1.
A. Lemexova.
N ravstven n aya p od g o to v k a uch ash ixsya v e c h e m e y
shkolbi к lic h n o y jiz n i. A vtoref. kand. diss. М ., 1973.
67
Boshlang‘ich sinflardan o‘smirlik yoshigacha o‘g‘il
bolalar ko'pincha o‘g‘il bolalar bilan, qiz bolalar esa qiz
bolalar bilan yaqin m unosabatda b o ‘lishi tufayli
jinslaming bir-birlaridan uzoqlashishi kuzatiladi.
0 ‘smirlik yoshidan boshlab ular orasida yaqinlashish
mayli paydo bo‘la boshlaydi. 0 ‘smirlikning birinchi
davrida bolalar o‘zaro biror narsadan qo‘rqqan teng-
doshiga «qiz bolamisan, qo‘rqasan», «o‘z so‘zining usti-
dan chiqmagan qiz bola» kabi iboralami qo‘llashadi. Bu
iboralar ularning, asosan, o ‘z jinsini ustun qo‘yishga in-
tilishi, qiz bolalami tan olmasligini ko‘rsatsa, qizlar ham
o‘z navbatida o‘g‘il bolalarni nazar-pisand qilmaslikla-
rini ko‘ramiz.
Muhabbat bosqichlari
To‘iaqonli sevgi-muhabbatni his etgan har bir inson
muhabbatning boshlang‘ich, alangalangan va o ‘zaro
hurmat bosqichlarini bosib o ‘tadi.
Boshlang‘ich bosqich haqiqiy, istiqboli porloq, bir
umrlik sof muhabbatning boshlanishi yoki aksincha
shunchaki bir havas bo‘lishi yoki umri qisqa sevgining
biror bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Mazkur bosqich
muhabbatning «agape» turining boshlanishi yoki
«lyudus» turining o‘zginasi bo‘lishi mumkin.
Bu albatta, sevib qolgan odamning dunyoqarashiga,
uning o‘ziga xos xususiyatlariga, ya’ni tez sevib qolishi-
ga, hissiyotni paydo qilgan omillarga, ya’ni o‘z shaxsini
tasdiqlash, o ‘zgalardan qolishmaslik, bo‘sh vaqtini xur-
sandchilik bilan o ‘tkazish, oila, ota-onalar iskanjasi
yoxud nazoratidan ozod bo‘lish, erkinlikni qo‘lga olish,
oila qurish, haqiqiy umr yo‘ldoshini uchratib, bir umr
unga g‘amxo‘rlik qilish, unga hayotini bag‘ishlashi va
hokazolarga bog‘liq.
Birinchi bosqichning о ‘sib ikkinchi va uchinchi
bosqichlarga o ‘tishi zarurmi, yo‘qmi?, — degan savol
ko‘pchilikni qiziqtiradi. Birinchi bosqichda, yuqorida
aytganimizdek, hamisha ham to ‘laqonli m uhabbat
b o ‘lavermaydi. Ikkinchi bosqichga o ‘tgandagina uni
haqiqiy, to‘laqonli muhabbat deyish mumkin.
Birinchi bosqich ko‘p kishilarda kuzatiladi va ikkinchi
bosqichga o ‘tm asdan so‘nib qoladi. M uhabbatning bu
68
bosqichi estetik didimizga birmuncha to ‘g‘ri keladigan,
estetik va jinsiy ehtiyojlarni qondirish (jinsiy yaqinlik shart
emas) mumkin bo‘lgan ikki jinsning m a’lum vaqtgacha
b o lg a n o ‘zaro munosabati natijasida yuzaga keladigan
hissiyotdir. Bu ko‘pincha muhabbatning «lyudus» turini
tashkil qiladi. Lekin ko‘chada uchratib, birdan yoqtirib
qolish kabi hollami birinchi bosqichga kiritib bo‘lmaydi.
