Er-xotin munosabatlarining o‘ziga xosligi
Er-xotinlarning oiladagi muloqoti, shaxslararo mulo-
qotning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunish bilan birga,
dastaw al ishdan tashqari, b o ‘sh vaqtlarini birgalikda
o‘tkazish bilan shartlangan o ‘ziga xos xususiyatlariga ham
ega. Hamkasblar, o ‘rtoqlar, do‘stlar va sevishganlar ham
ma vaqt ham birga boiish imkoniyatiga ega emaslar, qay-
tanga, o ‘z muloqotlarini o‘zlari xohlagan vaqtlarida bir oz
kamaytirib, hatto uzib (to ‘xtatib) qo‘yishlari ham
mumkin (uchrashuvga borishi lozimligini «unitib»
qo‘yish, kutilmaganda «juda band» bo‘lib qolishi mumkin
va sh.k). Er-xotinlar esa ko‘pincha bunday imkoniyatlar-
dan mahrumdirlar. U lar bir xonadonda, ko‘pincha bir
xonada birga bo ‘lishga «mahkum» etilgan. Albatta, bu
130
gaplar ko'pchilik yoshlarimizda (ayniqsa, bir-birlarini se-
vuvchi yoshlarda) tushunmovchilik, ishonmaslik, e’tiroz
tug‘dirishi mumkin, chunki ular, o£zing uchun aziz, se-
vimli b o ‘lgan odam bilan birga bo ‘lish, uning yonida
boTish «majburiyati» bu eng orziqib kutilgan orzuning
ro ‘yobga chiqishi deb hisoblashlari mumkin. Biroq bu
«mahkumlik» bilan hisoblashmaslik ham mumkin emas.
Turli aholi punktlarida, mahallalarda, qo‘ni-qo‘shnilar
o‘rtasida ko‘pincha faqat ayollardan yoki faqat erkaklar-
dan iborat «kompaniyalar» ham behudaga yuzaga kelaver-
maydi.
Qadimiy, afsonaviy Sparta qonunchiligida er-xotin-
larni ishqiy munosabatlarining sovuqlashib ketishidan
saqlash maqsadida ularning muloqotlari imkon qadar
chegaralab qo‘yilgan. Unga ko‘ra erlar xotinlaridan
ajratilgan holda, ya’ni er va xotin boshqa-boshqa yasha-
ganlar va ular faqat ovloq joylardagina, «begona ko‘zlar-
dan» yashirin tarzda uchrashib turishlari mumkin
bo‘lgan. Bu tadbir nafaqat Sparta jangchilari o‘zlarining
jangovor ruhlarini yo£qotmasligi, o £zlarining yosh xotin-
lari bilan mashg£ul bo£lib qolmasliklari uchungina emas
edi. Bunda «taqiqlangan meva» effektidan foydalanil-
gan. Uchrashishlarning qiyinligi, xuddi tuzsiz taomga
tuz, ziravorlar qanchalik maza berganidek, er-xotinlar-
ning bir-birlariga hissiy yaqinligini sezilarli darajada
kuchaytiradi, nikoh rishtalarini mustahkamlaydi. Yoki
Shekspirning qahramonlari Romeo va Julettalar ham,
agar ular unashtirilganlaridan so£ng barcha qulayliklari
bilan alohida «koshona» berilganda edi, ular o £zlarini
boshqacha tutgan bo‘lishardi.
Doimiy muloqot bir xillik ko£rinishini yuzaga kelti-
radi, tabiiyki, bundan hayotdagi kundalik ikir-chikirlar
ko£payadi, ayni vaqtda chuqur hissiyotlar o £z ob’ekti-
ning yaqinligi tufayli kundalik odatlar shaklini oladi.
Odamlar bir-birlaridan bir oz muddat ayri yashashsa
hammasi joyiga tushadi: muhim to'siqlardek tuyulgan
narsalar arzimagan mayda-chuydalarga aylanib qoladi,
qisqa muddatli hijron ta ’sirida chuqur hissiyotlar
kuchayf0i va yana o£ziga yarasha kuchga ega boiadi.
Er-xotin muloqoti, muomalasining o ‘ziga xos nozik
jihatlaridan yana biri ularning bir-birlari bilan yetarli
darajada intim munosabatlarda bo£lishidir. Bu, albatta,
131
ularning o ‘zaro munosabatida shubhasiz o ‘z izini
qoldiradi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o ‘tish joizki,
bizning bolalikdanoq olgan o ‘ziga xos tarbiyamiz jinsiy
munosabatlar, jinsiy muloqotga noma’qul uyat, go‘yoki
axloqsiz hodisadek qarashga majbur qiladi. Biz jinsiy
moyillikni uzoq vaqt bir yoqlama past, sharmandali,
odam hissiyoti uchun noo‘rin narsa deb atab kelganmiz
(ba’zilar hozir ham shunday deb hisoblaydi). Nima
uchun shunday bolgan? Chunki u hayvonlar uchun
ham, odam uchun ham umumiy. Biroq ochlik ham,
chanqoqlik ham hayvonlarda qanday bolsa, odamda
ham shunday boladi. Ammo bizning axloq va odat-
larimiz, m a’naviyatimiz doirasida ular haqida nafaqat
oshkora gapirish, balki ularga b o lg a n ehtiyojlarni
boshqalarning ishtirokida, ko ‘z o ‘ngida qondirish
mumkin, ya’ni ular odamlarga xos deb qabul qilingan.
Nima bolgan taqdirda ham biz o‘zimizning «hayvoniy»
tabiatimizdan baribir qutula olmaymiz. Bunda hammasi
bu hislarning yuzaga kelishiga emas, balki ularni qa
chon, qaerda, qanday sharoitda va qanday tarzda
namoyon qilamiz, biz ularga so’zsiz buysunadigan
qullarmizmi yoki mulohazakor va mehribon xo‘jayin-
larimizmi, mana shunga bogliq.
Odamlar oila qurishar, nikohdan o lish ar ekanlar,
tabiiyki, seksual munosati^tlarga kirishadilar.
132
Endi nikohdan keyin bu «mumkin». Biroq bola-
likdan jinsiy aloqa, jinsiy akt haqida qandaydir bir
«yomon» narsa deb tasaw ur qilib tarbiyalanganlik,
ayrim er-xotinlarga yeng ostida bo‘lsada, xalaqit qiladi
va bu ba’zan ulaming bir-birlariga axloqsiz qiliqlami
qilishda o‘ziga xos sherik deb qarashga majbur qiladi.
Vaqt o‘tishi bilan er-xotinlarning bir-biri oldidagi «sir
asrorlari tobora ochilib» boraveradi. Afsuski, shu bir-bir-
lari uchun oshkoralashib borishi faqat m a’lum bir zaruriy
chegaradagina amalga oshadi. Ozoda, muloyim, ehtiyot-
kor yigit endi o ‘ziga qaramaydigan, befarosat, qo‘pol erga
aylanadi. Ozoda, bejirim, did bilan kiyinadigan, kamtarin,
nozik qiz, bo‘lajak kelin endi beo‘xshov kiyingan, o ‘ziga
qaramaydigan, vaysaqi xotinga aylanadi. Uning oldingi
jozibasi, go‘zalligi go‘yoki «yo’qoladi».
Har bir xalqda, har qaysi zamonda go‘zallikning o‘zi-
ga xos belgilari, etalonlari bo‘ladi. G o ‘zallik va go‘zal
emaslik haqidagi tasaw urlar vaqt o ’tishi bilan so‘zsiz
o ‘zgaradi. Biroq, umumxalq tomonidan qabul qilingan va
e’tirof etilgan go‘zallik etalonlari bilan bir qatorda indi
vidual,
shaxsiy,
xususiy etalonlar ham bo’ladi.
Aytishlaricha, boyo‘g‘li qushlaming orasida eng go‘zallari
uning bolalari ekanligidan maqtanar ekan, chunki «ular
ning hammasining quloqlari uzun, boshi katta, umuman
o‘ta go‘zal» ekan. Kim biladi, bu borada kabutar nima de
gan bo ‘lar ekan. Aynan shu sababga ko‘ra xalq ichida
«tipratikon o ‘z bolasini yumshog'im, qo‘ng‘iz bolasini op-
pog‘im deydi», — degan maqol bor. Shuning uchun
m a’lum bir namunaga o ‘zini urish, o ‘zini o ‘shanday
bo‘lishga majburlash kerak emas. Har joyning ham o ‘z
toshu-tarozusi, o lc h a m i mavjud. Xotinini sevuvchi er
uchun uning xotini (yoki erini sevuvchi xotin uchun uning
eri) umumiy etalonga mos keladimi yoki yo‘qmi, bundan
qat’iy nazar ko'pincha eng go‘zal, chiroyli, kelishgan
odam deb tasaw ur qilinadi. Aynan mana shu go‘zallikni
o ‘ziga xos «ziravorlar»: kiyimlar, soch turmagi, xatti-
harakat, imo-ishoralar, qiliqlar va shu kabilar bilan
saqlab qolish kerak bo‘ladi. Uni nafaqat «xalq ichida» bal
ki uyda ham saqlash kerak.
Intim munosabatlar. Bu nafaqat seksual munosabat,
nafaqat jinsiy aloqa, balki ancha ochiq, yaqin, m a’naviy
muloqotdir. Intim (fransuz tilida — intime — «yaqin»,
133
«qulay», «ko‘ngildan», lotinchada intimuz — «chuqur»,
«chin dildan») muloqotlar deyilganda, psixologiyada
shunday muloqotlar tushuniladiki, unda odam boshqa
odam oldida qandaydir bir ijtimoiy rolni (rahbar yoki
xodim, sotuvchi yoki vrach va shu kabi) bajaruvchi emas,
balki aynan «yagona» shaxs sifatida — nodir, takrorlanmas
mavjudod sifatida namoyon bo'ladi, bunda u mutloqo
oshkora, ochiq, hech narsadan qo‘rqmay, o‘zining ichki
olami, o ‘zining barcha xususiyatlarini uyalmasdan
namoyon qila oladi. Bunday m uloqotda suhbatdosh
odamlar o ‘rtasida chuqur va keng o'zaro oshkoralik (jis-
moniy, psixologik, shaxsiy, m a’naviy) amalga oshadi.
Bunda suhbatdoshlarning tanasi, fikri, hissiyoti, xarakteri
va hayotiy rejalari, qadriyatlari va fikrlari ochiladi.
Intim munosabatlarga sevgi, do'stlik, dushmanlik,
yolg'izlik kabilarni kiritish mumkin. Biroq intim mulo
qotlar nafaqat istalgan muloqotlar sifatida, balki xavfli,
«qo'rqinchliroq» muloqotlar sifatida ham idrok qilinishi
mumkin. Bu muloqotlar tushunish va hamdardlikka,
o'zaro qo'llab-quwatlash, dalda berish, bir-birini tushu-
nishga bo'lgan ehtiyojlarni qondiradi. Er-xotin o'rtadagi
muloqot jarayonida o 'z hissiyotlarini, ichki kechin-
malarini jilovlaehga, harakat qiladi, uning fosh bo'lib
qolishdan, pinnoniy tuyg'ularining ochilib qolishidan
hayiqish hissi namoyon bo'ladi. Shuning uchun ayrim
odamlar muloqotda ko'pchilik tomonidan qabul qilin-
gan muloqotlar darajasida qolishga harakat qiladilar.
Buning boisi, aw alo odamning ichki kechinmalarini
oshkora qilib qo'yishdan qo'rqish yoki jufti oldida o'zini
«fosh» qilib qo'yishni xohlamaslik, o'zining pinhoniy,
hatto o'zi ham o'zida ko'rishni istamaydigan xislatlarni
fosh qilib qo'yishdan qo'rqishdir. Odamlarning «tashlab
ketilishdan» qo'rqishi ham shu bilan bog'liq (borlig'ing-
ni oshkora qilib qo'yganingdan so'ng sen jufting uchun
qiziqarli bo'lmay qolasan, u sening barcha xislatlaringni
bilib, ko'rib bo'lganidan so'ng, senga qiziqmay qo'yadi
va seni tashlab ketishi mumkin), «jiddiy tanbehlar»dan
qo'rqish (bunaqa erkin, oshkora, ochiq m uloqotda
o'zing haqingda sheriging yoki biror-bir muhimroq ma-
sala haqida biror-bir nojo'ya gapni «gapirib», «laqqillab»
qo'yishing mumkin). Bulardan tashqari muloqotlaming
intimligidan (yaqin bo'lishidan) ko'pincha o'zining
134
ajratuvchi (destruktiv), buzuvchi impulslaridan qo‘rqish
ham ushlab qolishi mumkin. Intim muloqotlarda biz
xulqning ijtimoiy m e’yorlari, ijtimoiy ta ’qiqlariga eng
kam darajada bog'liq b o ‘lamiz va shuning uchun
o'zimizga eng yaqin
odamga nisbatan bo‘lgan
munosabatlarimizda biz o ‘zimizni shunday tutishimiz
mumkinki, boshqa hech bir odamga nisbatan o ‘zimizni
bunaqa tuta olmaymiz. Nihoyat, muloqotlaming intim
bo‘lishidan, ayrim odamlarni boshqa odamning individ-
ualligiga haddan tashqari ortiqcha kirishib, qo‘shilib
ketish, boshqa odamga «aralashib», singib ketish tufayli
o‘zining individualligini yo‘qotib qo'yishdan qo‘rqishi
ham ushlab turadi. Shuning uchun «birlashishdan oldin
va birlashish uchun dastlab chegarani, aloqalarni
yaxshilab belgilab, aniqlab olish» o‘z individualligi va
shaxsini mustahkamlab olish lozim.
