Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari
N ikoh oldi omillari klassifikatsiyasida qayd etib 
o'tilgan omillardan yana biri yoshlarning oila qurgun- 
lariga qadar bir-birlarini qancha vaqt bilganliklari, ular 
qanday sharoitlar va shartlarga ko‘ra tanishib oila qu- 
rishlaridir. Bu omillar nikoh mustahkamligiga qanday 
ta ’sir ko‘rsatishi mumkin?
Albatta, oila qurishdan oldin bo‘lajak er-xotinlar bir- 
birlarini m a’lum bir muddat bo‘lajak er yoki xotin sifatida 
bilib yursalar, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, indivi­
dual sifatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari, shaxsiy 
yo‘nalganliklari haqida adekvatroq tasaw ur va m a’lumot- 
larga ega bo‘lsalar, bu tasaw ur va m a’lumotlar ularga bir- 
galikdagi hayotlarida bir-birlarini tushunib, bir-birlariga 
moslashib ketishlariga yordam berishi mumkin.
Hozirgi yoshlarimizga juda yaxshi m a’lumki, oila 
kodeksiga binoan, nikohdan o'tish uchun ariza bergan- 
laridan so‘ng bir oy (aniqrog‘i 33 kun) muhlat beriladi. 
Mabodo, shu fursat mobaynida ular o ‘z niyatlaridan 
qaytib qolgudek bo‘lsalar, ularning talabi qondirilib
ko‘zda tutilgandek, nikoh qayd qilinmaydi. Hech bir 
yashiradigan joyi yo‘qki, respublikamizda istiqomat qi- 
layotgan yoshlarning hammasi ham nikohdan o ‘tishga 
oid mavjud qonun-qoidalardan yetarh darajada xabar- 
dor emaslar va ayrim hududlarda hamma vaqt ham bu 
qoidalarga amal qilinavermaydi. Lekin yoshlarimiz 
ayniqsa, Siz — o ‘quvchi yoshlarimizga nikoh-oila 
munosabatlarining qonuniy jihatlaridan ham xabardor 
bo‘lib qo‘yish foydadan holi emas.
106


Xo‘sh, shu fuqarolik holatini qayd etish bo‘limlari 
tomonidan berilgan 33 kun muhlat yoshlarimizning bir- 
birlarini mumkin qadar bilib olishlari uchun yetarlimi? 
Bo‘lajak er-xotinlar bir-birlarini t o l a bilib olishlari 
uchun qancha vaqt kerak?
Bu yerda gap biror-bir 
buyumni, texnika yoki 
kompyuterni emas, odamni bilish haqida ketayapti. 
Psixologlarning ta ’kidlashicha, odam bu eng murakkab 
bilish ob’ektidir. Uni hech qachon va hech kim mutloq va 
batafsil bila olmaydi. Chunki u har kuni rivojlanishda
shakllanishda, o ‘sishda, o ‘zgarishda b o ‘lgan murakkab 
biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy psixologik, ijti­
moiy jarayonlar, holatlar, xususiyatlar majmuini o‘zida 
mujassamlashtiigan eng oliy va shu bilan birga eng mu­
rakkab mavjudoddir. Uning sir-sinoatlari koinot sir-asror- 
laridan ortiq b o ‘lsa ortiqki, aslo kam emas. Shuning 
uchun bir yil, o ‘n yil birga o‘qigan yoki bolalikdan birga 
o‘sgan biron-bir o‘rtog‘ingizning xulqida, xatti-harakati- 
da kuzatiladigan ayrim holatlar hozirgacha ham Sizni 
hayron qoldirishi yoki odamlar bir umr birga yashab bir- 
birlarida kutilmagan holatlami, xulq-atvor ifodalanishini 
ko‘rishi mumkin.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, odamni to ‘la-to‘kis bilib 
bolm aydi. Lekin birga turm ush qurib, yaxshi yashab 
ketish uchun lozim b o ‘Igan m inimum bilimlarga ega 
bo‘lish uchun bolajak turmush o‘rtoqlar bir-birlarini qan­
cha vaqt bilishlari kerak? K o‘pchilikda «qancha ko‘p 
bo ‘lsa shuncha yaxshi-da», degan javob xayolga kelishi 
mumkin. Haqiqatan ham, nikohgacha tanishish mudda- 
tining qisqaligi — maqsadga muvofiq emas. Bizning 
o‘tkazgan tadqiqotlarimiz oila qurgunga qadar bir-birla­
rini bir oy va undan kam vaqt bilgan er-xotinlar miqdori 
ajrashib ketgan er-xotinlar orasida ko‘pchilikni tashkil qi- 
lishini ko‘rsatdi. Shuningdek, bir-birlarini oila qurgunga 
qadar 5—10 yil va undan ko‘p vaqt bilishlari ham bo‘lajak 
er-xotinlarga bir-birlariga nisbatan hissiylikning o lm as- 
lashib qolishiga oUb kelishi ham mumkin ekan.
Psixologik adabiyotlarda bolajak er-xotin sifatida 
bir-birlarini yarim yildan bir yilgacha bilish eng maqbul 
muddat deb ko‘rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar bir-bir- 
lari haqida nisbatan bilish mumkin bolgan bilimlar, 
m a’lum otlar minimumiga ega bolishga ulgurishlari
107


mumkin. Albatta bu vaqtni ham ideal vaqt deb hisoblab 
bo'lmaydi. Bu yerda muhimi yoshlar bir-birlarini qan­
day jadallikda, qanday maqsadda, qanday vosita, usullar 
yordamida va qanday «ko‘z» bilan o ‘rganishligidadir.
M a’lumki, sevishganlar nafaqat bir-birlariga, hatto 
olamga ham «rangin ko‘zgu» orqali qaraydilar. Sevik- 
lisining hatto kamchiliklari, nuqsonlarini ham fazilat deb 
qabul qiladilar. To‘ydan keyin esa hatto ayrim fazilatlar 
ham kamchilikdek ko‘rinadi. Shuning uchun yoshlarimiz 
bir-birlariga (ayniqsa, kamchiliklariga) to'ydan oldin 
ikkala ko’zlari bilan, to ‘ydan keyin esa yarimta ko‘z bilan 
qarashlari lozim. Ya’ni to ‘ydan oldin bir-birlarini yaxshi­
lab, sinchiklab o‘rganishga va to ‘ydan keyin ayrim kam­
chiliklariga ham e ’tibor bermaslikka odatlanishlari lozim.

Download 5,3 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari

Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish