Er-xotin qanchalik yosh bo‘lsa, bu davr shunchalik
og‘ir o ‘tadi. 0 ‘zaro kelishmovchiliklar ko‘payadi.
Ularning yoshligi, hayotiy tajribalarining yo‘qligi oqibati-
da «muhabbatimiz o ‘ldi» yoki «muhabbatda, umr yo‘l-
doshi
tanlashda adashdim, men hali yoshman xatoimni
to ‘g‘rilab olaman», deb oilaviy yong‘inni alanga oldirish
bilan ahvol yanada og‘irlashadi. Kuyov o‘zicha: «Ko‘cha
to la xotin», — desa, kelin: «Er qurib qolibdimi, ko‘chaga
chiqsam son mingta er, xohlasam ertagayoq birontasiga
tegib olaman» — degan xayolga borishlari mumkin.
Natijada to ‘yinishga uchragan hissiyotlarni va o ‘zaro
munosabatlarni ruhiy jihatdan tahlil qihb, to ‘g‘ri xulosa
chiqarish o ‘rniga, salbiy munosabatlar yuzaga keladi va
ikki yosh ham bu munosabatning quliga aylanib qoladilar.
Bunda albatta, kelin yoki kuyovning ota-onasidagi
kamchiliklar, do‘sti yoki qarindoshining to ‘ydan aw al
ogohlantirgani yoki to ‘ydan
oldin sevishganlar orasida
bo‘lib o ‘tgan mayda-chuyda gaplar kuyov va kelin m a’lu-
motidagi tafovutlar: «Savodsiz bo ‘lmasa shu ishni qi-
larmidi?», «Oliy m a’lumotli xotin olgandan k o la uylan-
masdan o ‘tgan yaxshi»; yosh orasidagi tafovutlari:
«Xotining pedagog bo‘lsa, bir umr tarbiyalaydi», «Ering
san’atkor bo‘lsa, oilaviy hayoting sahnaga aylanadi, xoti
ning san’atkor bo‘lsa, vafosizlik soya kabi ajralmaydi»;
milliy tafovutlar: « 0 ‘z millatim bilan turmush qurganim-
da shunday xorlanmas edim»; ota-onaga aloqadorlik:
«piyanista otaning o‘g‘U kim bo‘lardi?», «it emganiga tor-
tadi» va shu kabi o‘zini oqlab, bor gunohni umr yo‘ldoshi-
ga ag‘darishga intilish salbiy munosabatlarning shaklla-
nishiga imkon yaratadi.
Bunday munosabat shakllangandan so‘ng oilaviy
hayotdagi har qanday kelishmovchilik va nizolar xuddi
shu munosabat zaminida hosil bo‘layotgandek idrok eti-
ladi. Bu munosabatga aloqador bo‘lmagan voqealar
xotirada saqlanmaydi, unga
aloqadorlar esa uzoq mud-
datgacha xotirada saqlanib qoladi. Undan so‘ng er-xotin
salbiy munosabatlar quliga aylanadilar. Bu esa asta-
sekin oila poydevorini yemirib, uning barbod bolishiga
olib keladi. Endi o‘zaro er-xotinlar emas, balki ular
orasida yuzaga kelgan salbiy munosabatlar kurashadi.
Er-xotin esa mazkur munosabatlarning «jasur» jangchi-
lariga aylanadilar. Ular
orasidagi jang muhabbat ta-
77
momila barbod bo'lgunicha davom etaveradi. Lekin
barcha oilalarda ham o'tish davri yuqorida ifodalangan-
dek kechavermaydi.
Yuqorida sevishganlar o'rtasidagi salbiy munosabat va
uning oilaviy munosabatga zarbasini aytib o ‘tdik xolos.