Er-xotinlarning
oiladagi
muloqotining m uhim xusu-
siyatlaridan biri shuki,
u
m a’lum darajada kundalik,
maishiy prozaik fonda amalga
oshishidir. Boshqa odamlar,
boshqa erkaklar va ayollar bilan
b o igan miiloqotda biz ko‘ta-
rinkilikni, uyda esa uning osh-
xonasini ko‘ramiz. Bular esa
bir-birlaridan juda uzoq va
odamlarga turlicha talablarni
qo‘yadigan tushunchalardir.
Psixologlar
muloqotning
o ‘ziga xos uch xil kommu-
nikativ pozitsiyasini farqlaydi-
lar. Bular: «ota yoki ona»
«katta».
«bola».
Ularning
hammasi bir odamda mujassam bo'lishi mumkin.
«Ota yoki ona» pozitsiyasida bo‘lish — bu o ‘zining
boshqalardan ustunligini anglash, rag‘batlantirish va ja-
zolash huquqiga egalikni his qilish demakdir. «Ota yoki
ona»ning murojaati odatda pand-nasihatli, e ’tirozga
o ‘rin qoldirmaydigan,
uzii-kesil bo‘ladi, u o‘zi buni
doimo namoyon qilavermasada, biroq o‘ziga hurmatni
talab qiladi. U tartibni nazorat qilishni va odamlarni
135
boshqarishni, juftiga, «otalarcha» («onalarcha») homiy-
lik qilib xuddi
zaifroq odamga yondoshgandek yon-
doshishni yoqtiradi.
«Katta» pozitsiyasi odamning atrofidagilar bilan teng
darajada muloqotda bo‘la olishni bildiradi. Atrofdagilarga
o‘z hukmronligini ham o'tkazmaydi yoki o ‘ziga nisbatan
«ma’qullovchi» munosabatni ham kutmaydi.
«Bola» pozitsiyasida odam xafagarchilikka yuqori
sezgirlikni, ko‘ngli bo‘shlik, oson ishonuvchanlik, o'yin-
qaroqlik, injiqlik, boshqalardan mehr olishni istash,
sezishni, kuchliroq odam tomonidan panoh tutishni va
shu kabilami namoyon qiladi.
Agar shu pozitsiyalar o‘zaro muvofiq kelsa va o‘zaro
mos bo‘Isa, masalan kimdir juftiga nisbatan bo‘lgan
munosabatda «otalik» yoki «onalik» pozitsiyasini tutsa-
yu, ikkinchi tomon esa bajonidil «bolalik»ni namoyish
etsa — bu yaxshi, agar ikkita «katta» pozitsiyasi o ‘zaro
to ‘qnash kelsa, bu ham yaxshi, biroq oilada ikkita «ota»
(«ona») duch kelib qolsa, unda ulaming muloqotida
zo‘riqish, nizoli vaziyatlaming yuzaga kelishi muqarrar.
Nizoli vaziyatlar odatda uzoq vaqtlar davomida yeti-
ladfp shuning uchun oqil va tajribali odamlar ularning
dastlabki alomatlarini o ‘z vaqtida payqab, ularga lozim
darajada munosabat bildirib, ularni bartaraf qilishi yoki
mumkin qadar zaiflashtirishi mumkin.
|