gan qizlardan farqli o ‘laroq, jinsiy yetilish alomatlari o‘z
tengdoshlaridan ertaroq namoyon bolayotgan o‘g‘il bola
o ‘z tengdoshlariga qaraganda ancha afzalliklarga erisha-
yotganidan xursand bo‘ladi. U o'zining tengdoshlari jis-
monan kuchli bolishni xohlayotgan, shunday bolishga
intilayotgan ayni bir vaqtda jismonan baquw at bo‘la bo-
radi. Uning o‘ziga ishonchi sportda, jismoniy o ‘sishda
yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga erisha borishi, mus-
kullarining kattalashishi, shuningdek atrofdagilar o‘rtasi-
da mashhurlashib borayotgani kabilar evaziga tobora
ortib boraveradi. Erta jinsiy rivojlanish bunday bolani
uning o‘z sinfidagi shu muammolar bilan qiziqayotgan
qizlar bilan teng sharoitga qo‘yadi. Hamma narsalar uning
foydasiga hal bo‘ladi va u taxminan 2—3 yil davomida
vaziyatning xo‘jayini hisoblanadi. Tadqiqotlaming ko‘rsa-
tishicha, jismoniy va jinsiy yetilish davri tengdoshlaridan
ertaroq boshlangan bolalar odatda hissiy holatlarining
turg‘unligi, o'ziga ishonganligi va o‘z tengdoshlariga qara
ganda atrofdagilar tomonidan ko'proq tan olinganligi bi
lan farqlanadilar. Shuningdek, bunday bolalar kelgusi yil-
larda ham, ya’ni ular katta bolganlarida ham hayotda
ko‘proq muvaffaqiyatga erishadilar.
0 ‘smirlik davri arafasida kuzatiladigan yuqorida
aytib o ‘tilgan ayrim holatlaming, ya’ni jinsiy balog‘atga
yetishning erta yoki kech ro‘y berishi bu salomatlikning
buzilishi yoki normalligini bildirmaydi. Ular faqat jinsiy
balog‘atga yetish, jismoniy va jinsiy rivojlanishning indi
vidual xususiyatlarga ega ekanligining ko‘rinishlari xo-
los. Shuning uchun ulaming erta yoki kech boshlanishi
hech qanday xavotirlanish, qo‘rqish, shubhaga asos
b o la olmaydi.