• Oilaning regulyativ funksiyasi
  • Oilaning felitsitologik funksiyasi




    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/97
    Sana12.06.2024
    Hajmi5,3 Mb.
    #262923
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
    Bog'liq
    Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

    Oilaning felitsitologik funksiyasi
    Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib bo- 
    rayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik 
    funksiyasidir (italyancha «felitsite» — baxt). Shaxsiy 
    baxtga erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida 
    ko‘p jihatdan hal qiluvchi bo‘lib bormoqda. Baxt nima 
    o‘zi? Hozirgi zamon oilasi o ‘z a ’zolarining baxtini 
    ta’minlashda qanday rol o'ynaydi? Baxtga intilish har
    32


    bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intihsh 
    ularni oila qurishga undaydi. Inson o‘ziga ato etilgan 
    baxtning to ‘rtdan uch qismini oiladan, choraktaga 
    yetar-etmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada 
    er-xotinning bir-birini to ‘liq tushunishi — ularning 
    o ‘zlarini baxtli his qilishlarini ta ’minlaydi. Shuningdek, 
    o ‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni 
    ro'yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash 
    ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi. 
    Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari 
    uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. 
    Lekin ba’zan порок y o llar bilan pul topish 
    orqali 
    baxtli bo£lishga intihsh yoki o‘zgalar hisobiga shaxsiy 
    baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab turadi. 
    Ba’zan esa oila a ’zolarining (ayniqsa er-xotinning) 
    shaxsiy baxtga o £z-o£zicha intilishi oilalarda noxush ho­
    latlar (xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin. 
    Shuning uchun har bir shaxs o£zida ko£proq vijdonlilik, 
    poklik, halollik kabi m a’naviy-axloqiy fazilatlarni tar- 
    biyalashga e’tibor berishi lozim.
    Oilaning regulyativ funksiyasi
    Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o£rtasidagi 
    o £zaro munosabatlami boshqarish tizimini, shuningdek 
    birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro£ni 
    amalga oshirishni o £z ichiga oladi. Bunda kattalar 
    tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy 
    hamda m a’naviy tomondan qo£Uab-quwatlash nazarda 
    tutiladi. 
    O 'tgan zamonlarda oilaning boshqarish 
    funksiyasi m a’lum darajada rasmiy tarzda belgilab ham 
    qo£yilgan. Unga ko£ra oilada kim oila boshlig£i bo£lishi, 
    uning obro£si va ustunhgi qayd etilgan va oilaning shu 
    a’zosi (asosan ota) butun umri davomida o£z farzandlari 
    va oila a ’zolari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar 
    bo£lgan. Ota-onasiga bo£ysunmaganlami jazolash hollari 
    ham nazarda tutilgan.
    Hozirgi zamon egalitar oilalarida esa oilaning 
    boshqaruv funksiyasi asosan axloqiy m e’yorlar, oila 
    a ’zolarining shaxsiy obro£si va birinchi navbatda ota- 
    onalarning bolalarga nisbatan bo£lgan munosabatlaridagi
    2 — O ila psixologiyasi 
    33


    obro‘si kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shunga 
    ko‘ra ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik 
    qilish oila a’zolarining qiziqish va imkoniyatlarini 
    hisobga olgan holda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda 
    (er-xotinning alohida-alohida) liderlikka intihshi nati­
    jasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning har 
    tomonlama e’tibordan chetda qolishi, natijada jinoyat- 
    chilik ko‘chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiladi. Ba’zi 
    oilalarda ayol liderligining mavjudligi o ‘g‘il bola shaxsi- 
    da ayollarga xos xususiyatlaming ko‘payib borishiga olib 
    kelishi mumkin.
    Shu bilan birga oilaning boshqaruv funksiyasi oila 
    a’zolarining xulqi, mas’uliyati, majburiyati 
    kabilarni 
    ham boshqarishni, nazorat qilishni o ‘z ichiga oladi. 
    Odam oila qurganidan so‘ng albatta uning ijtimoiy 
    mavqei o ’zgaradi. Endi u «uylanmagan yigit», «tur- 
    mushga chiqmagan qiz» emas, balki «oilali» odamdir. 
    Shunga ko‘ra u o'zining xatti-harakatlari, xulqini ham 
    oilah odamga xos tarzda qaytadan ko‘rib chiqadi. Oila 
    qurish tufayli uning mas’uliyati ortadi. Eming va xotin- 
    ning xulqi ham endi o‘ziga xos boshqariladi.
    34



    Download 5,3 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish