub bo‘lgan ayol­
ni uchratib qolib undan shahvoniy ob’ekt sifatida foy- 
dalanishi mumkin bo‘lgan. Mabodo erkaklar uzoq mud- 
dat qishloq xo’jalik ishlari bilan band bo‘lgan vaqtlarida 
biron bir begona erkak bilan ayollar ham bu ishni qi- 
lishgan. Tabu davom etayotgan davrda bir urug‘ erkagi 
o‘z ayollaridan uzoqda, o ‘z kulbasida boshqa urug‘ga 
mansub ayolni saqlashi mumkin bo‘lgan.
Keyinchalik bu tasodifiy aloqalar qabila qoidalarida 
odatiy, zaruriy, ko‘zda tutilgan odatlarga aylanib bordi. 
Bu o’rinda odamlarga, bu «boshqa urug‘dagilar» bilan 
bo‘lgan aloqalardan tug'ilgan nasllar nisbatan bo‘ydor, 
baquwat, abjir ekanligi sezilib bordi. Bu aynan hozirgi 
zamon odami gomosapiens shakllana boshlagan davrga 
to ‘g‘ri keladi.
Shunday qilib endogamiya (faqat bir urug‘ vakillari 
o'rtasidagi jinsiy aloqa)dan, agomiya, ya’ni 
jinsiy 
munosabatlarning vaqtinchalik ta ’qiqlanishi orqali ek- 
zogamiva (turli qabila vakillari o‘rtasidagi muntazam 
jinsiy aloqa) yuzaga keldi. Bundan nikohning guruhli 
nikoh (dualno rodovoy) turi yuzaga kelgan. Guruhli 
nikohda bir urug‘ erkaklari boshqa urug‘ning barcha 
ayollari uchun er va aksincha, 
ikkinchi urug‘ning 
erkaklari birinchi urug‘ ayollarining erlari hisoblangan.
Guruhli 
nikohning yuzaga kelishi nikoh juftlari 
doirasini m a’lum bir guruh a’zolari bilangina chega- 
ralab, birmuncha qisqartiradi.
Bunday hollarda boshqa urug‘dagi «erkak» bu qabi- 
laga faqat bitta maqsadda, «nikoh» maqsadidagina ke- 
lar edi, o ’zlari esa ona oilalarida yashardi va ishlashar- 
di, ular o ’zlarining «xotin»lari yashaydigan oilada hech 
qanday huquqqa ega emas edilar.
Guruhli nikoh ikki urug‘ning 
nikoh aloqalaridan 
iborat bo‘lgan — nikoh 
munosabatlarining 
birinchi 
shakli bo‘lgan. Albatta bunday urug'larni hali moddiy 
ne’matlar ishlab chiqish emas, balki bolalarni dunyoga 
keltirishgina bog‘lab turgan. 
Ishlab chiqarish va bo­
lalarni dunyoga keltirish munosabatlari bir-biridan ajra- 
tib qo’yilgan edi. Jinsiy aloqalar esa faqat bir-birlari bi­
lan mulkiy ishlab chiqarish ishlari bilan boglanmagan 
odamlar o ‘rtasidagina mavjud bo'lgan.
16


Guruhli nikoh shaxsiy nikoh boim agan, ya’ni unda 
biron bir doimiy «ег-xotinlik» juftlari mavjud bo'lma- 
gan. Har bir ayolning nikoh jufti aynan kim bo‘lishi 
urug' tomonidan belgilanmagan, bu faqat odamlarning 
xolis xohishlari, istaklarining namoyon bo‘lishi bo‘lgan 
xolos. 
Urug' faqat zo‘ravonlik, 
majburlash hollari 
kuzatilgandagina aralashishi mumkin bo'lgan, ya’ni har 
bir individga o‘zi qanday xohlasa, shunday yo‘l tutish 
huquqi ta ’minlangan. Bunday munosabatlarni hozirgi 
zamon tili bilan «nikoh», deb atash mushkul, chunki 
bunday munosabatlar juftlardan na huquq, na majburi- 
yat va na o'zaro mas’uliyatni talab qilmagan. Shu- 
ningdek, oila deb atash mumkin bo'lgan, bolalarni bo- 
qish va tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan alohida bir 
muhabbat ham bo'Imagan.
Tabiiyki, guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi 
kim ekanligini aniqlash mushkul bo'lgan, shuning uchun 
bolalaming kelib chiqishi faqat ona tomonidangina 
hisoblangan. Urug'ning faqat ayolga tegishli tomoni tan 
olingan. Bolalar faqat o'z onasinigina bilganlar. Ularning 
singillari, singillarming bolalari, tug'ishgan aka-ukalari va 
boshqa qarindoshlar ona urug'ini tashkil qilgan.
Guruhli nikohning moddiy asosi bo'lib asosan uy 
xo'jaligini yuritish hisoblangan, chunki bu vaqtga kelib 
ovchilik hamma vaqt ham urug' ehtiyojini qondira ol- 
may qolgan. Bu davrda ayol uy xo'jalik ishlari bilan 
bog'liq bo'lgan barcha ishlarni bajargan va shu bilan 
bog'liq holda urug' a’zolari o'rtasida o'ziga xos hur­
matga ega bo'lgan, urug' oqsoqollari kengashida e’ti- 
borli o'rin egallagan. Matriarxat (onalik) davri bir necha 
o 'n ming yillar davom etgan.
Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o'zaro mayllar 
zaminida yetarlicha doimiy juftlar shakllana boshladi. 
Bundan paydo bo'lgan juftli nikoh dastawal bir erkak 
doimo faqat bitta ayol bilan yashashligini bildirmagan. 
Erkak kishi bir necha ayol bilan bo'lishi mumkin bo'lgan, 
xuddi shuningdek, ayol ham bir necha erkak bilan muno­
sabatda bo'lgan. Aniqrog'i, bunday nikohni juftli nikoh 
emas, balki ibtidoiy-egalitar, ya’ni teng huquqli nikoh 
deyish to'g'riroq bo'ladi. Tabiiyki, urug'ning bir numcha 
boobro' a’zolari bir necha ayolga ega bo'hsj^^tW hkitt 
bo'lgan. Bu davrga kelib ko'p erlilik kam ro^'ijchragan.
17