Ammo munosabatlar ijobiy ham bo'ladi. Muhabbatning
birinchi bosqichida va, ayniqsa, ikkinchi bosqichida ijobiy
munosabatlar o'zining yuqori nuqtasiga yetadi. Ammo
ba’zi er-xotinlar (ko'pincha ayollarda) uchinchi bosqich-
ga o'tishda va o'tgandan so'ng atrofdagi er-xotinlarga
havas bilan qaraydilar, ularni o 'z erlariga o'rnak qilib
ko'rsata boshlaydilar. Bunda aksariyat ayol kishining o'z
hayotiga xolisona ko'z bilan qaramasdan chiqargan
xulosalari ustunlik qiladi. Bunday ayol va erkak o'z eri
yoki
xotiniga ularning hamkasblari, do'stlari, tanish-bi-
lishlari ko'zi bilan qarab ko'rishlari kerak. Shunda ular o'z
umr yo'ldoshlarida qanchadan-qancha ijobiy xislatlarni
ko'radilar, ulardan boshqalarda bo'lmagan, biroq o'zlari
qadrlay bilmagan qimmatli tomonlarni topadilar.
Xalqimizda «oldingdan oqqan suvning qadri yo'q»,
degan maqol bor. Bu eng awalo oilaviy hayotga, er-
xotin o'rtasidagi munosabatlarga taalluqlidir. Shuning
uchun doimo o'rtadagi sevgi-muhabbatning qadr-qim-
matini arzimagan sabablarga ko'ra
yo'qolishiga yo'l
qo'ymaslik, ko'ngilsizliklaming oldini olib yashash ke
rak. Aks holda keyingi afsus va pushaymonlar bir umr
ruhiy azob berishini, yo'l qo'yilgan
bu xatoni bir umr
tuzatib bo'lmasligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Hayot murakkab jarayon, unda nimalar bo'lmaydi,
deysiz. Arzimas sabablardan janjal chiqarishga, uni avj
oldirishga harakat qilmaslik kerak. Bizda «er-xotinning
urishi — doka ro'molning qurishi», degan ibrath gap
bor. Xususan, o'rtada farzandlar paydo bo'lgandan
keyin juda ehtiyot bo'lish zarur. Barbod bo'layotgan
muhabbat tuyg'usini hech bo'lm aganda norasida
go'daklar hurmati uchun, ular taqdirini o'ylab ham
asrab qolish shart. Hech bo'lmasa, oila saqlab qolinma-
ganida ham sevgi-muhabbat hislarining
nafratga aylanib
ketishiga yo'l qo'ymaslik zarur.
Oilaviy hayotdagi xursandchiliklarni, o'tib ketgan
shirin damlami, iliq munosabatlami eslash ham arzimas
nizolar ro'yobga chiqishining oldini oladi. Bu o'rinda
78
er-xotin bir-birlarining xulq-atvorlaridagi ijobiy xusu-
siyatlarini eslab turishlari ham muhim rol o‘ynaydi.
Shuni eslatib o ‘tish kerakki, muhabbatning ikkinchi —
alangalangan bosqichi umrini uzaytirishga, o ‘zaro hur-
mat bosqichiga inqirozsiz, nizolarsiz o ‘tishga yoshlarni
tayyorlash zarur. Bu esa oilaning totuv yashashiga yor
dam beradi. Buning zaruriy shartlari o ‘ta
madaniyatli
boiish, oilaviy turmushga ijodiy yondoshishdir.
Umuman oilaviy hayotda, jumladan, yosh oilalarda
kelishmovchiliklarga, qo‘ydi-chiqdilarga olib keluvchi
sabablar ko‘p. Shulardan biri-rashk tuyg’usidir. Ba’zan
rashk og‘ir va kutilmagan oqibatlarga sabab bo ‘lishi
mumkin. Shuning uchun ham biz quyida rashk tuyg‘usi,
uning ko‘rinishlari haqida to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.
Bu haqda bilib qo‘yish va m a’lum tasawurga ega bo'lish,
Siz yoshlar uchun ham foydadan holi emas.