da er-xotin o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarda emot
sional ko‘tarinkilik, bir-birlariga
emotsional intilish juda
yuqori darajada bo‘ladi. Nafaqat sevishib oila qurganlar,
balki deyarli barcha motivlarga ko‘ra oila qurgan yoshlar
da ham nikohning boshida er-xotinning o ‘zaro
munosabatlarida bir-biriga yaqinlik, bir-birini qadrlash,
hurmat qilish nisbatan yuqori bo ‘ladi. Ularning bir-
birlariga, o ‘z nikohlariga, o ‘zlarining bo ‘lajak oilaviy
hayotlari haqidagi niyat, orzu-umidlari ezgu, ijobiy bo‘la-
di. Chunki hech kim va hech qachon ertaga bo‘lajak tur
mush o ‘rtog‘im, yangi oilamning yangi a’zolari bilan nizo
janjalga boraman, ular bilan urishaman va oxir-oqibatda
oilam buzilib, ajrashib ketam an,
deb oila qurmaydi
(Ayrim hollarda majburan oila qurganlar bundan mustas-
no). Inson oila qurar ekan, ahil-inoq yashab, murod,
maqsadga yetishishni orzu qiladi, nikoh arafasida va nikoh
kechasi ham barcha yaqin birodarlar, qarindosh urug‘lar,
to‘yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu niyatlar
bildiradilar. Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida va
nikohlarining dastlabki kunlarida turmush o‘rtog‘i timso-
lida, o ‘zining shu orzu-istaklariga, murod-maqsadlariga
yetishishda yordam beruvchi, uni qo‘llab-quwatlovchi,
uni har soniya, har onda tushunuvchi o ‘z tabiatiga yaqin
odamini tasaw ur qiladi
va unga imkon qadar shunday
ijobiy, iliq munosabatda bo‘lishga harakat qiladi.
Biroq, hayotda, ayniqsa, oilaviy hayotda hamma
narsa ham odam kutganidayin bo‘lavermaydi. Oilaviy
hayotning o‘ziga yarasha notekisliklari, past-balandlik-
lari, murakkabliklari, muammolari bo‘ladi. Shunday
murakkabliklardan biri yosh er-xotinning yangi ijtimoiy
maqomga, mavqega: er, kuyov,
uylangan, oilali yigit,
xotin, kelin, turmushga chiqqan ayol rollariga, ^)‘zlari
uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy muhitga, yangi oilaga
moslashish jarayoni bilan bog‘liq. Xo‘sh, bu yangi
sharoitlarga moslashish jarayoni kimda qanday kechadi?
Albatta, bu jarayon erkaklarda ayollarga nisbatan
yengilroq kechadi. Chunki ular, o‘zbek
oilasining etnik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aksariyat hollarda
eming uyida, uning ota-onasi va boshqa qarindoshlari
bilan yashaydi. Ya’ni yigit uylanganidan keyin ham o ‘z
oilasida, o‘z yaqinlari va o‘zi uchun oldindan odat
boMib qolgan oilaviy, shaxslararo munosabatlar tizimida
128
qoladi. Ayol kishining esa nikohdan keyingi holati
oldingisidan keskin farq qiladi. Birinchidan, u o ‘zi
uchun
deyarli yangi bolgan, oldingisidan tubdan farq
qiladigan muhitga tushadi. U o ‘ziga xos shaxslararo
munosabatlar tizimi, rollar taqsimoti, o ‘ziga xos
«pocherkka» ega b o lg a n o ‘zining qizlik oilasidan
boshqa bir oilaga, boshqacha bir shaxslararo muno
sabatlar tizimiga ega b o lg an yangi oilaviy muhitga
tushadi. Undagi mavjud «pocherk» oldingisiga mos
tushmaydi, bundagi oilaviy
rollar taqsimoti ham
oldingisiga o ‘xshamaydi, u yerdagi m a’lum bir ishni ba-
jarish tartibi, u yoki bu ishga qo’yiladigan talablar ham
oldingisiga o ‘xshamaydi. Buning ustiga yosh oilada yosh
kelin zimmasiga
yuklatiladigan vazifalar ham uning
qizlik vaqtida bajaradigan ishlaridan ham miqdor, ham
mazmun jihatdan tubdan farq qiladi. Yangi ijtimoiy
5 — O ila psixologiyasi
1 2 9
sharoitga moslashish jarayonining o ‘zbek
oilalarida ayol
kishi uchun qiyin kechishining asosiy sabablaridan yana
biri unda yosh kelin yuqorida aytib o‘tilgan vaziyatlarga
tushishi bilan birga ularda bu yangi oilada kelin o‘zini
«begona» deb, his etishidir, ya’ni undagi «begonalik ef-
fekti»ning mavjudligidir.
Yuqorida keltirib o ‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki,
yosh oila
yuzaga kelganidan so‘ng unda er-xotin
munosabatlarining «kutilganidek» rivojlanishiga halaqit
qiladigan ko‘plab ijtimoiy psixologik, etnik, hududiy,
jinsiy omillar borki, yoshlarimiz
bularning barchasi
haqida oldindan xabardor bo‘lishi va ularning salbiy
ta ’sirlarini yumshatib, ijobiy jihatlarini rivojlantirishga
tayyor bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, eng ezgu niyatlar bilan oila qurgan
yoshlarda er-xotinning shaxsiy munosabatlari, baxtga
qarshi, yaxshidan yomonga qarab rivojlana boshlaydi.
Chunki nikohning boshida kuzatiladigan er-xotin
o‘rtasidagi ko‘tarinki emotsional
yaqinlik asta-sekinlik
bilan pasayib, ular hissiyotlarining o ‘tmaslashuvi ro‘y
beradi. Bu holatlar, albatta, har qanday oilada shaxs
lararo munosabatlar rivojlanishining o ‘ziga xos di-
namikasini tashkil qiladi. Bu holatdan voqif bo‘lish va
uning o ‘zgarishlariga tayyor turish yosh oilalarda yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan ayrim ko'ngilsizliklarning oldini
olishga asos bo'ladi.