Bunday juft nikohlar 
taxminan bundan 25—24 
ming yillar muqaddam urug‘ ichida xo‘jalik va iqtisodiy 
munosabatlarning yangi shakllariga o ‘tish biJan, xususiy 
mulkchilikning yuzaga kelishi bilan bog‘liq bolgan. Bu 
yo'lda qo‘yilgan birinchi qadam «sovg'a ayriboshlash» 
deb atalgan odat bolgan.
Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan 
urug', qabilaning bir a’zosi mehnatining mahsuldorligi 
sezilarli darajada origan va bu ortiqcha iste’mol mahsu- 
lotlarining yuzaga kelishiga olib kelgan. Har bir ishchi 
o'zi yaratgan mahsulotni qabilaning «umumiy qozoni- 
ga» tashlaydigan eskicha taqsimot shakli endi ishlab 
chiqarishni yanada rivojlanishiga to'sqinlik qila boshladi 
(chunki bu qabilaning порок, dangasa a ’zolarining ham 
ishlab chiqish faoliyatidan jazosiz qutulib qolishiga olib 
kelgan). Shuning uchun qabila ortiqcha mahsulotning 
m a’lum bir qismini qabila mulkiga o ‘zining abjirligi, 
chaqqonligi, ishlab chiqarish faoliyatida ko'proq mu- 
vaffaqiyatlarga erishganligi bilan farqlanib turgan a ’zo- 
lariga «mukofot» tariqasida taqsimlashga ruxsat berish- 
ga majbur bolgan. Hammaga teng taqsimlash 
bilan 
birga asta-sekin odamning imkoniyatiga, uning qabila 
mulkiga qo'shayotgan ulushi miqdoriga qarab «mehnat 
haqi» taqsimlana boshlangan.
Agar teng taqsimlanishda jamoa mahsulotidan ulush 
olish «huquqi» mazkur urug'ga taalluqliligiga qarab 
berilgan bo‘Isa (jamoa mulkiga qancha hissa qo'shgani- 
dan qat’iy nazar, endi bu «huquq» mahsulot yaratishda- 
gi ishtirokiga asoslanadigan boldi.
Urug‘ning ayrim a ’zolarida ortiqcha mahsulot, 
shaxsiy mulkning paydo bolishi, oilaning shakllanishi 
tomon qo‘yilgan yangi qadam bolgan -sovg'a 
ayri- 
boshlash»ni yuzaga keltirdi. 
Erkak kishi boshqa 
urug'dagi «o‘z ayoliga» o'zining «mukolbtini* sovg'a 
qilgan, shuningdek ayol ham o'zinikini unga bergan. 
Toki ular o'rtasida sovg'a ayriboshlash davom elar ekan, 
erkak bilan 
ayol o'rtasidagi jinsiy aloqa ham davom 
etavergan. Sovg'a ayriboshlashning lo'xlalilislu esa ular 
o'rtasidagi aloqaning ham tugashim biUlirgan. Shunday 
qilib nikohning yana bir turi individual lull nikoh 
yuzaga kelgan.
Bunda ayolni o'zining qondosh qanndoshltui, ya’ni
is


o‘z urug‘i erkaklari bilan teng taqsimlash munosabat­
lari, boshqa urug‘dagi erkaklar bilan esa sovg‘a ayri- 
boshlash munosabatlari bogiab turgan.
Shuni aytib o ‘tish joizki, juftli oilaning yuzaga kelishi, 
boshidanoq, uni o‘z urug‘iga qarshi qo‘yishni va onalik 
urug‘i asoslarining buzilishiga olib kelishini bildirgan. 
Ya’ni erkak kishi o‘z mukofotini boshqa urug‘dagi «o‘z 
ayoli»va uning bolalariga qanchalik ko‘p bersa, uning o‘z 
onalik urug‘iga shunchalik kam ulush qolgan.
Biroq «er» hali «xotinning» va uning bolalarining 
yagona boquvchisi bo‘lmagan. Juftli oilalaming yanada 
asosliroq bo’lishi uchun sovg‘a ayriboshlash noadekvat 
bo‘lishi kerak edi, ya’ni er xotiniga, xotin eriga berganga 
qaraganda ko‘proq berishi lozim edi, shunday qilib u (er) 
xotinning bolalarini boquvchisi bo‘lib qolishi, sovg‘a ayri­
boshlash munosabatlari boquvchilik munosabatlariga 
aylanishi lozim edi. Shu bilan birga erkakning xotin va 
uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq muddatli 
bo‘lib bordi. Nihoyat (dualno rodovoy) qabilalararo nikoh 
zaminida doimiy o‘rin olgan xo‘jalik birligi — jam oa 
tashkil topdi, unga erlar o‘z xotinlari va ularning bolalari 
bilan kirdi. Erkaklar o ‘z singillaridan, ayollar esa mos 
ravishda o‘z aka-ukalaridan ajralishdi. Yangi iqtisodiy 
xo‘jalik birligi yoki oilaning yana bir turi — 

Download 5,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish