Ishonchsizlik doirtio xiyonat, shubhalanish muhitini
yuzaga keltirar ekan, bundan ularning o‘zlari birinchi
bo'lib azoblanadilar. Ular arzimagan bahona tufayli
uning bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar, yolg‘iz
yoki oshkora janjallarni yuzaga keltirishga doimo tayyor
bo'lishadi.
Bu esa ularning uyda, ishda va butun hayoti-
da boshqa odamlar bilan bo'ladigan o'zaro munosabat
lariga, jumladan, jinsiy munosabatlariga ham jiddiy
ta ’sir qiladi va ko'pincha ayanchli psixologik xastaliklar,
shikastlanishlarga ham olib kelishi mumkin. Bunday
holatlarda har ikki jins vakillari o'z juftiga rashk qilish
uchun
hech qanday sabab, asos, bahona yaratib
qo'ymaslikka harakat qilishi, ayniqsa «sevgining uyqu»
davrida ko'proq iliqlik, sabr-toqat, chidamlilikni
namoyon qilishlaii lozim bo'ladi.
Psixologlar rashkni «zolimona rashk» va «izzat-nafsi
paymol qilinganlikdan» bo'ladigan rashklarga farqlaydi-
lar. Zolimona rashkni odatda xudbin (egoist), qaysar,
zolim, hissiy sovuq va begonalashib ketgan, yotsiraydi-
gan, yetarlicha avtoritar odamlar yuzaga keltiradilar.
Bunday odamlar odatda turmush o'rtoqlariga
faqat bir
buyumdek, o'z manfaati, farog'atini qondirish ob’ekti,
o 'z mulkidek qaraydilar. Ularda boshqa odamning
shaxsiy xususiyatlarini sezish, hurmat qilish qobiliyatlari
rivojlanmagan bo'ladi. Izzat-nafsi, sha’ni kamsitilgan-
likdan bo'ladigan rashk-bu
odatda hayajonlanadigan,
har narsadan gumonsirayveradigan, o'ziga ishonmaydi-
gan, xavf-xatar va noxushliklarni bo'rttirishga moyil,
nuqsonlar kompleksidan jabrlanuvchi odamlarga xosdir.
Ularning rashki unchalik g'azabli, qahrli bo'lmasligi,
biroz yumshoqroq namoyon bo'lishi mumkin. Biroq
uning ham o'z mohiyatiga ko'ra oilaviy baxt uchun
zahri, zarari kam emas.
Ba’zan «undalma» deb nomlanuvchi rashk ham
farqlanadi. Bunday rashkning manbai bo'lib, o'zining
turmush o'rtog'iga vafosizligini unga ko'chirish yoki
o'zining ishonchsizligi, turm ush o'rtog'iga
doimo
xiyonat qilishga tayyorligi kabilar xizmat qilishi
mumkin. Bu, ayniqsa, nikohdan oldingi «boy» seksual
tajribaning xavfli asoratlaridan hisoblandi.
Lov etib yongan rashk
mumkin bo'lgan barcha
«fakt»larning «qulog'idan» tortib, turmush o'rtog'ining
eng arzimagan, beozor xatti-harakatlari, qiliqlarini o‘zi-
ning yovuz, zolim,
tuban nurlari, ranglari bilan talqin
qilib, arzimagan narsalarni shubha botqog‘iga bulg‘ab,
ulardan o ‘zining namoyon bo ‘lishi uchun qo‘shimcha
quw at manbai sifatida foydalanadi. Ishdan ozgina ke-
chikib qolish, do‘stlar davrasidagi beozor imo-ishora yoki
so‘z, allaqachon unutib yuborilgan bolalik ishtiyoqlari va
shu kabi hayot ikir-chikirlarining hammasi g‘oyat daraja
da puxtalik bilan o‘z turmush o‘rtog‘iga qarshi, uni ayb-
lovchi aktlarning qalin tomlariga yig‘iladi.
Qizig‘i shundaki, bunday rashkka qarshi kuchli
asoslangan ta’sirlar ham, uni to ‘xtatib qolishga urinishlar
ham qaytanga uni kuchaytiradi va yanada qizdirib yubo-
radi. Xuddi qopag‘on itni zanjirga bog‘lab qo‘yilsa, battar
darg‘azab bo‘lib «tartib buzuvchilariga»
tashlanishi va
darg‘azab hurishi, ichib olganjanjalkash odamning qo‘li-
dan tutib turilsa, o ‘z tajovuzkorligini yanada kuchli
namoyon qilganidek, rashk ham shunga o ‘xshash holatni
namoyon qiladi. Aynan shuning uchun ham, umuman
«taqiqlangan meva»ning mazasi odamlar uchun shu
qadar shirin tuyulsa kerak, balkim.