|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariBog'liq Oila psihologiyasi. Shoumarov G.BBoylikmi, oqila xonimmi?
Bir vaqtlar Bog‘dodda yuz bergan kuchli yong‘inda boyning
hamma boyligi kuyib kul bo‘ldi. Butun mol-dunyosining bir
pastda yo‘q bo‘lganiga chidamagan odam Bog'dod ko‘chalarida
faryodu fig‘on chekib yig‘ladi. U odam ham yig‘lardi, ham uyi-
ga qarardi. Bu falokatni ko‘rib, uning qarshisidan bir oqil odam
chiqib debdi:
— Ey do’stim, bu kap-katta odamga yig'lash nimasi?
Uyi yongan odam:
— Men yig'lamay kim yig'lasin?.. Bir zumda hamma
molu mulkim kul bo‘ldi-ketdi! Bir lahzada faqir va qashshoq
bo‘ldim, — dedi.
Ko‘pni ko‘rgan-kechirgan oqil odam:
— Yaxshi, uydagi umr yo‘ldoshing qanday? Aqllimi, eri-
ning dardi, erining kayfiyatini, erining qadrini biladimi? —
deb so'radi.
Uyi yongan kishi bir zumda o'ylanib qoldi va:
— Ha, bu jihatdan baxtiyorman. Ollohga shukur, farosatli,
soliha xonimim bor, — dedi.
Ko'rgan-kechirgan kishining xotini afsuski, ko‘ngildagidek
emas, bu jihatdan baxtsiz edi. U uyi kuygan odamga bunday
debdi:
— U holda nega yigiaysan, ey nodon?! Bu dunyoda mato
uchun ham ko‘z yoshi to'kadimi? Men shunday bir xotinga
uylanganmanki, aqh kalta, er qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen
falokatning nimaligini bilmaysan. Sen aqli kalta, tili uzun,
jag‘i tinmas bir xotinga uylangin, o‘shanda bilasan falokat ni
maligini! Do‘konlaring yonibdi, nima bo‘libdi? Sen sog‘
bo'lsang, hammasini topasan. Yoningda ko‘nghngdagidek xo-
tining senga madadkor bo‘lib, ma’naviy quwat berib tur-
ganidan keyin tezda o’zingni o'nglab olasan.
Hadislar
Kimki uchta qiz farzandini o‘stirib, boqib, tarbiyalab
munosib joylarga uzatsa, mukofoti jannatdir.
* * *
Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-
odobini ham yaxshilangizlar.
* * *
Xotinning eiga nisbatan haqlari: o‘zi ovqatlanganda xo-
tinini ham ovqatlantirishi, o‘zi yangi kiyim olib kiysa, unga
ham olib kiyintirishi, yuziga urmasligi, haqorat qilib
37
so‘kmasligi, arazlashganda uzoqqa ketib emas, faqat bo'lak
yotishligidir.
* * *
Jamiyat nuqtai nazaridan qaralganda, oila inson naslini
saqlab qolish vazifasini bajarsa, yakka shaxslar nuqtai nazari
dan qaralganda, uylanish — ruhiy xotiijamlik, erkak va ayol-
lar orasidagi muhabbat va bir-birlariga mehribonlikdan ibo-
ratdir.
|
| |