Nikohga yetuklik xususiyatlari
Nikohga yetuklik tushunchasi ham o‘z navbatida
o£ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam
doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar
faoliyatida yoki m a’naviy va axloqiy rivojlanishida
muntazam yangidan-yangi cho‘qqilarga erishib boruvchi
mavjudoddir. Agar odamning u yoki bu faoliyatga «tola
yetukligi» haqida gapiradigan bo‘linsa, demak bu uning
m a’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivoj-
lanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun
ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetuk
ligi haqida gapirilganda, «yetuklik» tushunchasi tom
ma’noda o ‘rinli b o la olmaydi. Shuning uchun ham
odamning «yetukligi», ayniqsa, nikohga, oilaviy hayotga
«yetukligi» haqida gapirilganda, bu tushunchadan
m a’lum bir umumqabulqilingan standart, o £rtacha
m e’yor, m a’lum bir shartli «olchov birligi», ko‘rsat-
kichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi.
Masalan, barcha o £quv yurt lari (maktab, litsey,
kollej, institutlar) uchun bitirish imtihonlari (davlat
imtihonlari tizimi, diplom ishlari himoyasi tizimlari ka
bilar) mavjud bo lad i va ular yordamida bitiruvchilar
tomonidan o £zlashtirilgan o£rtacha bilimlar va malaka
yiglndisini aniqlash mumkin bo£ladi. Bu esa ularga
keyinchalik yana o£qishni davom ettirish yoki m a’lum
bir mutaxassislik bo£yicha ishlashi mumkinligi haqida
m a’lum bir huquq beradi. Shu nuqtai nazardan olingan-
da, «yetuklik» — rivojlanishning m a’lum bir bosqichi,
fazasi, chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy
xarakteristikasini m a’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi
ko£rsatkich bo£lib xizmat qiladi. Odamning nikohga,
oilaviy hayotga yetukligi masalasi esa o £ta murakkab,
biron-bir qat’iy m e’yor bilan olchab bolinmaydigan
individual xarakterga ega bolgan ko£rsatkichdir.
90
Shu keltirib o'tilganlarning o‘ziyoq nikoh oldi omil-
lari qay darajada murakkab xarakterga ega b o ‘lgan
muammolardan ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik muam-
molarini yoritishga bag'ishlangan psixologik adabiyotlar-
da nikoh oldi omillarining turlicha shakllari, ko‘rinish-
lari farqlanadi. Quyida Sizning e’tiboringizga ularning
ayrimlari haqidagi m a’lumotlarni havola etamiz:
Nikoh oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan
yoshlaming: oilaviv havotga vetukliei: ularning oila Qu
rish motivlari: ularning oila qurishgunlariga qadar bir-
birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi)
shartlari va sharoitlari: ularning o ‘zlarining bo‘lg‘usi
oilaviv havotlari haqidaei tasawurlari kabilami kirltish
mumkin. Albatta, bu omillarning har biri turli yoshlarda
turlicha xarakterda bo‘lishi mumkin, shu bilan birga
ularning har biri o ‘z navbatida yana bir necha turlarga
farqlanadi.
Masalan. nikohea vetuklik deyilganda oila quruvchi
yoshlarning: iismoniv (fiziologik), iinsiv. huauaiv. iati-
sodiv. m a’naviv-axloaiv. psixologik kabi yetuklik jihatla-
rini farqlash mumkin. Bulaming orasida huquqiy, jinsiy
yetuklik ko'rsatkichlari yetarlicha aniq alomatlarga, bel-
gilarga ega bo‘lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tib-
biy, psixologik adabiyotlarda ko'plab m a’lumotlar beril-
ganjihatlarbo'lsa, iqtisodiy, m a’naviy-axloqiy, psixologik
jihatlar bir oz murakkabroq, q at’iy bir ko'rsatkich,
chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Masalan, odamning jinsiy yetukligi o'ziga xos omil-
larga ega. Kliniк kuzatishlar ma’lumotlariga ko‘ra, hozir
gi zamon qizlarida jinsiy yetuklik (balog‘atga yetish) 12—
14 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda esa 14—16 yoshga to ‘g‘ri
keladi. Albatta, bu yetuklik ba’zi bir bolalarda ertaroq,
boshqa birlarida kechroq ro‘y berishi mumkin. Bu ko‘rsat-
kichlar ± 2 yoshga farq qilishi mumkin. Ayrim tibbiyot
olimlari bolalarning to ‘la jinsiy yetilishlari uchun yana
2—3 yil kerak bo'ladi, deb hisoblaydilar.
