sevgi. mod- div voki o ‘7sa manfaatdorlik tufavli. stereotip




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

sevgi. mod-
div voki o ‘7sa manfaatdorlik tufavli. stereotip
bo‘yicha 
qurilgan oilalaming qay biri mustahkamroq bo‘ladi, 
ya’ni qaysi motiv nikoh oila mustahkamligini kuchliroq 
ta ’minlaydi?
Albatta, bu savolga yoshlarning aksariyati, birinchi 
motivni, ya’ni sevgi motivini tanlab javob berishadi. 
Chunki ular sevgi tufayli oila qurish nikoh mustahkam­
ligini ta’minlovchi eng ishonchli, mustahkam poydevor 
deb hisoblaydilar. Haqiqatan ham, sevgining oila mus- 
tahkamligidagi o‘rni beqiyosdir. Haqiqatan ham, sev­
gi — bu o ‘ta qudratli kuchdir. U tufayli inson ni- 
malarga qodir emas?! Insoniyat o‘z taraqqiyotida erish- 
gan eng yuksak cho‘qqilar ham sevgi tufaylidir. 
Z. Freyd ta ’kidlaganidek: «Sevgi — bu insoniyatni 
hayvonot olamidan sug‘urib olgan kuchdir!». Inson 
yaratgan buyuk m o’jizalaming barchasi sevgi tufaylidir.
Bu aytilganlardan ko'rinib turibdiki sevgi tufayli oila 
kurish baxtli va mustahkam nikohning asosini ta ’m in­
laydi.
Albatta, sevishib turmush qurgan juftlaming aksa­
riyati eng baxtli oilaviy hayot kechiradilar. Lekin statis- 
tik m a’lumotlarga qaraganda, oilalar ajralishining 
ko‘pchilik qismi ham xuddi shu sevishib oila qurgan 
juftlarga to ‘g‘ri kelar ekan. Xo‘sh, nega endi sevishib 
oila qurgan juftlar oilaviy hayotlarida hamma vaqt ham 
baxtli bo‘lavermaydilar? Nega kechagina bir-birlarini
102


sevib, bir-birlarisiz yashay olmasligiga to ‘la amin 
bo'lgan yoshlar bugun nikohlarini bekor qilish haqida 
sudga ariza berayaptilar? Ularning sevgisiga nima 
bo‘ldi? Sevgi — o ‘zi nima? U bor narsami yoki yo‘qmi? 
Bu o ‘rinda haqli ravishda «Sevgi oilaviy hayotning mus- 
tahkam bolishiga yordam beradimi yoki xalaqit qiladi- 
mi?», degan savol tug‘iladi. Bu kabi savollar azal-azal- 
dan yoshlarni, umuman insoniyatni qiziqtirib kelgan 
savollardir. Bu haqda o ‘tmish mutafakkirlarimiz, olimu 
shoir, yozuvchilarimizning asarlaridan, xalqimizning 
dono m a’naviy m e’roslarida ba’zan bir-biriga qarama- 
qarshi bo‘lgan ko'plab misollami ko‘rishimiz mumkin.
Sevgi, agarda u haqiqiy bo‘lsa, sevishganlar bir-bir- 
larini hurm at qilib, tushunib, bir-birlarini e’zozlab, 
avaylab, kerak bo‘Isa, biri ikkinchisining baxti, shodligi, 
quvonchi, manfaati uchun o ‘z manfaatidan voz kechib, 
o‘ta nozik bo‘lgan tuyg'u 
seveini
har kuni, har doim 
parvarish qilib yashasalar, unda sevgi ularning muno- 
sabatlarini yanada yaqinlashishiga, ularning oilaviy ha­
yotining mustahkamlanishiga va birgalikdagi hayotlarida 
eng oliy zavq-shavqlarni his qilishlariga asos bolishi 
mumkin. Bu esa albatta, yoshlardan sabr-toqat, chidam, 
o ‘z sevgisini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish 
uchun tinimsiz izlanish, m ehnat qilish, «jafo che- 
kish»ni talab qiladi. Shundagina sevgi o ‘zining lazzatli 
mevalarini berishi, o ‘zining kuch-qudratini ko‘rsatishi 
mumkin. Albatta, har bir yigit-qiz o ‘zaro oila rishtala- 
rini bog‘lar ekan, ular o‘z hayotlaridagi bu muhim vo- 
qeaga umid, orzu bilan yondashuvi tabiiy.
Agar sevishganlar oila qurganlaridan keyin «murod- 
maqsadimga erishdim» deb sevgisini himoya qilishni, 
uni parvarish qilishni unutsa, uning uchun kurashmasa, 
qarovsiz qolgan har bir nozik nihol nobud bo‘lganidek, 
eng nozik tuyg‘u bo'lgan sevgi ham nobud bo‘ladi. 
Shundan so‘ng sevgi nomi bilan qilingan orzu-niyatlar 
sarobga aylanadi, yoshlarning oila, nikoh, sevgi fonida 
shakllangan tasaw urlari «noto‘g‘ri» bo ‘lib chiqadi. 
Oqibatda oilaviy hayotdan kutgan narsalari qolib ketib, 
mutlaqo kutmagan narsalariga duch kelishlari kuzatila- 
di. Bunday holatda sevgi yoshlarning baxtiga, ularning 
oilaviy hayoti mustahkamligiga xalaqit berishi mumkin.
Navbatdagi motiv moddiy yoki o ‘zga manfaat tufayli
103


