Oilaning iqtisodiy funksiyasi




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Oilaning iqtisodiy funksiyasi
Oilaning 
iqtisodiy 
funksiyasi 
uning 
asosiy 
funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, 
daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur 
buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng oii- 
nadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejab nVzg'or yuri- 
tish er-xotinning katta tairiba, malakaga ega bo‘lishiari- 
ga bog‘liq. Shuningdek, oilada o‘sayotgan bola ham 
mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi 
zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masala- 
larni hal etishni o ‘rgata borish lozim.
Oila o ‘zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga
davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola
25


tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta ’minlash borasidayoq 
uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorni 
tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muass- 
salarida (bolalar uylarida) bir bolani 16—18 yil tar- 
biyalab, ishchi kuchi sifatida yetishtirish uchun (uni 
boqish, kiyintirish, o ’qitish, moddiy ta’minlash va 
sh.k.) har bir bolaga sarflanadigan mablag1 va aynan 
shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beri- 
ladigan 
nafaqa 
pullari 
miqdorini 
solishtiradigan 
bo'lsak, o‘rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha 
yuz ming so‘mni tashkil qiladi.
Tasawurga osonroq bo‘lishi uchun aytish mumkinki, 
har bir bolani voyaga yetkazish uchun oila davlatga 
kamida lta «Neksiya» avtomashinasi qimmati miqdori- 
da iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya’ni har 
tomonlama kamol topgan ma’naviy-axloqiy yetuk, jis- 
moniy-psixologik sog'lom shaxsni yetishtirishning m a’­
naviy-axloqiy jihatlarini hech qanday iqtisodiy me’zon 
bilan oichab bo'lmaydi.
Bu oila iqtisodiy fimksiyasining atigi birgina shaxsni 
shakllantirishdagi foydasini ko‘rsatadi xolos. Oilada 
xo‘jalik ishlarini yuritish, moddiy n e’m atlar ishlab 
chiqarish, fermer xo‘jaligi, shaxsiy ishlab chiqarish kabi- 
lar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funksiyasi ahamiya- 
tini tobora orttiraveradi.

Download 5,3 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish