Oilaning rekreativ funksiyasi




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Oilaning rekreativ funksiyasi
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, 
ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lib kel­
gan xususiyatlardan biri, undagi shaxslararo munosabat­
lar talablaridan biri uni o ‘z a ’zolarining axloqiy- 
psixologik himoyalanishini ta ’minlash, shuningdek bo- 
lalarga va mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga 
moddiy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilardan iborat 
boMib kelgan.
Bu holat o ‘z navbatida oilaning asosiy funksiyalari- 
dan yana birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil qi­
ladi. Oilaning 
rekreativ
— 
о ‘zaro jismoniy, moddiy, та

naviy va psixologik yordam k o ‘rsatish, bir-birining salo-
matligini mustahkamlash, oila a ’zolari dam olishini
tashkil etish funksiyasidir.
Bu funksiya keyingi yillarda 
yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila a’zolari 
salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarining dam oli­
shini tashkil etish, oila a’zolarining bevosita mehnat, 
o ‘qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda, 
ya’ni bo‘sh vaqtlarni birgalikda o‘tkazishlarini qanday 
tashkil qilishlari, unda bularning o‘zaro munosabatlari 
xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mus- 
tahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omil-
30


lardan hisoblanadi. Bo‘sh vaqt jamiyatning nihoyatda 
muhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan 
odamlar 
turlicha 
foydalanadilar. 
Bo‘sh 
vaqtini 
muntazam ravishda qanday o ‘tkazishiga qarab har bir 
odamning yetuklik darajasiga, m a’naviy dunyosiga baho 
berish mumkin. Bu borada erishilgan yutuqlarimizdan 
biri shuki — dam olish va sog'lomlashtirish ishlariga 
davlat miqyosida ahamiyat berila boshlandi. Lekin 
ko‘pchilik turli sabablar bilan (ularning o‘zlari ko‘proq 
moddiy sababni ko‘rsatishadi) madaniy dam olishga 
e’tibor bermay qo’yganligini ham aytib o ‘tish lozim. 
Hozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qa- 
tor oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormoqda.
Shuni ham ta ’kidlab o ‘tish joizki, hozirgi vaqtda 
oilaning rekreativ funksiyasini davlat va ijtimoiy tash- 
kilotlar o‘z zimmasiga olmoqda. Odamlarning xavfsizli-
31


gini ta ’minlash, qariyalarga bepul 
tibbiy 
yordam 
ko‘rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot boisa- 
da, qariyalar uyiarining ochilishi), odamlar dam olish­
lari va o ‘z sog'liqlarini tiklab olish 
imkoniyatlarini 
beradigan dam olish uylari va sanatoriylarning ochilishi 
kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan 
birga 
oilaning o‘z a’zolarining axloqiy-psixologik ximoyalan- 
ganligini ta ’minlashdagi roli 
tobora ortib bor- 
moqda.Chunki odam faqat o ‘z oilasidagina va faqat 
o ‘z yaqinlari qurshovidagina o‘zini tom ma’noda xotir- 
jam, erkin his qila olishi mumkin xolos. Bu borada 
oilaning o‘rnini hech bir ijtimoiy muassasa bosa ol­
maydi.

Download 5,3 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish