ham muhabbat haqidagi turlicha, ko‘pincha bir-biriga
zid fikr va ta’riflami uchratish mumkin.
Ba’zi mualliflar esa muhabbat hislarini sof ruhiyat
komponenti sifatida bayon etib, undagi fiziologik kom-
ponentni inkor etadilar. Fiziologik komponent hayvon-
larga xos bo‘lgan organik ehtiyojlami qondirishdan iborat
instinktning ifodalanishi sifatida idrok etiladi. Shu sababli
ham ular odam hayvoniy hirsdan,
jinsiy intilishlardan
ozod bo‘lishi kerak deb, hisoblashadi va muhabbat hislar-
iga bir yoqlama yondashishadi. Klassik asarlarda, jum-
ladan, qadimgi hind traktatida muhabbatga bir muncha
to ‘liq ta’rif beriladi: «Aql mayli hurmatni tug‘dirsa, qalb
mayli do‘stlikni, tana mayli xohishni tug‘diradi. Aql, qalb
va tana bir bo‘lib sevgi-muhabbatni tug'diradi». Volter:
«Sevgi-muhabbat — bu ham qalb, ham aql va tanaga bir
vaqtning o ‘zida hujum qilinadigan eng kuchli, zavqli his-
tuyg‘ulardan biridir», — deb ta ’rif beradi. Bu ta ’riflami
o'zaro taqqoslash va ruhiy tahlil qilish, sevgi-muhabbat-
da zaruriy ruhiyat komponenti bilan bir paytda fiziologik
komponent ham hisoblanadi.
Qadimgi
yunonlar sevgi-muhabbatni
qanday
yo'nalishda
ketishiga qarab ikki turga — «eras» va
«agape»ga bo'lganlar, vaholanki, ular muhabbatning ik
ki
muhim tomonidir, ya’ni «eras» — muhabbat ob’ekti-
ga ega bo'lishga, uni o ‘ziniki qilib olishga qaratilgan
bo‘lsa, «agape» — hissiyotni boshidan kechirayotgan
shaxsning hissiyot ob’ektiga o‘zini bag‘ishlashidir. Ana
shu hissiyot har bir odamda uchraydi. Shu hissiyotlarda
qaysi biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni,
aniqrog‘i hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va
uning muhabbatdagi istiqbolini ham oldindan aytib
berish mumkin. Basharti «agape» ustunlik qilsa, his-
siyotning umri uzoq bo‘lishi va aksincha «eras»
ustun
bo‘lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir bo‘lib, bunday
odamdagi muhabbat hislarining umri nihoyatda qisqa
bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi.
Sevgi-muhabbat tuyg‘ularini D.A.Li bir necha
turlarga bo'ladi:
1. EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo‘lib, bu
hislar asosida yotgan motiv muhabbat ob’ektiga jis
moniy ega bo'lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik
qiladi.
62
2. LYUDUS — sevgi hislarining unchalik chuqur
bo‘lmagan muhabbat o £yini sifatida idrok qili-
nadigan, sevgi hislari ob’ekti oson almashishi
mumkin bolgan turi.
3. STORGE — tashqi ko‘rinishidan kuchli ifodalan-
magan, ammo ishonchli muhabbat-do‘stlik turi.
4. PRAGMA (L+S) — lyudus
va storgelardan iborat
doimo ong nazoratida bolgan, sevgan shaxsining
manfaatlarini ko‘zlagan maqsadlari asosida yuza
ga kelgan sevgi hislaridir.
5. MANIYA (E+L) — eros va lyudusdan iborat
b o lib , sevgan kishi sevgi ob’ektidan tobeligi bilan
xarakterlanadi. Ammo eros va lyudusdan bu
turning farqi sevgan shaxsda o £ziga ishonch his
lari yetarli bolm aydi.
6. AGAPE (E+S) — eros va storgelar yiglndisidan
iborat kuchli ifodalanadigan,
sevgan
kishi
muhabbat ob’ektiga hamma narsasini va hatto
o‘zini ham bag‘ishlashga tayyor bolgan hislar
turi va hokazo.
Kuzatishlarga ko£ra, erkaklarning sevgi-muhabbat
hislarida ko£proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa
pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.
0 £smir va o£spirin yoshidagi o£g£il va qiz bolalarda
ko£proq maniya turi,
katta
yoshdagilarda esa boshqa
turlar kuzatiladi.
Bir shaxsning hayotida muhabbatning yuqoridagi bir
necha turlari alohida kuzatilishi mumkin. Ba’zilarda esa
faqat bitta tur uchraydi. Bizning fikrimizcha, muhabbat
turlari sevgan va sevilgan kishilaming yoshiga, husniga,
m a’lumotiga, madaniy saviyasiga, jam iyatda tutgan
mavqeiga, hayot tarziga, dunyoqarashiga,
qaysi muhitda
tarbiyakolganligiga, xarakteriga, jinsiy hulqiga, qarama-
qarshi jins haqidagi tasawuriga, nerv sistemasiga, milliy
psixologik xususiyatlariga bogliq. Ba’zi yigit va qizlarda
sevgi hislari bir turda boshlanib, m a’lum vaqtdan so£ng
o £zga turga o ‘tishi mumkin. Masalan: «Eros» turida
boshlanib «agape»ga aylanish yoki «lyudus» tarzida yuza
ga kelib, «storge» turiga o lish i mumkin.
Agar muhabbat turiga nazar tashlaydigan bolsak,
erkin muhabbatning shakllanishi o £rta asrlarga to £g£ri
keladi.
Xususiy mulkchilikning
ravnaqi, antagonistik
64
sinflaming mavjudligi, ayollarning huquqsizligi erkin
muhabbatning ravnaq topishiga to‘sqinlik qiladi. «Layli
va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Farhod va Shirin»,
«Romeo va Juletta» kabilarni erkin muhabbatning yuza
ga kelishi va uning taqdiri haqidagi ilk asarlar deb aytish
mumkin.
Taraqqiy etgan jamiyatda yangi tartiblarga asosan
yuzaga kelgan oila, erkak va ayol o'rtasidagi mavjud
tengsizliklami yo'qotish muhabbatning
yuqori darajada
ravnaq topishiga zaruriy shart-sharoit yaratadi.
Lekin, afsuski, ba’zi yoshlar «erkin hayot», «erkin
muhabbat» kabi ruhiyat omillarini noto‘g‘ri tushunib,
m a’naviy axloqsizlikka mayl q o ‘yishyapti, insonlar
o‘rtasidagi eng nozik bolm ish jinsiy munosabatlardan
esa «boylik orttirish», «go‘zal hayot» kechirish manbai
sifatida foydalanishmoqda.
Bu axloqiy tubanlik,
nosoglom dunyoqarash oqibatidir. Bu hoi ba’zi oilalar
da m a’naviy tarbiya masalasi unutib qo’yilganligining,
ayrim ta’lim-tarbiya muassasalari va ularning pedagogik
jamoalarining o ‘z vazifalarini yetarh darajada uddalay
olmayotganliklari natijasidir.