Jinsiy yetilish qat’iy jinsiy ehtiyojlarning shaklla-
nishiga olib keladi. Bu davrga kelib bolalarda ikkilamchi
jinsiy alomatlar namoyon bo'la boshlaydi. Jinsiy sekret-
siya bezlarining faolhgi ortadi. Qiz bolalarda oylik sikl-
lari (menstruatsiya), o ‘g‘il bolalarda pollyutsiyalar ro‘y
91
bera boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ularda puber-
tat davr boshlanadi. (Bu davr haqida va uning xusu-
siyatlari haqida 4-mavzuda batafsil m a’lumotlar beril-
gan). Demak, bu davrga kelib bolalarning moddiy va
ma’naviy qiziqishlarining o‘sib borishi bilan bir qatorda
jinsiy ehtiyojlar shaxs faolligining kuchli manbalaridan
hisoblanib, u turli psixologik va ijtimoiy shakllarda
namoyon bo‘la boshlaydi.
Jinsiy maylning, jinsiy ehtiyojning yuzaga kelishi
odamning biologik rivojlana boshlashining o ‘ziga xos
bosqichidir. Ular bola ruhiyatining rivojlanishiga,
shaxsining shakllanishiga, hayot faoliyatining boshqa ji-
hatlariga katta ta ’sir ko‘rsatadi.
Jinsiy hayotning ko‘plab muam m olarini nafaqat
yoshlarga, balki uzoq vaqt oila qurgan, farzandli bo‘lgan
katta yoshlilarga ham tushuntirib o‘tish lozim bo‘ladi,
chunki ularda ham shu asosda ko‘plab jiddiy nizolar
yuzaga kelishi mumkin. Jinsiy munosabatlar masalasi
o ‘ta nozik masaladir, bu borada ko‘pincha «yolg‘on,
bachkanalarcha uyatchanlik»ka duch kelinadi. Ba’zi bir
ota-onalar va o'qituvchilar hatto maorif rahbarlari ham
maktabda jinsiy tarbiya berish masalasiga e ’tiroz
bildiradilar va «Jinsiy tarbiya, jins masalasiga oid barcha
zarur m a’lumotlar biologiya kurslarida berilgan, buning
ustiga «ota-bobolarimiz bunday jinsiy savodxonliksiz
ham binoyidek yashaganlar», — qabilida mulohaza yu-
ritadilar. Albatta, bunday nuqtai-nazar o‘ta qoloq, bu-
gungi kun nikoh-oila munosabatlari talablarini, hozirgi
zamon oilasi funksiyalarini hisobga olmay chiqarilgan
xulosalardir. Aynan shunaqa yo‘llar bilan yoshlarga jin
siy tarbiyadek o‘ta nozik va zarur masalalar yuzasidan
beradigan har qanday sanitar gigienik oqartuv m a’lu-
motlarning ahamiyati butunlay kamsitib kelinmoqda.
Bu esa millionlab o ‘smirlarning jinsiy balog'atga
yetishish vaqtida g‘aflatda qolishlariga va buning oqi-
batida ayrim hollarda hayotda tuzatib bo‘lmaydigan xa-
tolarga yo‘l qo‘yishiga olib kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Hech nima bilan asoslanmaydigan xavotir, hadik,
gohida esa haqiqiy vahima zaminida o‘smir xulqida turli
xil og‘ishlar, nerv-fiziologik buzilishlar yuzaga kelishi
mumkin. Bulaming barchasi sanitar-gigienik tarbiyaning
yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi va jinsiy tarbiya berilma-
92
ganligining natijasidir. Bu masala, ayniqsa, bizning et-
nosimizda o ‘ta jiddiy mohiyat kasb etadigan masaladir.
Jinsiy tarbiya masalasiga ko‘pincha yo alohida e’ti
bor talab qilinmaydigan va hech qanday qiyinchilikni
yuzaga keltirmaydigan, har bir yosh guruhi uchun oson-
gina o ‘zlashtirish mumkin bolgan, yoki o ‘ta shaxsiy,
intim , ko‘pchilik orasida, ayniqsa, bolalar orasida
muhokama qilib bo‘lmaydigan masala tarzida qaraladi.