oila qurishdir. Bu motivning oila mustahkamligiga 
ta’siri uning keyinchalik qay darajada 
amalga oshiri- 
lishiga bog’liq. Oila qurishdan oldin yoshlaming hisobga 
olgan, ko‘zda tutgan narsalarining hammasi ro‘yobga 
chiqaversa, bu motiv m a’lum darajada nikoh mus- 
tahkamligini ta ’minlashga xizmat qilishi mumkin. 
Afsuski, oilaviy hayotda hamma narsa ham yoshlar kut- 
ganidek bo‘lavermaydi. Bu o ‘rinda L.N.Tolstoyning: 
«Badiiy asarlarda, romanlarda, kinolarda syujet, vo- 
qealar rivojlanib-rivojlanib borib, oxirida hammasi to ‘y 
bilan, yaxshilik bilan tugaydi. Hayotda esa aksincha, 
hamma narsa to‘ydan keyin boshlanadi», — degan fikri- 
ni ta’kidlash maqsadga muvofiq.
Shuning uchun ham oilaviy hayotda kutilgan hisob­
ga olingan narsalarga hamma vaqt ham erishib bo‘laver- 
maydi. Nimanidir hisobga olib oila qurgan yoshlaming 
oilaviy hayotda ana shu hisobga olganlari amalga osh- 
may qolgundek bo‘lsa, unda ularning oilaviy hayoti 
g‘urbatga, turgan-bitgani azobga, nizo janjalga aylanadi. 
Ular uchun bunday oilada yashagandan ko‘ra yasha- 
magani afzal ko‘rinadi. Bu ham oxir-oqibat oilalarning 
inqiroziga va «hisob» poydevori ustiga qurilgan imorat- 
ning qulashiga olib keladi.
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra, yuridik jihatdan eng 
mustahkam, turg‘un oilalar stereotip bo‘yicha oila qur­
gan juftlarga to ‘g‘ri kelar ekan. Bunday oilalarda 
ajrashishlar miqdori oldingi ikki motiv asosida qurilgan 
oilalarga qaraganda juda kam ko’rsatkichni tashkil qila- 
di. Chunki ular «hamma qatori» oila qurishgan. 
Qarashsaki, «hamma binoyidek yashayapti» — bular 
ham yashayverishadi. Bu motiv asosida qurilgan oilada- 
gi er-xotinlar o ‘ta baxtli ham, o ‘ta baxtsiz ham 
bo’lmaydilar. Lekin birgalikdagi hayot tufayli er-xotin 
o ‘rtasida bir-birlariga moslashish, bir-birini tushunish, 
bir-biriga nisbatan mehr-oqibat yuzaga kelib, ular rivoj- 
lanib yuqorida aytganimizdek, sevgi-muhabbat darajasi- 
ga o ‘sib yetishi ham mumkin. Bunday holatlar, shubha- 
siz, bu toifa oilalarni nafaqat rasmiy, yuridik jihatdan
balki emotsional, psixologik jihatdan ham turg'un 
bo‘lishini ta'minlashi mumkin.
Endi yuqorida berilgan savolni yana takrorlasak: 
qanday motiv asosida oila qurgan m a’qul? Sevishibmi?
104


Moddiy yoki o'zga manfaat asosidami? Stereotip 
bo‘yichami? Bu o'rinda yoshlarimiz endi bir oz o'ylanib 
qolishlari mumkin. Sevgi tufayli deyilsa, uning ham 
o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor. Moddiy yoki o ‘zga 
manfaat tufayli oila qurishning oqibatlari m a’lum. Ste­
reotip bo‘yichami? Unda ehtiros, jo ‘shqinlik yetish- 
mayapti-ku? Yoshlik g‘ururi, jo ‘shqinlik buni qabul qila 
olmaydi.
Bunday savollarga, bunday o ‘ylarga javobni bugun 
yoshlarning maktab, litsey, kollej partalarida o ‘tirgan 
vaqtida berishning aybi yo‘q. Chunki Sizning oila qu- 
rishingizga hali bir necha yil bor. Shu fursatni boy 
bermasdan yaxshilab o‘ylab, fikr-mushohada yuritib oli- 
shigiz mumkin. Lekin yodda saqlangki: bu masalalami 
oila qurib bo Ugandan keyin o ‘ylagandan koera hozir 
yaxshilab o ‘ylab, eng maqbul bir fikrga kelib olgan 
m a’qui. Chunki bu masalalar va bu savollaming yechi- 
mi maktabda o ’tiladigan boshqa fanlar bo‘yicha beri- 
ladigan topshiriq, vazifa, masalalarning yechimini 
topishdan ham mazmun, ham mohiyat, ham ко‘lam ji­
hatdan keskin farq qiladi. Bu fanlardan berilgan jum - 
boqlarni yechish yoki yecha olmasligingiz Sizning 
hayotigizda va taqdiringizda unchalik hal qiluvchi rol 
o‘ynamasligi mumkin, lekin o‘zingizning bo‘lajak oilan- 
gizga oid muammolarni hozirdan to ‘g‘ri hal etib borish- 
ga o‘rganishingiz va ularning eng maqbul javoblarini 
topishingiz kelgusida Sizni o ‘zingizning va yaqin- 
laringizning taqdirini hal qilinishida muhim ahamiyatga 
ega. Bu borada befarqlik, bee’tiborlik, tavakkalchilik bi­
lan yo‘l tutishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu masala 
nafaqat Siz uchun shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan, balki 
jamiyat, davlat, xalq, millat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
masaladir. Siz bu masalani o‘zingiz uchun muvaffaqi- 
yatli hal etib, mustahkam oila qurish bilan birga butun 
boshli yaxlit organizm — jamiyatning sog‘lom bir hu- 
jayrasini yaratgan bo‘lasiz.
Sizlarga ham 
oila qurishda, albatta, sevib-sevilib 
oila qurishingizni tilab qolamiz, negaki faqat sevgi 
tufayligina inson o ‘ziga ato etilgan eng oliy, insoniy za- 
vq-shavqlardan bahramand bo‘lishi mumkin. Oilaviy 
hayotdagi zavq-shavqlar esa o ‘z -o ‘zidan, g‘oyibdan 
berilmaydi. Buning uchun kurashish, intilish, sevgining
105


«qahraton qishu», «jazirama yozlariga», azob-u qubatla- 
riga bardosh berish, uning sinovlaridan muvaffaqiyatli 
o ‘tish va uni berilgan um ming oxirigacha parvarish 
qilib, saqlab qolishga va umming yakunida uni farzand- 
larga, kelajak avlodga eng muqaddas meros qilib 
qoldirishga harakat qilish kerak. Har bir odam u xoh 
ona bo‘lsin, xoh ota bo‘lsin, o ‘z farzandlariga ularning 
otasini, onasini sevishdan-da, ortiqroq meros qoldira 
olmaydi. Farzandlaringizga qanday meros qoldirishni 
hozirdanoq, hali o‘zingiz farzand ekanlik vaqtingiz- 
danoq, qat’iy o ‘ylab oling.

Download 5,3 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



sevgi. mod- div voki o ‘7sa manfaatdorlik tufavli. stereotip

Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish