Shuning uchun ham yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlashda oilaviy hayot,
er-xotin munosabatlarini
faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina ko‘rsa-
taverish ham maqsadga muvofiq emas. Uni imkon
qadar butun borligicha: baland-pastiyu, shirin-achchig‘i,
rohat-farog‘ati-yu, azob uqubati, qorong‘u kechalari-yu,
yorug‘ kunduzlari bilan ko‘rsatgan ma’qul. Shundagina
yoshlarimizda oilaviy hayot
haqida nisbatan hayotiy
tasaw ur shakllanishi mumkin.
Bu borada oiladagi katta yoshli oqil kishilar yoshlarga
hayotda ko‘prik bo£lmog‘i, ularning bosib o‘tgan ko‘p qir-
rali hayot yo‘li farzandlariga saboq bo ‘lishi kerak. Ular
yoshlarimizni mustaqil, yetuk bir shaxs sifatida qabul
qilib, oilaviy hayotning past-balandlari haqida to ‘la-to‘kis
m a’lum otlar berishi maqsadga muvofiqdir. Toki yosh-
larimizning oilaviy hayotlari poydevoriga qo‘yayotgan ilk
g‘ishtlari to ‘g‘ri va mustahkam qo'yilsin.