Ikkinchi, ya’ni alangalangan bosqichdan birinchi
bosqichga qaytilmaydi. Ikkinchi bosqichdan faqat uch
inchi — o‘zaro hurmat bosqichiga o ‘tish mumkin xolos.
Demak, faqat birinchi bosqichgina qaytish xarakteriga
ega, ikkinchi bosqichdan boshlab hissiyot ortga qaytmas
xususiyat kasb etadi. Faqat m a’lum sabablarga ko‘ra bu
bosqichlar «tez» bosib o‘tilishi mumkin. Bu ayniqsa,
yoshlikda ilk sevgi — muhabbatni boshdan kechirishda
yoki birdan sevib qoladigan yengil tabiatli kishilarda
uchrashi mumkin. Buni birdan alanga olib tez so‘ngan
gulxanga o ‘xshatish mumkin. Demak, bunday hissiyot
uzoq davom etmaydi. Bundan m uhabbat o ‘tkinchi
tuyg‘u ekanda, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak.
Birinchi bosqichning o‘rtacha davom ettirish vaqti
hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsning yoshiga,
jinsiga, hayot tarziga, shaxsiy xulq-atvoriga shuningdek,
bir qancha tashqi va ichki sabablarga bog‘liq bo‘lib,
ba’zida hatto bir necha soatdan bir necha kungacha,
bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Buning aniq
o‘lchovi bo‘lishi mumkin emas.
Qizlar hissiyotidagi ruhiy omil yigitlardagiga nis
batan kuchli bo‘lganligi va oilaviy hayot bilan oilaviy
baxt qizlar hayotida muhim o ‘rin egallashi sababli sev-
gan kishisiga fidoyilik, uning manfaatlarini o‘z man-
faatidan yuqori baholash, sevgan kishisiga o ‘zini
bag‘ishlash fazilatining kuchliroq ifodalanishi sababli
ko’proq qizlarda bu bosqich tezroq o ‘tadi.
Hayotda ko‘p qizlaming aldanish oqibatida xomilador
bo‘lib qolishi, yigitlarning boshqa qiz bilan turmush qurib
ketishi bu bosqichning qizlarda nisbatan tez kechishini
ko’rsatadi. Buning sababini qizlarning
shunchaki
yengiltakligidan qidirmasligimiz, bu sevgi-muhabbatdagi
ruhiyjarayonga bog'liq ekanligini tushunishimiz lozim.
Birinchi bosqichni nisbatan tezroq bosib o‘tgan qiz
lar uchun ikkinchi bosqich yigitlardagiga nisbatan uzoq
69
davom etadi. Buning sababini quyidagicha tushuntirish
mumkin:
— awalo qizlarda ruhiy omilning jinsiy omilga nis-
batanustunligi. Ko‘pincha jinsiy hayot ularda hissiyotning
ikkinchi bosqichida boshlanadi. Yigitlarning hissiyotida
jinsiy omilning kuchliligi sababli ruhiy qoniqish tezroq
kechadi, chunki ruhiy omil miqdorining o‘zi kamdir;
— jinsiy hayot kechirish bilan his-tuyg'ular yigitlar
uchun oila qurgandan so'ng paydo bo'ladigan yangilik
emas, chunki ularning ba’zilari uylanmasdan oldin ham
ancha — muncha tajribaga ega bo'ladilar.
Qizlar esa oila qurganlaridan, ya’ni jinsiy hayot
kechira boshlaganlaridan so'ng ilgari ularga batamom
nom a’lum bo'lgan his-tuyg'ular
oilaviy hayotning
ahamiyatini
yanada oshiradi. Erga bo'lgan m ehr-
muhabbat yanada oshadi. Shu bois qizlarda ikkinchi
bosqichning umri uzayadi.