Shu kabi mulohazalar qator mamlakatlarda, ayniqsa so-
biq ittifoqda jinsiy tarbiyaga oid materiallami, bunga
taalluqli tadbirlami maktab dasturidan chiqarib tash-
lanishiga asos bo‘lgan. Bu o ‘rinda jinsiy tarbiyani, orga-
nizmning faoliyati haqidagi bugungi kunda har bir
odam o ‘zlashtirishi, bilishi zarur bo‘lgan sanitar-gigie-
nik, psixogigienik m a’lumotlar bilan uzviy bog‘liq tarz-
da qaralishi maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy hayotda esa jinsiy hayot psixologiyasi
haqidagi bilimlarga ega bo‘lish o ‘ta muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan masaladir. Turli mutaxassislar tomonidan
berilgan m a’lumotlarni kompleks tahlil qilgan holda
aytish mumkinki, har bir to'rtinchi ajralishgan er-xotin-
larda (ajralishlarning 29%ida) jinsiy mutanosiblikning u
yoki bu tarzda buzilishi (er-xotinning jinsiy nomu-
tanosibligi) sabab bo‘lmoqda.
Albatta, o‘zaro sevgi, ishonch va hurmat hislari,
qiziqishlar va niyatlarning umumiyhgi hislari qisqa vaqt
oralig‘ida yuzaga kelgan va shunga ko‘ra shoshilinch
oila qurgan juftlarga jinsiy hayot psixologiyasi borasidagi
bilimlar o ‘z-o‘zidan yordam bera olmashgi mumkin.
Bunday tezlikda, qisqa vaqtda (sovchilar, qarindoshlar
orqali bir-ikki haftadayoq) yuzaga kelgan oilalar miq
dori, ayniqsa, so‘nggi yillarda bizning millat vakillari
o ‘rtasida ortib bormoqda. Yoshlarning bir-birlariga nis
batan bolgan yoqtirishi va ijobiy emotsional hislari
kompleksisiz bu bilimlaming samarasi past boTadi. Ular
faqat er-xotinlar bir-birlarini yoqtirganlari, bir-birlari
uchun jozibali bolg an holatlardagina, er-xotinlarning
intim hayotini muvofiqlashtiradi. Boshqa tomondan,
nikohdagi jinsiy hayot psixogigienasi muammolaridan
qandaydir «bo‘lmag‘ur, uyat narsa» sifatida voz kechish
ham kerak emas. Chunki, ko'pchilik hollarda jinsiy
hayot psixogigienasi sohasidaga ilmiy bilimlar yosh er-
93
xotinlarga yo‘l qo’yilishi mumkin bo‘lgan ayanchli xato-
lardan qutulishga va shu bilan o ‘z nikohlarini saqlab
qolishlariga yordam berishi mumkin.
Shunday qilib, jinsiy yetuklik odam anatomiyasi va
fiziologiyasi nuqtai nazaridan yetarlicha aniq va ravshan
bo‘lgan hodisadir. Biroq uning psixologik, axloqiy jihat
lari o ‘ta murakkab. Shuning uchun ham odamning
nikohga jinsiy yetukligi deyilganda, uning fiziologik
nuqtai nazardangina yetilishini nazarda tutish jinsiy
yetuklikning to ’liq mohiyatini bildirmaydi, bundan
tashqari odam jinsiy hayot psixogigienasi borasida ham
zarur ilmiy psixologik bilimlarga, to ‘g‘ri tasawurlarga
ham ega boim og‘i zarur. Bu esa, shubhasiz, alohida
e’tibor, maxsus tayyorgarlik, o‘qitishni talab qiladigan
jarayondir.
Yoshlarni nikohga jinsiy yetuklik masalasidan tash
qari yuqorida keltirib o‘tilganidek, yana bir nechta ijti
moiy yetuklik turlarini farqlash mumkin. Bular: jinsiy,
fuqarolik, kasb-hunar, ijtimoiy-iqtisodiy, m a’naviy, axlo
qiy va psixologik yetukliklardir. Bulaming orasida yosh-
laming jinsiy (fiziologik) yetukligi boshqalariga qaraganda
ancha erta amalga oshadi, quyida bu masalalarga bog‘liq
ravishda yana qanday muammolar majmuining yuzaga
kelishi mumkinligi haqida to ‘xtalib o’tamiz:
Fuaarolik. huquqiy yetuklik bu odamning huquqiy ji-
hatdan balog‘atga yetish yoshi bilan, u huquqiy jihatdan
oila qurish, farzand ko‘rish huquqiga ega bo‘lgan shaxs
bo‘lib hisoblanishi bilan belgilanadi. Bizning mamlaka-
timizda bu 18 yosh deb ko‘rsatilgan. Bu vaqtda u
Konstitutsiyada belgilangan barcha huquq va majburiyat-
lardan foydalana oladigan bo‘ladi. 18 yoshni shaxsning
huquqiy yetuklik yoshi deb hisoblash mumkin.
