Rivoyatlar
Tannoz xotinning tuzalishi
Bir odam juda nozli qizga tolib bo‘ldi. Ancha noz-
istig‘nolardan keyin turmush qurdilar. Ul ayolda tarbiya
juda oz edi. Shuning uchun erining qadriga yaxshi yet-
mas edi. Ishi faqat nozlanish edi, xolos. Turmush qur-
ganlariga bir necha kun o ‘tgandan so‘ng noz bilan:
— Vaqt o‘tib satangligim tutadi. Ul vaqtda menga
hech narsa demagil. Ish qilmayman, zahmat chekmay-
man. Agar osmon boshimga uzilib tushsa ham, u kunda
biror ish qilmayman, — dedi.
Eri aqlli odam edi. Bir oz sukut saqlab, xotinining
gapiga tushunganday bo‘lib:
— Durust, satangginam, mening ham vaqt o ‘tib es-
hakligim tutib ketadi. Ul vaqtda sen mening g‘azabimga
duchor bo‘lma, — deb javob berdi.
Oradan oylar o ‘tdi, ayolning satangligi orta bordi. Ul
odam qancha yumshoq bo‘Isa, xotinining nozi shuncha
kuchaya bordi. Sekin-sekin ishlari er joniga tega bordi.
Bir kuni uyiga kelib:
— Xonim, shu-shu narsalami hozirla, do‘konga olib
ketaman, — dedi.
Xonim har vaqtdagidek joyidan qimirlamadi. Ul
odam gapini takrorladi. Yana hech sas yo‘q. Ul odam
qaytardi.
Xotin:
— Bugun dangasaligim tutib turibdi, hech ish qil
mayman, — dedi.
Ul odam belidan kamarini yechib, xotinini, «mana
senga, mana senga dangasalik», deb savaladi.
139
Xotin baqirdi:
— Voy dod! Voy belim, voy qo‘llarim! Voy olam an!
— Jahlim chiqdi xonim, chida eshakligim tutib ket
di, — deb yana kamar bilan savalay boshladi, erkak.
Shundan keyin xotinining aqli kirib:
— Bo‘ldi, afandim, mening dangasaligim ketib qol-
di, — dedi.
Shunday qilib, na erda eshaklik qolibdi, na xotinda
dangasalik, tannozlik qolibdi. Xastaliklardan xalos
bo‘libdilar.
Bunday qaynona do‘stlarga muborak bo‘lsin
Turmushlarining yangiligida, baxtli, shirin oylarni
o ‘tkazayotgan kunlarida yosh kelinchak va kuyovlar
ro‘zg‘oming ba’zi ehtiyojlarini olishni xohlaydilar. Er
kechqurun sevikli xotini xush ko‘rgan narsalami olib
keldi.
Qaynonasi ularni ko‘rgani mehmon bo‘lib kelgan
edi.
Kuyov olgan narsalarini xotiniga bir-bir ko‘rsatib:
buni bunday, bunisini bunday oldim, — dedi quvonib.
Xotini beparvolik bilan:
— Hech narsani tushunmadim, — dedi.
Yigitning ko‘ngli og‘ridi. Qoshlari kerildi, sekin-asta
xafa bo ‘la boshladi. Shu payt xushfe’l, tajribali,
achchiq-chuchukni totgan, hayot maktabini o ‘tagan
aqlli qaynona oraga tushib, qiziga:
— Ey, mening johil, o ‘z qadrini bilmagan qizim! Er
keltirgan narsalarga ham beparvo bo‘ladimi? Sen bu
yomon odatni qayerdan o‘rganding? Otang biror narsa
olib kelganida beparvo bo‘lganimni hech ko‘rganmisan?
Agar men otangga shunday muomala qilsam, u mening
ta’zirimni berardi va shu zahoti uydan haydagan bo'lar-
di. Mening xushfe’l, vazmin kuyovim, bolam, haqiqatan
siz juda sabrli ekansiz, deb johil qiziga nasihat qildi.
Shundan keyin bu johil, tarbiyasiz yosh kelin eri olib
kelgan narsalarga beparvolik qilmabdi. Yigit qaynonasini
duolar qilibdi, chunki ular huzur ko‘rib yashabdi.
Xotinining sovuq muomalasi, tumtaygan suratidan
qutilibdi.
140
0 ‘tgan zamonlarda bir ko‘zi ojiz, boy-badavlat yigit
uylanibdi.
Yigit uyiga mehr qo'ygan, yaxshi fe’lli edi. Har
oqshom uyiga quchog‘ini to ‘ldirib narsalar olib kelardi.
Xotini erini quvonch bilan kutib olib, hurmat ko‘rsatar
edi.
Oradan yillar o ‘tibdi. Ul odamning ishi birdan orqa-
ga ketibdi-yu, bir kuni uyiga qo‘llari bo‘sh kelibdi.
Xotini aqli oz, fe’li yomon va tarbiyasi yaxshi
emasligidan, eri uyiga kirar-kirmas:
— Voy afandim, sizning bir ko‘zingiz ko‘rar
ekan-a!.. — deb yuboribdi.
Ko‘pni ko‘rgan ul odam:
— Xonim, shu kungacha ko‘rmaganmiding? — deb
sovuqqonlik bilan javob beribdi.
Befahm xotini unga:
— Shu paytgacha qo‘lingizga qarab, ko‘zingizga qa-
rashga vaqt bo‘lmagandi, — debdi.
— Xonim, — javob beribdi ul odam, — eringning
ikki ko‘zi ko‘rdir. Ko‘r bo‘lmasa, bosh og‘riq qilib, sen
kabi aqli qisqani olarmidi?
|