Uchinchi bosqich ikkinchi bosqichdan hissiyotning
kuchi va tashqi ifodalanishining birmuncha susayishi bi
lan muhabbat ob’ektini ideallashtirgan tarzda emas, bal
ki sevgilining shaxsidagi yutuq hamda kamchiliklarini
ob’ektiv idrok qilinishi bilan farq qiladi.
Aksariyat sevishganlar va er-xotinlar uchun ikkinchi
bosqichdan uchinchisiga o'tish ular orasidagi muno-
sabatlaming saqlanib qohshiga shubha tug'diradi. Bu
shubha bosqichdan bosqichga o'tishda emas, balki har
bir sevishgan juftlarda
m uqarrar yuzaga keladigan
sevgining o'zaro hurmat bosqichiga o'tishini oldindan
bilmaslik, o'tishdagi hissiy o'zgarishlami noto'g'ri talqin
etish, «muhabbat ob’ektini tanlashda adashdim, shekil-
li», kabi yanglish fikrlami yuzaga kelishidandir.
Aksariyat yosh oilalarda shunday vaqtda er-xotin
orasida kelishmovchiliklar ko'payadi va ko'pchilik yoshlar
bunday vaziyatda oiladan chetda yangi sevgi-muhabbat
ob’ektini qidirib qolishadi. Ayrim oilalar esa bu o'zgarish-
larni noto'g'ri talqin etib, ajralib ham ketishadi. Shuning
uchun yoshlar muhabbat hislarining turli bosqichlarda
bo'ladigan o'zgarishlami oldindan bilishlari va o'z his-
siyotlarini oldindan qurbon qilmasliklari kerak.
Uchinchi bosqich umming oxirigacha davom etishi
yoki turli va chetdan bo'ladigan ta’sirlarga ko'ra bar-
ham topishi mumkin.
70
Agar er-xotinlarning birida «yangi muhabbat» tug‘ilib
qolsa, turmush buzilib ketishi mumkin. 0 ‘rtada «yangi
muhabbat»ga sababchi uchinchi shaxs paydo b o ‘lmasa
oila buzilmaydi. Chunki odam qariganda yolg'iz qolish-
dan, o ‘g‘il-qizlar, kelinlar, nabiralar, tanish-bilishlar oldi-
da gap-so‘z bo'lishdan, obro‘ni yo‘qotishdan qo'rqadi.
Bunday to‘siqlarni yengib o‘tish uchun esa albatta, o‘rta-
da muhabbat bo ‘lishi kerak. Aks ho Ida oilaviy burch
zo‘rma-zo‘raki bajarib boriladi xolos.
Uzoq yillar uchinchi bosqichda yashagan er-xotinlar
ikkinchi bosqichga qaytishlari mumkin emas.
Ikkinchi bosqich konkret sevgilisi bilan bir marota-
ba boshdan kechirilib, shu shaxs bilan ikkinchi bosqich
ga qaytish bo‘lmaydi.
Alangalangan bosqichni odam o ‘z hayotida bir
necha marotaba his etishi mumkin, ammo har birida
yangi sevgi bo‘ladi.
Uchinchi bosqichni uzoq yillar davomida birga yasha
gan oilalarda kuzatish mumkin. Bunda erning xotiniga
yoki xotinning erga bo‘lgan hissiyoti keskin kuchayadi.
Ya’ni hissiyotda umrning ayrim yoshlarida ko‘tarilish
kuzatiladi. Ayniqsa, tashqi sabablarga ko‘ra m a’lum vaqt
ayriliqda yashaganda oilaviy hayotdagi mayda-chuyda
narsalar ilgarigi ahamiyatini yo‘qotganda, o ‘rtadagi sevgi-
muhabbat hislari qayta tiklanadi. Va hatto zo‘rayib ketadi.
Ba’zan esa bu hoi katta fojealarni boshdan kechirish,
yaqin kishilarini yo‘qotishdan so‘ng ham bo'lishi mumkin.