Kasb-hunar yetukligi — bu ham ancha murakkab
tushunchadir. Uning murakkabligi shundaki, bir tom on
dan u qandaydir bilim yurtini, o ‘quv kurslarini bitirish,
ya’ni ma’lum bir ish turini bajarish uchun zarur bolgan
maxsus bilimlarga ega bo’lish bilan belgilanadi. Biroq
odam u yoki bu bilim yurtini (kollej, litsey, texnikum,
institutni) bitirganidan keyin o ‘zi tanlagan kasbi
bo‘yicha bir necha yil ishlab ko‘rishi kerak bo’ladi va
shundan keyingina uning kasb-hunar yetukligi haqida
gapirish mumkin.
94
Shu bilan birga ba’zi bir kasblar bo‘yicha 19—20
yoshlardayoq kasb-hunar yetukligiga erishish mumkin
bo‘lsa, boshqalarda, masalan, xirurg-vrachlikda kechroq
29—30 yoshga yetganda bunga erishish mumkin.
Shaxs yetukhgining yana bir iihati iitimoiv-iatisodiv
yetuklikdir. Bunda odamning o ‘zini va o ‘z oilasini
moddiy jihatdan mustaqil ta’minlay ola bilishi nazarda
tutiladi. Yoshlarning oila qurishlarida, ularning iqtisodiy
mustaqilligi alohida ahamiyatga ega. Bu o ‘rinda ham
turlicha yosh chegaralari mavjud, yoshlarning ayrimlari
18—19 yoshidayoq ota-onasi oilasidan iqtisodiy mus-
taqillikka erishishi mumkin, boshqalari esa 25—30
yoshlarida ham ota-onalarining moddiy yordamidan
foydalanadilar.
Bu yetuklik jihatlari orasida shaxsning ma’naviy va
axloqiy yetukligi haqida gapirish eng murakkabidir.
Chunki bu jihat haqida aniq bir mezon va tavsif hozir-
cha ishlab chiqilmagan.
Shunday qilib, «etuklik» tushunchasi o£zida ko‘plab ji-
hatlarni mujassamlashtiradi. Shuni aytib o ‘tish joizki
«etuklik» tushunchasi, albatta, m a’lum bir hayotiy tajriba
bilan, ya’ni «hayotiy bilimlar» bilan uzviy bog‘liqdir.
«Hayotiy bilimlarni o‘zlashtirish», «Hayot universitetlari-
dan» o ‘tishning ham o'ziga xos individual xususiyatlari
mavjud. Kimdir 20 yoshidayoq «hayotni yaxshi bilib ola
di», kimdir 30 yoshida ham bolaligicha qolaveradi. Bunga
mavjud ijtimoiy sharoit, jamoatchilik va ijtimoiy tartib-
ning ta ’siri katta. M a’lumki, oldingi vaqtlarda, ayniqsa,
urush yillari bolalar kattalar ham hamma vaqt uddalay
olavermagan hayotiy qiyinchiliklami boshidan kechirgan-
lar. U vaqtlarda 12—14 yoshdanoq bolalar onalariga oilani
ta ’minlashda yordam berganlar. Shuningdek, shahar va
qishloq joylarda istiqomat qiladigan, kam farzandli va
ko£p farzandli oilalarda, nuklear yoki ko‘p tabaqali
oilalarda o ‘sayotgan bolalaming ham oilani moddiy, ijti
moiy ta’minotiga hissa qo‘shish, bu ishlar bilan shug‘ul-
lanish muddatlari va miqdori turlichadir. Hayotni bilish,
hayotiy tajribalar turli individlarda turlicha jadallikda
amalga oshishi mumkin va bu o ‘rinda qandaydir bir yosh,
vaqt ora!ig‘ini ko£rsatish mutlaqo mumkin emas. Buning
ustiga hayotni, bizni o‘rab turgan atrof olamni bilish o‘z
navbatida cheksizdir.
95
Shunga qaramay, ijtimoiy va iqtisodiy yetuklikning
m a’lum bir m inim um chegaralarini belgilab olish
mumkin, ya’ni shunday hayotiy tajriba, bilimlar «mini-
mumi» mavjudki, ularsiz biron bir yoshni, yigit-qizni
tom m a’noda yetuk deb hisoblab bo‘lmaydi.
