V bosqich
— o ‘g‘il bolalarda jinsiy organlar va ikki
lamchi jinsiy belgilar to ‘la rivojlanib bo‘ladi. Qiz bo
lalarda sut bezlari va jinsiy a’zolaming jun bilan qopla-
nishi katta ayollamikidek bo‘ladi. Bu bosqichda qiz bo
lalarda menstruatsiya turg‘unlashadi. Menstruatsiyaning
52
yuzaga kelishi jinsiy balog'atga yetishning bosh-
langanidan dalolat beradi. Bu vaqtga kelib tuxumdonlar
urug'lanishga tayyor yetilgan tuxum hujayralarini
yetiltirib chiqara boshlaydi.
Menstruatsiya o ‘rtacha 2 kundan 5 kungacha davom
etadi. Bu vaqtda 50—150 sm3 atrofida qon ajralib chiqa
di. Agar menstruatsiya to ‘la shakllangan bo‘lsa, unda
taxminan h ar 24—28
kunda qaytalanib turadi.
Menstruatsiya bir xil vaqt oralig‘ida boshlanib va bir xil
miqdordagi kunlarda, bir xil jadallikda kechgudek
bo‘lsa, uning sikli normal hisoblanadi. Dastawal menst
ruatsiya 7—8 kun davom etishi, bir necha oy, yil, hatto
undan ham ko ‘proq vaqtga to ‘xtab qolishi ham
mumkin. Faqat asta-sekinlik bilan uning doimiy sikli
tiklanadi. 0 ‘g ‘il bolalarda esa bu bosqichda spermato-
genezning to‘la rivojlanishi amalga oshadi.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida ayniqsa, uning II—
III-bosqichlarida o ‘smir organizmining barcha fiziologik
funksiyalari sezilarli darajada o ‘zgaradi.
0 ‘smirlarda suyaklar va muskul sistemasining jadal
o ‘sishi ortida uning ichki organlari — yurak, o‘pka, osh-
qozon-ichak yo‘llarining rivojlanishi hamma vaqt ham ul-
guravermaydi. Yurakning o'sishi qon-tomirlari o ‘sishidan
ilgarilab ketadi, oqibatda qon bosimi ortadi va birinchi
navbatda yurakning ishlashi qiyinlashadi. Yurakning
yetarlicha ishlay olmasligi esa o ‘g‘il va qiz bolalarda
ko‘pincha bosh aylanishi, rangning oqarishi holatlarining
kuzatilishiga olib keladi. Bundan bosh og‘rig‘i, tez
toliqish, vaqti-vaqti bilan lanjlanib turish kabilar kelib
chiqadi. Jinsiy balog'atga yetish davri tugashi bilan bun
day o‘zgarishlar odatda izsiz yo'qolib ketadi.
Rivojlanishning bu bosqichida gipotalamusning
faollashuvi munosabati bilan markaziy nerv sistemasi
ftmksiyasi ham sezilarli darajada o'zgaradi. Emotsional
jihatlar ham o'zgaradi. 0 ‘smiming hissiyoti o‘zgaruv-
chan, qarama-qarshi bo'lib qoladi: o‘ta ta ’sirlanuvchan-
lik ko‘pincha jizzakilik, tortinchoqlik bilan uyg‘unlashib
ketadi. Haddan tashqari tanqidiylik va ota-onasining
qaramog‘iga betoqatlik namoyon bo‘ladi. Bu davrda
ba’zan ishchanlikning pasayishi, asabiylik, seijahllik,
yig‘loqilik (ayniqsa, qizlarda menstruatsiya davrida) ka
bilar kuzatiladi.
53
Bu davrda o ‘smir shaxsi jadal shakllana boradi, kat-
talik hissi yuzaga keladi, qarama-qarshi jins vakillariga
munosabati o'zgaradi, ularga qiziquvchanligi ortadi.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o ‘smir organizmining
normal jismoniy rivojlanishi muhim rol o‘ynaydi. Bu
davrda turli xil, servitamin ovqatlami yetarlicha iste’-
mol qilish, shuningdek, ochiq havoda sayr qilish, sport
bilan shug‘ullanish zarur.
Jinsiy balog‘atga yetishning alohida e’tibor talab qi-
ladigan jihatlari ham mavjud.
Qiz bolalarda ilk menstruatsiya umumiy ahvolining
yomon bo'lishi, holsizlanish, og‘riqlar yoki ko'p miq-
dorda qon kelishi bilan kuzatilishi mumkin. Gohida
isitma chiqishi, qayd qilish, ich ketishi yoki ichi qotib
qolishi, bosh aylanish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
Menstruatsiya davrini albatta yotib o'tkazish kerak de-
gan fikrlar u qadar to'g'ri emas. Odam o'zini yaxshi his
qilayotgan bo'lsa, odatdagi turm ush tarzini davom et-
tirishi, ertalabki gimnastika bilan shug'ullanishi, unchalik
murakkab bo'lm agan jismoniy mashqlarni bajarishi
mumkin. Faqat bu paytda sakrash, velosiped haydash,
og'ir yuk ko'tarish man etiladi, shuningdek, uzoq masofa-
ga piyoda yurish, katta suv havzalarida cho'milish, vanna
qabul qilish, oftobda qorayish tavsiya etilmaydi.
Asabiy zo'riqish, kuchli jismoniy og'riq, uzoq ma-
sofaga ko'chib o'tish kabilar menstrual siklni buzishi
mumkin. Uzoq vaqt va og'ir mehnat, kuchli toliqish
menstruatsiyani to'xtab, uzilib qolishiga olib kelishi
mumkin. Agar menstruatsiya juda og'riqli, ko'p qon ke-
tadigan bo'lsa, vrachga murojaat qilish lozim. M en
struatsiya vaqtida organizmning umumiy holatining
yomonlashuvi kuzatiladi, qizlar mashg'ulotlardan yoki
ishdan ozod qilinadi. Menstruatsiya vaqtida qizlar o'zla-
rini, ayniqsa oyoqlari va qorindan past qismini sovuq-
dan saqlashlari lozim. Buning uchun uzun va issiq
kiyimlar kiyish, sovuq tosh, sement yoki sovuq
narsalarga o'tirmaslik lozim.
Bu kunlarda o'tkir taomlar, qalampir, murch, uksus,
gorchitsa yemasligi, alkagol ichimliklar (pivo, vino,
shampan va boshqalar) ichmasligi shart. Chunki bular
qon harakatini kuchaytirib, menstrual qon ketishiga olib
kelishi mumkin.
54
Siydik pufagi va to ‘g‘ri ichak yo‘Uarining o‘z vaqtida
tozalanib turishga alohida e’tibor berish lozim, chunki
ularning to ‘lib, to ‘silib qolishi bachadonning to ‘silib
qolishiga, og'riqlarning paydo bo'lishiga, ajralishning
kechikishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Menstruatsiya vaqtida o‘z badani tozaligiga alohida
ahamiyat berish kerak, chunki qon kelayotgan vaqtda
bachadonning ichki yuzasi o‘ziga xos yarali yuzaga ay-
lanib qoladi va unda mikroblaming rivojlanishi uchun
qulay muhit hosil bo‘ladi.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o ‘g‘il bolalarda
beixtiyor urug‘ ajralish hollari — pollyusiya ro ‘y berishi
mumkin (lot. Pollutio — bulg‘anish). Pollyutsiya
ko‘pincha uyqu vaqtida ro ‘y beradi. Birinchi pollyut-
siyaning yuzaga kelishi o‘g‘il bolalarda spermatazoidlar
ajralib chiqa boshlaganidan dalolat beradi. Urug‘donlar-
dan ajralib chiqqan urug‘ pufakchalari va pubertat bez
lari aralashib ular urug‘ ko‘rinishida jinsiy yo'llarda
to ‘planadi va jinsiy a’zo taranglashuvi bilan tabiiy ra-
vishda tunda beixtiyor ajralib chiqadi.
Birinchi pollyutsiyalar o ‘rtacha 15—16 yoshlarda
ro ‘y beradi. Shu fursatdan boshlab pollyutsiya uzoq
muddat jinsiy tanaffusda bo‘lgan katta yoshdagi erkak-
larda ham ro‘y berishi mumkin.
Tunda urug‘ning ajralishi mutloqo normal, fiziologik
hodisadir. U jinsiy hayot bilan yashamaydigan har bir
yigit yoki erkakda kuzatiladi. Shuning uchun pollyut-
siyadan xavotirlanish ham kerak emas. Ulardan so‘ng
hech qanday buzilish ro‘y bermaydi.
Pollyutsiyalar odatda, oyda 1—3 marta ro‘y berishi
mumkin. Ular bundan kamroq ham, 1,5—2 oyda bir
marta ham bo‘lishi mumkin. 0 ‘rtacha pollyutsiya 10
kundan 60 kungacha oraliqda boTadi. Agar pollyutsiya
har kecha yoki bir kechada bir necha marta ro ‘y
bergudek boTsa, unda vrachga murojaat qilish lozim.
Pollyutsiya vositasida organizm ortiqcha urug‘
suyuqligidan va jinsiy zo‘riqishdan xalos bo‘ladi. Buorga-
nizmning maqsadga muvofiq va tabiiy reaksiyasi bo‘lib
jinsiy barqarorlik uchun fiziologik sharoit yaratadi.
Pollyutsiya haddan tashqari
tez takrorlanmasligi
uchun yigitlarga yotishdan oldin o ‘tkir taomlar iste’mol
qilish, ko‘p suyuqlik ichish, issiq ko‘rpaga o'ranishi,
55
«plavka» yoki badanga zich yopishib turadigan trusida
yotish tavsiya etilmaydi. Joy o ‘ta yumshoq ham
bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari jinsiy organlami toza
saqlash kerak.
Shuni ham nazarda tutish joizki, biologik jinsiy
yetilishni ijtimoiy yetilish bilan uyg'unlashtirib yubor-
maslik kerak. Menstruatsiya siklining boshlanishi bilan
qiz bola homilador
bo‘lishi mumkin bo‘lgani bilan
uning organizmi hah normal jinsiy hayotga tayyor emas.
Bu holat xuddi shuningdek o‘g‘il bolalar-o'smirlarga
ham taalluqh. 0 ‘g‘il bolalar-o‘smirlaming jinsiy balo-
g‘atga yetishi fiziologik jihatdan ham butun yoshlik
davri davomida amalga oshadi. Ijtimoiy jinsiy yetuklik
deb, faqat shaxsning shakllanishi nihoyasiga yetib, axlo-
qiy va fiiqarolik yetukligi shakllangan yoshini hisoblash
mumkin. Ijtimoiy jinsiy yetuklik faqat bolani dunyoga
keltirish imkoniyati bilan emas, balki uning har tomon-
lama normal rivojlanishi uchun eng maqbul sharoitlami
yaratib bera olish bilan belgilanadi.
|