Er-xotinlardan birining oiladan tashqari jinsiy munosabat-
da bo‘lganidan so‘ng ham o ‘z turmush o ‘rtog‘iga bo‘lgan
hissiyotining kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Er-xotin o ‘rtasidagi his-tuyg‘ularining susayishiga
o£ta faol jinsiy hayot kechirish, oilada bo‘lib turadigan
mayda-chuyda kelishmovchiliklar ham sabab bo‘ladi.
Nikohgacha bir-birlariga yaxshi ko‘rinish, dilni rom qi
lish maqsadida chiroyli kiyinish, pardoz-andozga zo‘r
berish, xulq-atvorning faqat yaxshi tomonlarini ko‘rsa-
tishga urinish, to ‘ydan keyin sal vaqt o ‘tmay m a’lum
bo‘lib qoladi. Ya’ni insonning asli namoyon bo£la bosh
laydi. Hatto bir-birimizsiz yashay olmaymiz deganlar
bir-birini haqorat qilishgacha boradi. Bularning bari
o £rtada chin sevgi bo£lmaganidan yoki uni asray olma-
ganlikdan dalolat beradi.
71
Sevgi-muhabbatning paydo bo‘lishini bevosita mijoz
toifasiga bog‘lash xato bo Mar edi, ammo mijoz bilan
hissiyotning ifodalanishi orasidagi o ‘zaro bog‘liqlikni
ham inkor etib bo‘lmaydi.
Xolerik va sangvinik toifadagi yoki ularning ara-
lashuvidan iborat toifadagilar o‘zgalar bilan tez va oson
til topishadi. Bu toifadagi erkak va ayollar o ‘zlariga
do‘st topishda unchalik qiynalmaydilar. Shuningdek,
bunday toifadagi odamlar flegmatik va melonxoliklarga
nisbatan tez va oson sevib qoladilar. Chunki ularda
hissiyot tashqi tomondan kuchli ifodalangan va shu
sababli ham hissiy qoniqish osonroq va tezroq sodir
bo‘ladi. Bundaylar yuqoridagi aytib o ‘tilgan bosqichlarni
birmuncha tezroq bosib o'tishlari ham mumkin.
Flegmatik va melonxoliklar esa o ‘zgalar bilan til
topshishlari ancha qiyin. Ular duch kelgan kimsa bilan
do‘stlashib ketavermaydilar. Ammo do‘stlikning qadriga
yetadilar va arzimagan sabab uchun do‘stlikdan kech-
maydilar. Bu toifadagi kishilarda hissiyot nihoyatda
chuqur va pinhona kechadiki, buni boshqalaming tashqi
tom ondan sezishi qiyin.
Buni xuddi daryoning
chuqurligini uning sahtiga qarab bilib bo ‘lmaganiga
o ‘xshatish mumkin.
Muhabbatning qay darajada ifodalanishi mijoz turi-
dan tashqari o‘sha odam yashayotgan sharoit, muhit,
tevarak-atrofdagilar qarashi, sotsial axloqiy va milliy
mezonlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ba’zi millat-
larda qizlarning nikohgacha jinsiy hayot kechirganligiga
yoki bu borada m a’lum tajriba orttirganligiga birmun
cha odatiy hodisa sifatida qaralsa, boshqa joylarda bun
day qizlarga nafrat bilan qaralib, ularning bu ishlari
sharmandalik hisoblanadi. Jumladan, Kavkaz va 0 ‘rta
Osiyo mamlakatlarida
mahalliy millatlar uchun qiz
bolaning nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo‘lishi
axloqsizlik, — deb qaraladi. H atto 0 ‘zbekistonning
ba’zi qishloqlarida «qiz yigit bilan yurar emish» — de
gan mish-mish gaplarning o‘zi shu qizga sovchilarning
kelmasligiga, qizlik obro‘sining tushishiga, turmushga
chiqish imkoniyatining keskin pasayishiga olib keladi.
|