M ana, yuqorida keltirib o ‘tilganlarning o ‘ziyoq
«yetuklik» tushunchasi naqadar keng tushuncha ekanli-
gini ko‘rsatib turibdi. Shunga qaramay, biz undan foy-
dalanishga majburmiz. Chunki u nikohning mus-
tahkamligini belgilab beruvchi muhim shart-sharoit-
larni, vaziyatlami o‘zida mujassamlashtiradi.
Gap shaxsning psixologik yetukligi haqida borgudek
bo'lsa, bunda dastawal uning turli hayotiy vaziyatlar va
sharoitlami hushyor baholay olishi nazarda tutiladi. Bu
hushyorlik amaliylik, voqelikni to ‘g ‘ri baholay olish,
shaxsda o'zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka
va qobiliyatlarini yetarlicha ob’ektiv baholay olishda ham
namoyon bo‘lishi kerak. Afsuski, ko‘pincha yoshlar o ‘z
qobiliyatlarini orttirib baholab, o ‘z oldilariga erishib
bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘yib olishi hollariga duch
kelinadi. Ayniqsa, oilaviy hayotni tasaw ur qilish, unda o ‘z
o‘mini baholash masalasida yoshlarimiz ko‘proq xatoga,
o‘zlarini orttirib baholashga, oilaviy hayotdan mumkin
bo‘lganidan ko‘proq narsani kutishga yo‘l qo‘yish hollari
ko‘proq kuzatiladi. Natijada muvaffaqiyatsizliklar,
pushaymon b o ‘lishlar, asab buzilishlar yuzaga keladi.
Psixologik yetuk shaxs esa aksincha, o ‘z oldiga erishishi
muqarrar bo ‘lgan, bunga imkoniyatlari yetarli b o igan
maqsadlarni qo‘yadi, o ‘z hayot yo‘lini va unga erishish
vositalari va usullarini to‘g‘ri belgilaydi. Bunday shaxs o ‘z
hissiyoti, kechinmalarini yetarlicha yaxshi nazorat qila
bilishi, ya’ni ichki intizomining yuqori rivojlanganligi bi
lan xarakterlanib turadi. Psixologik yetuklik boshqa
odamlarning xohish-istaklari, kechinmalarini tushunish
bilan m a’lum darajada bog‘liq. Bu o‘z navbatida muloqot-
ning, hamkorlikning yaxshi yo'lga qo’yilishiga, oilada,
turli guruhlarda gormonik munosabatlarning o‘rganilishi-
ga imkon beradi. Turli yoshdagi, mansab, lavozim,
toifadagi odamlar bilan, qiziqishi, odati, ta ’bi, turmush
tarzi mutlaqo boshqacha bo ‘lgan odamlar bilan o ‘rinli
munosabatda bo‘la olish — shaxsning psixologik yetuk-
ligining asosiy xususiyatlaridan biridir.
96
Yoshlar oila qurayotganlarida bu xususiyatlar hal qiluv
chi bo‘lib hisoblanadi. Albatta, bunday qobiliyatlar bir
kunda shakllanmaydi. Ular oldingi hayoti davomida unga
berilgan tarbiya ta ’sirida asta-sekinlik bilan shakllanadi.
Psixologik yetukhk, shaxs xulqining turli yashash sharoit-
lariga moslashuvchanligida ifodalanadi. Psixologik yetuk
lik shaxsning boshqa odamlarga nisbatan bo‘Igan ijobiy
munosabatlari: hamdardlik, hamfikrlik, g‘am tashvishga
sherik bo‘la olish, o’zaro yordam kabilar tarzida namoyon
bo‘la oladigan m a’naviy sifatlarning tarkibiy jihatlarini
o‘zida biriktiradi. Psixologik yetuklikning muhim mezon-
laridan biri shaxsda oilaviy m uam m olarni adolatli hal
etishga xizmat qiluvchi o ‘z mustaqil fikri, qarashi, pozit-
siyasining bo'lishi, zarur bo ‘lganda oila manfaatida o ‘z
qarashlarini ota-onalari oldida himoya
qila olishidir.
Nikoh oldi omillari orasida eng xarakterlilaridan
yana biri oila qurayotgan yoshlaming yosh xususiyatlari-
dir. Chunki bu ko‘rsatkichlar ham nikoh mustahkam-
ligida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Quyida shular haqi
da to ‘xtalib o ‘tamiz.
|